#Konstitutsiya_kuni
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida soliq va tushumlarga jami 4 ta modda bag‘ishlangan:
🔹 63-modda:
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.
Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
🔹 93-moddaning 11-bandi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
...
11) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
🔹 115-moddaning 1-bandi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va budjet siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi hamda bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi
🔹 149-modda:
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|

🇸🇱Konstitutsiya – millatning bosh qomusi!
🔺 Har bir davlatning o‘zligini, demokratiyasini va kelajagini qonun ustuvorligi va konstitutsiya mustaqilligi belgilab beradi. Shu sababli bu kun mamlakatimizda keng nishonlanib kelinadi.
🔹Andijon viloyati soliq boshqarmasida ham "Konstitutsiya - millatning bosh qomusi" mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda soha xodimlariga qomusimizning mazmun-mohiyati, shu bilan birga unda soliq siyosati bo‘yicha yoritilgan moddalar batafsil tushuntirib o‘tildi.
✅ Tadbir so‘nggida yig‘ilganlarga sana munosabati bilan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.