Andijon viloyati soliq boshqarmasi
829 subscribers
4.23K photos
1.03K videos
72 files
3.63K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-noyabr

oktabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

- agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni

▪️Bitiruvchi yoshlar uchun “eshigimiz” hamisha ochiq

Viloyat soliq boshqarmasida Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti iqtisodiyot yo‘nalishining bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi.

📍Uchrashuv davomida soliq xodimlari talaba yoshlarni ish jarayoni bilan yaqindan tanishiirib o‘tishdi. Soliq ma’murchiligini tashkil qilish, mahallabay va korxonabay ishlash tizimi, amaldagi dasturlar yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi boshlandi.

Kun tartibidan yangilangan Konstitutsiyamizga muvofiq, ilk bor quyi palatada Bosh vazir lavozimiga nomzod va Hukumatning kelgusi 5-yilga moʻljallangan harakatlar dasturini koʻrib chiqish masalalari oʻrin olgan.

Asosiy masalaga oʻtishdan oldin Prezidentimiz oʻtgan 5 yilda har tomonlama puxta oʻylab qabul qilingan dasturlar ijrosi qanday taʼminlangani haqida toʻxtalib oʻtdi.

Avvalo, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2 karra oʻsib, 100 milliard dollarlik tarixiy marradan oshdi. Aholi jon boshiga daromad 3 ming dollarga yetishi kutilmoqda (2018-yilda – 1 ming 600 dollar boʻlgan).

Xususan, Jahon banki 2024-yilda Oʻzbekiston Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiyoti eng tez oʻsayotgan 3 ta davlat qatoridan joy olganini eʼtirof etdi.

Kambagʻallik darajasi soʻnggi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tushdi. Bu yil 9 foizga tushishi kutilmoqda.

Eksport qariyb 2 barobar oʻsib, ilk bor 25 milliard dollardan, oltin-valyuta zaxiralarimiz esa 40 milliard dollardan oshdi. Oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 6 karra koʻpayib, buning hisobiga 1,5 millionta yuqori daromadli ish oʻrinlari yaratildi. Yalpi ichki mahsulotda investitsiyalar ulushi 30 foiz darajasida taʼminlanganligi taʼkidlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yashirin_iqtisodiyot

Naqd pulsiz hisob-kitoblar rag‘batlantiriladi

Davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy o‘sish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash zarur. Bunda inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, budjet taqchilligi 3 foiz doirasida bo‘lishiga erishish, yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish asosiy vazifa bo‘ladi.

Shu bilan birga norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish lozim. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rag‘batlantirib, onlayn to‘lovlar ulushini 60 foizga yetkazish muhim vazifa bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va ragʻbatlantirishni nazarda tutadi.
👉Soliq kodeksining 60-moddasi

Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar uchun ortiqcha toʻlangan soliqlarni qaytarish 3 kun ichida (QQSdan tashqari) amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun. Boshqa soliq toʻlovchilar uchun - 15 kun ichida qaytariladi.
👉Soliq kodeksining 104-moddasi

Eng yuqori “AAA” toifadagi reytingga ega tadbirkorlarda:

▪️soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, jinoyat ishlari doirasida oʻtkazilgan tekshirishlar bundan mustasno.
👉Soliq kodeksining 137-moddasi

▪️QQS summasi 1 kun ichida qoplab beriladi, shu bilan birga kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
👉Soliq kodeksining 274-moddasi

❗️Davlat korxonalari hamda ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50% miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Ushbu oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan Soliq kodeksiga kiritilgan.
👉 OʻRQ-1000, 15.11.2024-yil
__________
#рейтинг_устойчивости

Рейтинг устойчивости предпринимателей предусматривает выявление и поощрение предпринимателей, осуществляющих деятельность с соблюдением требований законодательства.
👉ст.60 НК

Предпринимателям с высоким рейтингом устойчивости возврат переплаты по налогам осуществляется в течение 3-х дней (кроме НДС).
К сведению. Для остальных налогоплательщиков - в течение 15 дней.
👉
ст.104 НК

У предпринимателей с самым высоким рейтингом категории «ААА»:

▪️не проводятся налоговые проверки, кроме проверок, проводимых в рамках уголовных дел.
👉ст.137 НК

▪️сумма НДС возмещается за 1 день, а камеральная налоговая проверка при этом не проводится.
👉ст.274 НК

❗️Исключение составляют госпредприятия и юрлица с долей государства в уставном фонде (уставном капитале) в размере 50% и более.

Данные изменения и дополнения внесены в Налоговый кодекс Законом РУз.
👉№ ЗРУ-1000 от 15.11.2024 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 21-noyabr kuni "Soliq nazorati" mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 10:30
_______
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 21 ноября на тему "Налоговый контроль".

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 10:30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

"Soliq nazorati" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

📱Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/watch?v=r7xvYf6DVHk
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Налоговый контроль».

📱Ссылка на семинар 👉 https://www.youtube.com/watch?v=r7xvYf6DVHk

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida soliq sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev AQShning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi. Muloqotda shuningdek USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofman ham ishtirok etdi.

Xorijiy texnik yordam ko‘rsatishda soliqqa tortish masalalari, shu bilan birga, ikki davlat soliq idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Soliq sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar Amerika CISCO kompaniyasining ilg'or texnologiyalarini o‘rganish bo'yicha IT-mutaxassislari uchun o‘qitish va tajriba almashinuvini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi.
__________
#сотрудничество

Обсуждены перспективы сотрудничества между Узбекистаном и США в налоговой сфере


Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев встретился с Чрезвычайным и Полномочным Послом США в Узбекистане Джонатаном Хеником. В диалоге также принял участие Дэвид Хоффман, директор миссии USAID в Узбекистане.

Состоялось обсуждение вопросов налогообложения при оказании зарубежной технической помощи, а также возможных перспектив развития сотрудничества между налоговыми ведомствами двух стран.

Особое внимание уделено обмену опытом и внедрению передовых технологий в сфере налогообложения.

Сторонами рассмотрены вопросы организации обучения и стажировок для IT-специалистов по изучению передовых технологий американской компании CISCO.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 25-noyabr

noyabr oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Antikorrupsiya

Korrupsiya – asr vabosi

Albatta, bu illatning nomi va ko‘rinishlari turlicha, ammo maqsadi bitta – u ham bo‘lsa, maqsadiga qing‘ir va oson yo‘llar bilan qonunni chetlab o‘tish orqali erishishdir. Bu esa o‘z navbatida demokratiya talablariga ziddir. Shu boisdan har bir fuqaro unga qarshi murosasiz kurashmog‘i va uning zanjirini uzishga o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim.

Qo‘rg‘ontepa tumani va Xonobod shahrida tashkil etilgan davra suhbatida ham ana shu masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda soha mutaxassislarining bu illat domiga tushib qolishdan saqlanishi, qolaversa, shunday holatlarga duch kelganda qanday yo‘l tutish kerakligi atroflicha tushuntirib o‘tildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Diqqat❗️

🔍 Qurilish materiallariga tegishli MXIKlarni tasnif.soliq.uz sayti orqali quyidagi qidiruv tugmalari bo‘yicha topishingiz mumkin:

▫️matn bo‘yicha;
▫️Qurilish resurslari milliy klassifikatori kodlari bo‘yicha;
▫️Excel jadvallari roʻyxatida.

☝🏻Soliq to'lovchilar uchun videoqo‘llanma.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev “Yandeks”ning global bosh direktori Daniil Shuleyko bilan uchrashdi.

Taksi agregatorlari orqali yo‘lovchi tashish sohasida muvaffaqiyatli fiskalizatsiya bo‘yicha fikr almashildi.

Soliq maʼmurchiligida shaffof mexanizmlar kutilayotgan tushum ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirdi.

Dastlab yillik soliq tushumlari miqdori 100 milliard so‘mni tashkil etishi rejalashtirilgan edi, ammo haqiqatda 10 oyda 125 milliard so‘m byudjetga tushumlar taʼminlandi.

Ushbu natijalar kompaniya bilan hamkorlikdagi ishlarning samaradorligini va yo‘lovchilarni tashish sohasida shaffof soliqqa tortishning ahamiyatini tasdiqlaydi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida shaffoflikni taʼminlash orqali faoliyat turlarini legallashtirish yo‘lida hamkorlik davom ettiriladi.
_______
#встреча

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев встретился с глобальным генеральным директором компании «Яндекс» Даниилом Шулейко.

Состоялся обмен мнениями по успешной фискализации в сфере пассажирских перевозок через агрегаторы такси.

Прозрачные механизмы налогового администрирования значительно повысили ожидаемые показатели поступлений.

Изначально планировалось, что в этом году сумма налоговых поступлений составит 100 млрд сумов, однако за 10 месяцев текущего года фактически обеспечено 125 млрд сумов.

Эти результаты подтверждают эффективность совместной работы и значимость прозрачного налогообложения в сфере пассажирских перевозок.

Дальнейшее сотрудничество будет продолжено в целях обеспечения прозрачности рынка и "обеления" других видов деятельности в сфере услуг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads