Andijon viloyati soliq boshqarmasi
870 subscribers
4.26K photos
1.03K videos
73 files
3.65K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#mutaxassis_sharhi

Tovarlarni vositachilik shartnomasi asosida realizatsiya qilish operatsiyalari soliq hisoboti onlayn-NKM tizimida qanday yuritiladi?

Onlayn-NKM tizimida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar soliq hisobotida avtomatik ravishda aks ettiriladi.

Avvalroq vositachilik shartnomasi asosida tovarlar relizatsiya qilishni onlayn kassa cheklarida aks ettirish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu yangi imkoniyat haqida DSQ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti direktori Hayotjon Nasrulloyev aniq va lo‘nda tushuntirish berdi:

Vositachilik shrtnomasini imzolagan tomonlarni soliqqa tortishning 4 ta yo‘li mavjud:

1️⃣ Vositachi va komitent - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar;
2️⃣ Komitent va vositachi - QQS to‘lovchilar”;
3️⃣ Komitent - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi, vositachi - QQS to‘lovchi;
4️⃣ Komitent - QQS to‘lovchi, vositachi - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi.

Vositachilik shartnomasi asosida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalari onlayn-NKM tizimida aks ettirilgan soliq hisobotini shakllantirishda komitentning holati inobatga olinadi.

Agar komitent QQS to‘lovchisi bo‘lsa, onlayn-NMK cheklarida ko'rsatilgan summa uning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

Agar komitent aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi bo‘lsa, onlayn-NMK cheklarida ko‘rsatilgan summa uning aylanmadan olinadigan soliq hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mutaxassis_sharhi

Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.

👉YouTube orqali ko'rish
__________
#комментарий_специалиста

Участников специальных экономических зон освободили от уплаты налога на прибыль.

👉Cмотреть в YouTube

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_sharhi

Tadbirkorlarga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi, shuningdek ularning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi.

👆Batafsil mutaxassis sharhida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mutaxassis_sharhi #deklarasiya

O‘zbekiston telekanalining “Munozara maydoni” ko‘rsatuvida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari Jismoniy shaxslarning kontrakt, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda
ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish bo‘yicha tushuntirishlar bermoqda.

Jonli efirda tomosha qilish
https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #mutaxassis_sharhi

Tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasini hisobga olish

Soliq organlari axborot tizimlari Bojxona organlari maʼlumotlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasi avtomatik ravishda hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchi haqiqatda olib kirilgan (import) tovar (xizmat)lar uchun budjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Bunda, tovarlar importi uchun kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘langan QQS summasi to‘lov amalga oshirilgan davr bo‘yicha avtomatik ravishda hisob (zachet)ga olinadi.

Import qilingan tovarlar uchun QQSni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash keyingi yilda amalga oshirilsa, soliq summasi my3.soliq.uz portali orqali hisobga olinadi.

QQS hisobotini to‘ldirish va unda avtomatik shakllanadigan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar mutaxassis sharhida...

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS #mutaxassis_sharhi

2024-yilda ro'yxatdan o'tgan AOS to'lovchilar diqqatiga ❗️

Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga boʻlingan va roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirilganda 1 mlrd soʻmga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar roʻyxatdan oʻtilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉 Soliq kodeksining 462-moddasi 10-qismi

Bu qanday hisoblanadi:

1-misol.

Ro‘yxatdan o‘tish sanasi:
2024-yil 1-oktabr
Daromad summasi: 300 mln so‘m
Yil oxirigacha kunlar: oktabr - 31 kun, noyabr - 30 kun, dekabr - 31 kun
Jami = 92 kun
Nazorat summasi: 1 mlrd so'm ÷ 365 kun × 92 kun = 252,05 mln so'm

Faoliyat davri uchun 300 mln so‘m daromad summasi 252,05 mln so‘m nazorat summasidan oshgan (300,0 > 252,05). Soliq to'lovchi 2025-yil 1-yanvardan QQS va foyda solig'ini to'lashga oʻtadi.
________________________________________
2-misol.

Ro‘yxatdan o‘tish sanasi:
2024-yil 1-oktabr
Daromad summasi: 200 mln so‘m
Yil oxirigacha kunlar: oktabr - 31 kun, noyabr - 30 kun, dekabr - 31 kun
Jami = 92 kun
Nazorat summasi: 1 mlrd so'm ÷ 365 kun × 92 kun = 252,05 mln so'm

Faoliyat davri uchun 200 mln so‘m daromad summasi 252,05 mln so‘m nazorat summasidan oshmagan (200,0 < 252,05). Soliq to'lovchida 2025-yil 1-yanvardan QQS va foyda solig'ini to'lash majburiyati mavjud emas.
__________
#НДС #комментарий_специалиста

Вниманию плательщиков налога с оборота, зарегистрировавшихся в 2024 году❗️

Если у вновь созданного юридического лица или вновь зарегистрированного индивидуального предпринимателя сумма дохода от реализации товаров (услуг) с даты регистрации до окончания календарного года превысила сумму равную 1 млрд сумов, разделенную на 365 и умноженную на количество дней с даты регистрации до окончания календарного года, то такие лица переходят на уплату НДС и налога на прибыль с начала года, следующего за годом регистрации.
👉ч.10 ст.462 НК

Как это рассчитывается?

Пример 1.

Дата регистрации: 1 октября 2024 г.
Сумма полученного дохода: 300 млн сумов
Дни до конца года:
Октябрь — 31 день, ноябрь — 30 дней, декабрь — 31 день = 92 дня
Контрольная сумма:

1 млрд сумов ÷ 365 дней × 92 дня = 252,05 млн сумов

Доход за указанный период деятельности превысил контрольную сумму (300 > 252,05), значит с 1 января 2025 налогоплательщик переходит на уплату НДС и налога на прибыль.
_______________________________________
Пример 2.

Дата регистрации: 1 октября 2024 г.
Сумма дохода: 200 млн сумов
Дни до конца года: октябрь — 31 день, ноябрь — 30 дней, декабрь — 31 день = 92 дня
Контрольная сумма: 1 млрд сумов ÷ 365 дней × 92 дня = 252,05 млн сумов

Доход за указанный период деятельности составил 200 млн сумов, т.е. меньше контрольной суммы (200 < 252,05), значит у налогоплательщика нет обязательства по переходу на уплату НДС и налога на прибыль с 1 января 2025 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM