Andijon viloyati soliq boshqarmasi
894 subscribers
5.06K photos
1.2K videos
85 files
4.22K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#TTY #savol_javob

Mahsulotlarimizni hamkorlarga temir yo‘l orqali yetkazib beramiz. Buning uchun elektron TTY rasmiylashtirish shartmi?

2024-yil 1-iyuldan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim.

Tadbirkorlar yuk tashishni nafaqat avtotransport vositasi, balki temir yo‘l orqali amalga oshirganda ham tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim. Elektron TTY tizimida bunday imkoniyat yaratilgan.

Soliq qoʻmitasi barcha xoʻjalik subyektlarini yuklarni avtotransport vositalari yoki temir yo‘l orqali tashishda "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"dan foydalanishga chaqiradi.

Yuk tashish ishtirokchilari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirib boriladi.

Maqsad – xoʻjalik yurituvchi subyektlarda koʻnikmalarni shakllantirish hamda tizimdan foydalanish boʻyicha qulayliklarni birgalikda yaratish.
______________
#ТТН #вопрос_ответ

Мы доставляем партнерам нашу продукцию по железной дороге. Нужно ли для этого оформлять электронный ТТН?

С 1 июля 2024 года всем хозяйствующим субъектам следует оформлять товарно-транспортные накладные (ТТН) в электронном виде.

Предпринимателям следует оформлять товарно-транспортные накладные в электронном виде при осуществлении перевозок не только автомобильным, но и железнодорожным транспортом. В системе электронных ТТН такая возможность предусмотрена.

Налоговый комитет призывает все хозяйствующие субъекты использовать "Систему электронных товарно-транспортных накладных" при перевозке грузов автотранспортом или железнодорожными путями.

Система подлежит дальнейшей оптимизации на основе предложений участников перевозок.

Цель – формирование у хозяйствующих субъектов навыков и совместное создание удобств при использовании системы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Savol_javob

220 gektar adirlik maydonga turli o‘simlik va daraxtlar ekib, shu yerlarni tomchilatib sug‘orish orqali o‘zlashtirishga harakat qilyapmiz. Mana shunday yer maydonlari uchun soliq imtiyozlari qo‘llaniladimi?
O.Nuriddinov, Asaka tumani


Soliq Kodeksining 428-moddasida soliq solinmaydigan yer uchastkalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan. Unga ko‘ra:

✔️ suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga.

📍Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi.

✔️Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;

✔️ Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, besh yil muddatga soliq solishdan ozod etiladi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob

Farzandi xususiy bog‘chaga boradigan ota-onalar ham daromad solig‘i to‘lashda imtiyozlarga egami?


Ha, Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, farzandi xususiy bog'chaga boradigan ota-onalar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan chegirma mavjud. Farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar koʻrsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 mln soʻmgacha boʻlgan toʻlovlariga yoʻnaltiriladigan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritilgan.

🔹Ya’ni, bolasi uchun bog‘chaga to‘langan pullar daromaddan chiqarib tashlanadi. Bu imtiyozlardan foydalanish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etish talab etiladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun soliq inspeksiyasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Savol_javob
#Barqarorlik_reytingi

✍️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va ijtimoiy reyestrdagi shaxslar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlanganligi aniqlanadi.

Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami ishchi-hodimlari sonini 10 foizidan 20 foizigacha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi, ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlanganda – 5 ball beriladi.

Agar tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami ishchi-hodimlari sonini 20 foizidan yuqorisi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi, ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlangan bo‘lsa – 10 ball beriladi.

Shuningdek, Yer maydonlari va mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi (ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganligi) aniqlanadi.

Yer maydonlari va ko‘chmas mulk obyektlari:

🔹o‘ziniki bo‘lsa – 10 ball;
🔹ijara shartnomasi bo‘yicha – 7 ball beriladi.

Agarda egaligida ham ijarada ham mavjud bo‘lmaganda, shuningdek ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotganligi aniqlansa – 5 ball chegiriladi. Reytingni aniqlashda shu kabi bir qator mezonlar nazarda tutilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob
#Deklaratsiya

❗️Soliq to'lovchilarning O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining yoki farzandining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan (to‘langan) ish haqi va boshqa daromadlari summasi soliqqa tortilmaydigan daromadlar sirasiga kiradi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar mazkur imtiyozdan quyida keltirilgan ikki xil usulda foydalanishlari mumkin:

🔹Birinchisi, jismoniy shaxs mehnat qilayotgan tashkilot rahbariga ariza bilan murojaat qilib, daromadlarining bir qismini ushlab, professional yoki oliy ta’lim muassasi hisobiga o‘tkazib berilishini so‘raydi. Tashkilot buxgalteriya bo‘limi xodimning arizasi asosida ushlab qolingan summani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim muassasasining hisob raqamiga o‘tkazib beradi va ushbu summani xodimning soliq solinmaydigan daromadlariga tarkibiga olib boradi va soliq ushlanmaydi.

🔹Ikkinchisi, agarda professional yoki oliy ta’lim muassasasiga to‘lovlar bevosita xodim tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan ish haqi va boshqa daromadlar hisobidan), soliq to‘lovchi soliq imtiyozidan yil yakunlari bo‘yicha keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladigan deklaratsiya asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega.

Deklaratsiya soliq to‘lovchining yashash joyidagi soliq idorasiga bevosita tashrif buyurish orqali yozma ravishda yoki my.gov.uz portali orqali elektron ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin. Taqdim etilgan deklaratsiya asosida hisoblab chiqilgan imtiyoz summasi soliq to‘lovchining hisob raqamiga (plastik kartasiga) o‘tkazib beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Savol_javob
#ozini_ozi_band_qilish

Nafaqaga chiqayotganda o‘zini o‘zi band qilganlik ham inobatga olinadimi?

💬 Ustaman. Bir necha yillardan buyon uyda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelaman. Agar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tsam va soliqlarni to‘lasam, nafaqaga chiqayotganimda asqatadimi?


O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar har yili ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’iy nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari hajmida to‘laydi hamda ushbu summa to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi.

❗️Eslatib o'tamiz, 2024-yil 1-oktabrdan bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘mni tashkil etadi. Shunga ko'ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1-dekabrga qadar ixtiyoriy asosda – yiliga 375 000 so'm to'laydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#savol_javob

Men uyimda turli xildagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiraman. Ushbu yetishtirayotgan mahsulotlarimni eksportyor korxonalarga sotsam, olgan daromadimdan soliq to‘laymanmi

Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilgan.
*manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari bundan mustasno
👉Soliq kodeksi 378-modda 8-qism

Shuningdek, eksportyor korxonalar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, JSHODS boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Siz olgan daromadingizdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi to‘lamaysiz.
*ushbu dehqonchilik mahsulotlarini boshqa shaxslardan xarid qilib uni keyinchalik boshqa shaxslarga qayta sotish holatlari bundan mustasno
👉“Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Savol_javob
#Yer_soligi

Uyimni kadastr qilishim uchun to‘lanmagan 5 yillik yer solig‘ini to‘lashim shartmi?


🔰“5 yil oldin qurilishi tugallanmagan hovli-joyga ko‘chib chiqqanman. Endilikda uyni kadastr qildirmoqchi bo‘lgandim, 5 yillik soliqni to‘lab qo‘yishim kerakligini aytishdi. Shu tartib to‘g‘rimi?”

✏️ Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi

Soliq kodeksining 433-moddasiga asosan, mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilari hisoblanadi. Ular soliqlarni egalik qilgan vaqtdan boshlab belgilangan tartibda to‘lashlari shart.

📌Soliq kodeksining 88-moddasiga asosan, soliq organi yoki boshqa vakolatli organining soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 3 yil (Qonunchilikda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa) bo‘lib, soliq majburiyati bo‘yicha da'vo qilish muddati, natijasiga ko‘ra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin uch yilni tashkil etadi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Savol_javob

"12 % daromad solig’ini qaytarish qaysi holatlarda rad etiladi?"

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi

Andijonda 2024-yilda 12 % daromad solig'ini qaytarish bo'yicha 21 ming murojaatdan 15 638 tasi ijobiy hal etilgan.


Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan:

🔹Professional va oliy ta’lim tashkilotlariga to’langan kontrakt to’lovlar;
🔹Maktabgacha ta’lim yoki maktablarga farzandlari uchun to’langan to’lovlar;
🔹Ipoteka kreditiga to’langan to’lovlar uchun 12 % daromad solig’ini qaytarib olishingiz mumkin.

✔️Agar kerakli hujjatlar to’liq taqdim etilgan bo’lsa, sizning murojaatingiz ijobiy hal etiladi. Shunday holatlar ham borki, ularni e’tiborsiz qoldirsangiz, bu arizangiz rad etilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ular quyidagilar:


🔻Pul mablag’larini mustaqil to’laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi biriktirilmagan bo’lsa;
🔻To’langan pul mablag’lari deklaratsiya taqdim etilayotgan yilga nomuvofiq bo’lsa;
🔻Pul mablag’lari imtiyoz oluvchi tomonidan to’lanmagan bo’lsa;
🔻Olingan ta’lim krediti summasi imtiyoz summasi sifatida kiritilgan bo’lsa;
🔻Asosiy va asosiy bo’lmagan ish joyidan olingan daromadlar hisoboti taqdim etilmagan bo’lsa;
🔻Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi hisob-kitobi “0” yuborilgan bo'lsa,
🔻Imtiyoz yuzasidan murojaat qilgan shaxs tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortiladigan daromadga ega bo'lmagan bo'lsa, bu ariza rad etilishiga sabab bo'ladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Savol_javob

"12 % daromad solig’ini qaytarish qaysi holatlarda rad etiladi?"

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi

Andijonda 2024-yilda 12 % daromad solig'ini qaytarish bo'yicha 21 ming murojaatdan 15 638 tasi ijobiy hal etilgan.


Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan:

🔹Professional va oliy ta’lim tashkilotlariga to’langan kontrakt to’lovlar;
🔹Maktabgacha ta’lim yoki maktablarga farzandlari uchun to’langan to’lovlar;
🔹Ipoteka kreditiga to’langan to’lovlar uchun 12 % daromad solig’ini qaytarib olishingiz mumkin.

✔️Agar kerakli hujjatlar to’liq taqdim etilgan bo’lsa, sizning murojaatingiz ijobiy hal etiladi. Shunday holatlar ham borki, ularni e’tiborsiz qoldirsangiz, bu arizangiz rad etilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ular quyidagilar:


🔻Pul mablag’larini mustaqil to’laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi biriktirilmagan bo’lsa;
🔻To’langan pul mablag’lari deklaratsiya taqdim etilayotgan yilga nomuvofiq bo’lsa;
🔻Pul mablag’lari imtiyoz oluvchi tomonidan to’lanmagan bo’lsa;
🔻Olingan ta’lim krediti summasi imtiyoz summasi sifatida kiritilgan bo’lsa;
🔻Asosiy va asosiy bo’lmagan ish joyidan olingan daromadlar hisoboti taqdim etilmagan bo’lsa;
🔻Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi hisob-kitobi “0” yuborilgan bo'lsa,
🔻Imtiyoz yuzasidan murojaat qilgan shaxs tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortiladigan daromadga ega bo'lmagan bo'lsa, bu ariza rad etilishiga sabab bo'ladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#savol_javob

Qishloq xo‘jaligi yerlariga qanday tartibda yer solig‘i hisoblanadi

Yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning soliq solish bazasi hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 427-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
👉Soliq kodeksi 429-modda

Soliq hisobotini taqdim etish va to‘lov muddatlari qachon

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq hisoboti joriy soliq davrining
1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
👉Soliq kodeksi 431-modda

To’lov muddatlari hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi, 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi to‘lanadi.

Yer uchastkalarining normativ qiymati kim tomonidan baholanadi

Qishloq xojaligi ekin maydonlarining normativ qiymati Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan aniqlanadi.
👉VMQ-235-son,18.08.2014-yil

Bunda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ro‘yxati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va ularni hududiy joylashtirish sxemasi Kadastr agentligining tuman shahar bo‘limlari tomonidan har yili "O‘zdavyerloyiha" institutiga taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

Qanday toifadagi yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer hisoblanadi

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi.
👉Yer kodeksi 8-moddasi

Korxonaning qishloq xo‘jaligi yerlari noqishloq toifadagi (53-kod) yerlar uchun taqdim etiladigan yer solig‘i hisobotida shakllanib qolganda nima qilish kerak

Agar korxonaning barcha yer maydonlari qishloq xo‘jaligi toifasida bo‘lsa, noqishloq (53-kod) toifadagi soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi. Agar bir vaqtning o‘zida korxonaning qishloq va noqishloq toifadagi yer uchastkalari mavjud bo‘lsa, bunday holatda soliq organlarining my3.soliq.uz portali orqali “Alohida soliq stavkalari qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari va yer uchastkalari” interaktiv xizmatining “Qishloq xo‘jaligi maqsadida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun” bo‘limi orqali soliq organlarini xabardor etish lozim.

Yuborilgan murojaatlar hududiy soliq boshqarmalarining ma’sul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

❗️Murojaatga yer ajratish to‘g‘risidagi qaror va kadastr organlarining qishloq xo‘jaligi yer uchastkasi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotini ilova qilish lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob #imtiyoz

Yolg'iz pensionerman, menga yer solig‘idan imtiyoz bormi

Yolg‘iz pensionerlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

Yolg‘iz pensionerlar – Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar tushuniladi.


❗️Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
👉Soliq kodeksi 436-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

Yosh tadbirkor sifatida ko‘chma savdoni tashkil qilmoqchiman. Mazkur faoliyatni yo‘lga qo‘ysam, qanday soliq imtiyozlari mavjud?

2028-yil 1-yanvarga qadar magistral yoʻllar boʻyida koʻchma savdoni tashkil qilgan yoshlar (30 yoshgacha) faoliyatining dastlabki 6 oyi davomida olgan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lashdan ozod qilinadi.

👉Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Savol_javob

"12 % daromad solig’ini qaytarish qaysi holatlarda rad etiladi?"

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi

Andijonda 2024-yilda 12 % daromad solig'ini qaytarish bo'yicha 21 ming murojaatdan 15 638 tasi ijobiy hal etilgan.


Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan:

🔹Professional va oliy ta’lim tashkilotlariga to’langan kontrakt to’lovlar;
🔹Maktabgacha ta’lim yoki maktablarga farzandlari uchun to’langan to’lovlar;
🔹Ipoteka kreditiga to’langan to’lovlar uchun 12 % daromad solig’ini qaytarib olishingiz mumkin.

✔️Agar kerakli hujjatlar to’liq taqdim etilgan bo’lsa, sizning murojaatingiz ijobiy hal etiladi. Shunday holatlar ham borki, ularni e’tiborsiz qoldirsangiz, bu arizangiz rad etilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ular quyidagilar:


🔻Pul mablag’larini mustaqil to’laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi biriktirilmagan bo’lsa;
🔻To’langan pul mablag’lari deklaratsiya taqdim etilayotgan yilga nomuvofiq bo’lsa;
🔻Pul mablag’lari imtiyoz oluvchi tomonidan to’lanmagan bo’lsa;
🔻Olingan ta’lim krediti summasi imtiyoz summasi sifatida kiritilgan bo’lsa;
🔻Asosiy va asosiy bo’lmagan ish joyidan olingan daromadlar hisoboti taqdim etilmagan bo’lsa;
🔻Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi hisob-kitobi “0” yuborilgan bo'lsa,
🔻Imtiyoz yuzasidan murojaat qilgan shaxs tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortiladigan daromadga ega bo'lmagan bo'lsa, bu ariza rad etilishiga sabab bo'ladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#savol_javob #marketpleys

Marketpleyslarni Davlat reyestriga kiritish qaysi hujjat asosida tartibga solinadi

Vazirlar Mahkamasining 943-sonli qarorida marketpleyslarni Davlat reyestriga kiritish belgilangan.
👉Marketpleys bu nima?

Marketpleysni Davlat reyestriga qanday tartibda kiritish mumkin

Marketpleys Soliq qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qilish orqali reyestrga kiritiladi.

Buni my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin: “Munosabatlar” bo‘limidan “Soliq organiga murojaat qilish”ni tanlang va murojaat formasida “Soliq qo‘mitasi”ni belgilang.

Ariza namunasi va ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati 📄bu yerda

👉Marketpleyslarning davlat reyestri
___________
#вопрос_ответ #маркетплейс

На основании какого документа регулируется включение маркетплейсов в Государственный реестр

Внесение маркетплейсов в Государственный реестр предусмотрено ПКМ №943 от 23 ноября 2019 г.
👉Что такое маркетплейс?

Каков порядок внесения маркетплейса в Государственный реестр

Для включения маркетплейса в реестр нужно подать заявление в Налоговый комитет.

Сделать это можно через персональный кабинет на my3.soliq.uz: раздел "Взаимодействие" - "Обратиться в налоговый орган" - в форме обращения выбрать "Налоговый комитет".

Образец заявления и перечень прилагаемых документов 📄здесь.

👉Государственный реестр маркетплейсов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads