Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yangi tartiblari belgilandi


“Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
👉 PQ-267-son 18.07.2024

Mazkur hujjatga muvofiq,

2025-yil 1-iyuldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar goʻsht (qo‘y, mol, parranda) tuxum, oʻsimlik yogʻi hamda un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlarni belgilangan miqdor* doirasida xarid qilishda toʻlangan QQS summasi bir ish kunida qaytariladi. Bunda xarid chekini Soliq mobil ilovasida skanerlash talab etilmaydi.
Yangi tartib tatbiq etilgunga qadar ijtimoiy keshbek amaldagi taribda qaytariladi.

Shuningdek, “Ijtimoiy karta” axborot tizimini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, sanoatda foydalanishga joriy etish va takomillashtirish maqsadida qoʻshma korxona (Korxona) tashkil etiladi.

“Ijtimoiy karta” ATni yaratishda ishtirok etuvchi Korxona va toʻlov tashkilotiga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etiladi.

Bunda Korxona tomonidan berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qabul qiluvchi tomon uchun foyda soligʻi, AOS va JShODS boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

Maʻlumot uchun. Soliq imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgandan keyin qoʻllaniladi.

* belgilangan miqdor - oyiga BHMning 10 baravarigacha

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ovchilik xo‘jaliklari uchun soliq imtiyozlari beriladi

"Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risi"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-105-son, 23.07.2024

Farmonga ko‘ra:

🗓2024-yil 1-sentabrdan yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar, ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari 3 yil davomida yuridik shaxslar
▫️mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan stavkaga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada,
▫️AOSni 1 % stavkada to‘laydi.


Ovlangan o‘ljalardan hamda tabiat in’om etgan mahsulotlardan hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hunarmandlar “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritiladi.

Ular 2025-yil 1-yanvarga qadar kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori bo‘yicha AOS stavkasini 50 foizini to‘laydi.

Izoh! Farmonda nazarda tutilgan AOS bo‘yicha 1 foizlik imtiyozli stavka Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi
2- va 75- moddalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-avgustdan
...

🔹2027-yil 1-yanvarga qadar turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining amaliyot bazalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘i ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada to‘lanadi;

🔹metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkash joriy etiladi.
_______
#новое_в_законодательстве

С 1 августа 2024 года...

- до 1 января 2027 года налог на прибыль за оказанные услуги в базах прохождения практики высших образовательных учреждениях, осуществляющих подготовку кадров в сфере туризма, уплачивается по ставке, сниженной на 50 % от установленной налоговой ставки;

- внедряется обязательная цифровая маркировка воды и прохладительных напитков в металлической, в том числе алюминиевой, таре.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingi mezonlari va baholash metodikasi takomillashtirildi

"Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom"da belgilangan 6 ta mezonga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉 VMQ-467-son 31.07.2024-yil

Mezonlarlardagi o‘zgarish va qo‘shimchalar

🔹2-mezon – EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan:

▫️20 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 10 ball;
▫️15-20 foizgacha yuqori bo‘lsa – 8 ball;
▫️10-15 foizgacha yuqori bo‘lsa – 6 ball;
▫️5-10 foizgacha yuqori bo‘lsa – 4 ball;
▫️o‘rtachaga teng yoki 5 foizgacha yuqori bo‘lsa – 2 ball beriladi.

🔹3-mezon – Tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan obyektlar uchun ballar berishda oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk ham hisobga olinadi.

🔹4-mezon – Bir nafar xodimga hisoblangan ish haqi summasi miqdori MHTEKMdan kelib chiqib ball beriladi:
▫️Toshkent shahar uchun –
-3 barobardan 4 barobargacha – 5 ball;
-4 barobardan yuqori bo‘lsa – 10 ball.
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun –
-2 barobardan 3 barobargacha – 5 ball;
-3 barobardan yuqori bo‘lsa – 10 ball.
Eʼtibor bering: o‘tgan oyga nisbatan ishchi xodimlar soni 10 %dan ko‘p kamaygan hollarda ball berilmaydi.

🔹8-mezon –
▫️Kalendar sanada rasmiylashtirilgan EHF bilan birga eksportni tasdiqlovchi hujjatlar, onlayn-NKT va elektron cheklar summasining ular bo‘yicha jami tovar aylanmasidagi ulushi (foizi) hisobga olingan holda ball beriladi.
Eʼtibor bering: “Soliq hamkor” tizimi orqali soliqqa oid huquqbuzarlik fakti bo‘yicha murojaat kelib tushgan taqdirda ball berilmaydi.

▫️Naqd va terminal orqali amalga oshirilgan savdo tushumi bilan Onlayn-NKTga kirim qilingan savdo tushumida tafovut aniqlanganda – 5 ball chegiriladi.

🔹9-mezon– EHF orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasi ko‘rsatkichini hisoblashda 1-yanvar (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun — ro‘yxatdan o‘tgan davr) va 31-dekabr sanasidagi tovar yoki xomashyo qoldig‘ining oylarga teng ulushlardagi summasi inobatga olinadi.

🔹10-mezon – Soliq organlari tekshiruvdan oldingi tahlil (avtokameral) natijasida aniqlagan kamchiliklar bartaraf etilgan bo‘lsa, 10 ball beriladi.

🔹Sohalar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar ro‘yxatdan o‘tish joyiga qarab hisoblanadi:
▫️QQS va foyda solig‘i to‘lovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar kesimida;
▫️AOS to‘lovchilar tuman (shahar)lar kesimida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar #raqamli_markirovka

Majburiy raqamli markirovkalash lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosi tartibga solinadi

Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalash lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosini tartibga solish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi
👉VMQ-478-son 03.08.2024-yil.

Qaror ijrosi doirasida Soliq qoʻmitasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

🔹 01.09.2024-yilga qadar alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari chakana savdosi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining “Asl belgisi” milliy axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtganligi hamda raqamli markirovkalash talablariga rioya etilayotganligini nazoratga olish.
Bunda 2024-yil 10-avgustga qadar markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari xatlovdan oʻtkazilganligi haqida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda rasmiy eʼlon joylashtiriladi;

🔹2026-yil 1-avgustga qadar qalbaki raqamli markirovkalangan va/yoki kontrafakt mahsulotlarni import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi hamda ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi subyektlarga nisbatan mazkur mahsulotlarni musodara qilgan holda, jinoiy javobgarlikka tortish normalarini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

🔹Bir hafta muddatda Soliq qoʻmitasida raqamli markirovkalash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha alohida tuzilma tashkil etish;

🔹2024-yil davomida Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli markirovka qoidalari, shuningdek, raqamli markirovka tizimi bilan ishlash boʻyicha oʻquv va koʻrgazmali seminarlar oʻtkazib borish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish choralarini koʻrish;

🔹Bir oy muddatda majburiy raqamli markirovkalash tartiblari shu jumladan, markirovka kodlarini chop etuvchi (tipografiya) hamda tegishli uskunalarni yetkazib beruvchi (integrator) korxonalar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-sayti hamda “Soliq” mobil ilovasida joylashtirish;

🔹2024-yil 1-noyabrga qadar raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning ulgurji savdosini faqat naqd pulsiz shaklda sotish talabini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy xujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

🔹2024-yil 1-dekabrga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, ulgurji va chakana savdoni tizimlashtirish hamda markirovkalash qoidalarini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasining “Savdo toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Shu bilan birga, raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini toʻxtatmoqchi boʻlganda, tuman (shahar) soliq inspeksiyasini bir oy oldin xabardor qilish tartibi joriy etiladi.
Bunda soliq inspektori 3 ish kunida chakana savdo huquqi uchun yigʻimlarning toʻliq toʻlanganligi hamda alkogol, tamaki va pivo mahsulotlarining ombordagi qoldiqlarini xatlovdan oʻtkazadi.

Bundan tashqari, qaror bilan majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads