#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_va_yer_soligi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 %dan 1,5 %ga, normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan 4 %dan 3%ga pasaytirildi.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash va hisobotlarni taqdim etishda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
🏢 Mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish obyektlari bundan mustasno) quyidagi miqdorlarda 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 2,5 mln so‘m;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1,5 mln so‘m;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln so‘m.
🔖Agar obyektning 1 м² qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli.
Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.
📤*Soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish bo‘yicha quyidagi huquqlar berildi:
🔸2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani 2022-yil 1-fevralga qadar ko‘chmas mulk obyektlariga 1 м² minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish;
🔸2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 2022-yil 1-aprelga qadar, penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasini qo‘llamasdan taqdim etish;
🔸1 м² obyektning qiymati belgilangan minimal qiymatdan kam bo‘lgan taqdirda, 2022-yil 1-aprelga qadar ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash rejalashtirilganligi to‘g‘risida soliq organini xabardor qilgan holda ko‘chmas mulk qiymatini 2022-yil 1-oktabrga qadar mustaqil baholashni o‘tkazish, mustaqil baholash yakunlangandan keyin 30 kun davomida soliq organlariga mol-mulk solig‘i hisobotini taqdim etish.
Yangi neft va gaz quduqlarini, ularni foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki 2 yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod etilishi nazarda tutilmoqda. Ushbu soliq imtiyozining amal qilish muddati yakunlangach, keyingi 3 yil davomida mazkur quduqlarga nisbatan belgilangan soliq stavkasining 50 %ga kamaytirilgan stavkasi qo‘llaniladi.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|

#qonunchilikdagi_yangiliklar #jismoniy_shaxs #mol_mulk_soligi
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha
✔️Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;
✔️tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki YaTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish tartibi saqlab qolindi.
🔁 Turar joy fondi obyektlariga, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilindi.
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 %dan 3 %ga tushirildi.
❗️2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018 yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021 yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etildi. Ushbu imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ular 23 yoshga to‘lgunga qadar davlat tomonidan ajratilgan turar-joy xonalariga tatbiq etiladi.

#keshbek
Chakana savdoda jamoatchilik nazoratining ilk natijalari
Onlayn nazorat-texnikalari cheklarining QR-kodini Soliq mobil ilovasida (Android, iOS) ro‘yxatdan o‘tkazib xarid summasidan 1% keshbek olish amaliyotga joriy etilganidan buyon dastlabki 6 kun ichida taqdim etilgan cheklar soni o‘tgan oyning shu davriga nisbatan 43 %ga oshdi.
Buni intizomli soliq to‘ovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin.
Shu bilan birga, chekda MXIKlar noto‘g‘ri yoki umuman aks ettirilmaganligi sababli ularni ro‘yxatga olishdagi muammolar yuzasidan fuqarolar murojaatlari ortishi kuzatilmoqda.
2022-yil 1-yanvardan MXIK aks ettirilmaydigan cheklarni taqdim etish taqiqlangan ( PQ-5252) bo‘lsada, ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan nazorat-kassa texnikalarini yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmagan.
Natijada 3 429,2 mln so‘mlik (shundan 34,2 mln so‘m keshbek ) cheklarga yoki jami ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklarning 12,6 foiziga keshbek summasini hisobga olish rad etilgan.
Shuni maʼlum qilamizki, endilikda chekda MXIK kodi to‘g‘ri ko‘rsatilgan barcha tovarlar (xizmatlar) uchun keshbek taqdim etiladi. Rad etish to‘liq xarid summasiga (butun chek uchun) emas, balki faqat maʼlumotlar bazasida mavjud bo‘lmagan MXIK kodi ko‘rsatilgan mahsulot (tovar va xizmat)larga nisbatan qo‘llaniladi.
Tadbikorlik subyeklaridan o‘z majburiyatlarini qonunchilikka muvofiq bajarilishini yo‘lga qo‘yishga e'tibor qaratishlari so‘raladi.
Onlayn nazorat-texnikalari cheklarida tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish — cheklarda ko‘rsatilgan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1%i miqdorida jarima belgilangan.
Cheklarda MXIK kodlarining noto‘g‘ri aks ettirilishi bilan bog‘liq har bir holat soliq organlari tomonidan alohida o‘rganilib, qatʼiy nazoratga olinadi.

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2022-yil 10-yanvar
yanvar oyi uchun
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi);
- Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 133-moddasi 12-qismi);
- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👉 Telegram: https://t.iss.one/and_soliq_xabarlari
👉 Facebook: https://www.facebook.com/andijonsoliq
👉 Instagram: https://www.instagram.com/andijon_soliq_news
👉 YouTube: https://www.youtube.com/channel/UC4hyzUrCq7ADnDgtQUj24VQ
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
👉 Telegram: https://t.iss.one/and_soliq_xabarlari
👉 Facebook: https://www.facebook.com/andijonsoliq
👉 Instagram: https://www.instagram.com/andijon_soliq_news
👉 YouTube: https://www.youtube.com/channel/UC4hyzUrCq7ADnDgtQUj24VQ
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#yer_soligi
Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar yer solig'ini qachon to'laydi?
Soliq to‘lovchilarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha joriy soliq davri uchun soliq hisobotlarini 2022-yil 1-fevralga qadar taqdim etish huquqi berildi.
O‘z navbatida, ushbu soliqni 2022-yilning I choragi uchun to‘lovlari ham yillik summaning 1/4 qismi miqdorida 2022-yilning 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.
Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etiladi.
2022-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalari haqidagi to‘liq ma'lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining soliq.uz saytiga joylashtirildi.
👉2022-yilda yer solig‘i haqidagi to‘liq ma'lumotlar bu yerda

#onlayn_NKM #imtiyoz
Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?
2022-yil 1-yanvardan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga o‘tdi PF-5813.
Bunda, tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovkani to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) hamda onlayn nazorat-kassa mashinalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi berilgan (PQ-5252-son 4.10.2021).
Mazkur huquqdan foydalanishda xarajatlarni:
– foyda solig‘i summasiga;
– aylanmadan olinadigan soliq summasiga;
– YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasiga
bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish tarzida foydalanish mumkin.
Imtiyoz 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz: 2022-yil 1-yanvardan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilishi shart.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#EHF #ЭСФ
Hurmatli soliq to'lovchilar!
Bayram munosabati bilan 2022-yil 5-yanvargacha dam olish kunlari belgilanganligi sababli 2021-yil dekabr oyi uchun EHFni rasmiylashtirish muddati 2022-yil 18-yanvarga qadar uzaytiriladi.
Mazkur eʼlon DSQ rasmiy xabari sifatida tan olinib soliq nazorati vaqtida moliyaviy yoki maʼmuriy jarimalar qo‘llanilmasligiga asos bo‘ladi.
______________________
Уважаемые налогоплательщики!
В связи с установлением праздничных выходных дней до 5 января 2022 года, срок оформления ЭСФ за декабрь 2021 года продлен по 18 января 2022 года.
Данное объявление признается официальным сообщением ГНК и является основанием для неприменения финансовых либо административных штрафов при налоговом контроле.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-741-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 483-moddasi 10-, 11-qismlar bilan to‘ldirildi. Unga muvofiq,
1.09.2021-yildan 31.12.2021-yilga qadar bo‘lgan davrda:
🍽Umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hamda mol-mulk solig‘ni to‘lashdan ozod etilishi belgilandi.
1.01.2022-yildan 1.01.2023-yilga qadar:
🙍♂️Tumanlarda (Toshkent shahridan tashqari) faoliyat yuritayotgan YATTlarga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi BHMning 50 %i miqdorida qo‘llaniladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi
Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘iga joriy to‘lovlar bo‘yicha ma‘lumotnoma shakllari
📄Soliq to‘lovchilar 2022-yil uchun yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘iga joriy to‘lovlar bo‘yicha ma‘lumotnomani 1-fevralga qadar 1 m² minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etishi mumkin (eski shaklda).
Bunda:
👉aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan korxonalar 10401_15-raqamli hisobot shaklini;
👉 aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari 10401_16-raqamli hisobot shaklini tanlagan holda taqdim etadi.
Shuningdek, 1 m² minimal qiymat miqdorini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan maʼlumotnoma shakllari ham ishlab chiqilgan.
Bunda:
👉aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan korxonalar 10401_19-raqamli hisobot shaklini;
👉 aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari 10401_20-raqamli hisobot shaklini tanlagan holda taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, DSQ mutaxassislari tomonidan yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma shakllarini taqdim etish bo‘yicha USLUBIY QO‘LLANMA tayyorlandi.
➡️ Qo‘llanma bilan batafsil bu yerda tanishing
➡️ 2022-yildagi yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i haqida yangiliklar
➡️ Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab eng kam qiymatga 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin (Soliq kodeksi, 412-modda).

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi
69 mingdan ortiq mol-mulk solig‘i to‘lovchisidan:
👉 belgilangan tartibda ko'chmas mulkini qayta baholab borgan 21 mingdan ortiq soliq to‘lovchida mol-mulk solig‘i o‘tgan yilga nisbatan kamayadi (minimal qiymat taʼsir qilmaydi);
👉mulk qiymati (bozor qiymatidan) past ko'rsatilgan 41 ming yuridik shaxsda soliq majburiyatlari oshadi;
👉7 mingga yaqin to‘lovchida soliq summasi o‘zgarishsiz qoladi;
👉 mulk qiymatini “nol” ko‘rsatib, belgilangan tartibda qayta baholash o‘tkazmagan va mol-mulk solig‘i to‘lamagan 5 mingga yaqin korxona baholash natijasiga ko‘ra mol-mulk solig‘ini qayta hisob kitob qiladi.

#e_aktiv
Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Ma'lumki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) ishga tushirilgan.
Mazkur tizim tadbirkorlik subyektlariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobini yuritish imkonini beradi.
Bugungi kunda tizimni amaliyotga joriy etish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Jumladan, elektron hisobvaraq-faktura va bojxona-yuk deklaratsiyalari asosida kiruvchi va chiquvchi tovarlar oqimini avtomatik ravishda hisobga olish joriy etildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining taklif va murojaatlari asosida tizimni avtomatlashtirilgan yirik buxgalteriya hisobi dasturiy mahsullari (1C, SAP va boshqalar) bilan integratsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
2022-yil 1-iyulgacha “E-aktiv” ATT bilan integratsiya qilinmaganlik yoki undagi barcha operatsiyalarni to‘liq aks ettirmaganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llanilmasligini maʼlum qilamiz. (PQ-73 30.12.2021)
Ma'lumot uchun. “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini 1C dasturiy mahsulining “Perfect Solutions” va “Venkon Group” integratorlari bilan integratsiyalash ishlari yakuniga yetkazildi.
📜“E-aktiv” AATdan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

#Bayram_tabrik
"14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni"
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
"14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni"
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|