Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
65 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#elon

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

Bugun, 10-iyun kuni ayrim tashqi resurslarda yuzaga kelgan nosozliklar sababli, Soliq qo‘mitasining elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatildi. Mutaxassislar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida nosozliklar bartaraf etildi.

Hozirda barcha elektron soliq xizmatlari faoliyati odatdagi tartibda ishlamoqda.
________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Сегодня, 10 июня, в связи с возникшими неполадками на внешних ресурсах наблюдались временные перебои в работе электронных налоговых услуг Налогового комитета. В результате оперативно принятых специалистами мер неполадки были устранены.

В данный момент все электронные налоговые сервисы работают в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Soliq qo‘mitasi mutaxassislari va yosh tadbirkorlar davra suhbati

Uchrashuvda amaldagi soliq qonunchiligi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida ma'lumotlar berildi.

QQS stavkasining 20%dan
bosqichma-bosqich 12%ga tushirilishi natijasida QQS to‘lovchilar soni ortib borayotgani aniq misollar bilan tushuntirildi.

Ma'lumot uchun, 2024-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 191 738 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar savdo sohasida (63,2 ming) faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, eng yuqori o'sish sur'ati transport sohasida 19,8% kuzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Savol_javob

✍️Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan, fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash majburiy bo‘lgan holda undan foydalanmaslik ham o‘z navbatida javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ya’ni, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyekti soliq inspektorining ogohlantirishidan so‘ng ham fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallaridan foydalanmasligi Soliq kodeksining 221-moddasida belgilangan quyidagi miqdorlarda jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi:

❇️ Nazorat-kassa texnikasining yoki hisob-kitob terminallarini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik, xaridorga QR-kodli chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik - besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❇️ Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik - yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❇️ Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanganlik - yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❇️ Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik - yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_hisoboti

My3.soliq.uz saytidagi Yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetida soliq to‘lovchilarning interaktiv taqvimi joriy etildi

Yangi interaktiv taqvim har bir soliq to‘lovchining soliq majburiyatlariga moslashtirilgan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etishi haqida ma’lumot berib boradi.

“Mening taqvimim” boʻlimida oʻz vaqtida taqdim etilgan hisobotlar, kelgusi hisobotlar, shuningdek, taqdim etilmagan hisobotlar haqida batafsil maʼlumotlar aks etadi.

Yaqin kunlarda interaktiv taqvim haqida onlayn-seminar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu seminarda sizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob beradi. Savollaringizni
- Soliq qo‘mitasining soliq.uz sayti,
- yoki Soliq mobil ilovasidagi "Bizga xabar yuboring" qayta aloqa tizimi orqali yo‘llang.

*interaktiv taqvim test rejimida ishlamoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Antikorrupsiya

Oltinkoʻl tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Xalq_bilan_muloqot
#Jonli_efir

✔️ Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi har bir sohada xususan, soliq tizimida ham o‘z tasdig‘ini topmoqda.

✔️ Shunday bo’lsada soliq to’lovchilar va tadbirkorlarning sohaga oid savollari bisyor.

2024-yilda soliq siyosatida qanday o’zgarishlar bo’lmoqda?

Kimlar uchun soliq imtiyozlari mavjud?

💬 “Xalq bilan muloqot” dasturining navbatdagi sonida shu kabi savollaringizga Andijon viloyat soliq boshqarmasining mutaxassislaridan javob olamiz.

📣 O’tkazib yubormang!
📆 BUGUN - Soat 19:05 da
▶️ "Xalq bilan muloqot" dasturi
▶️ Jonli efirda
"Taraqqiyot" telekanalida ✔️

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Yoshlar_uchrashuvi

▪️Andijon shahar Soliq inspeksiyasi rahbari bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi

📍Andijon shahridagi 5-umumta'lim maktabida Andijon shahar 4-sektor rahbari hamda shahar MMTB boshligʻi ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda shahar hududidagi bir nechta maktab bitiruvchilari ishtirok etdi. Mazkur tadbir bitiruvchilarning bandligini ta'minlash va shu kabi dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlandi.

Mazkur tadbirda:

▫️ bitiruvchilarning bandligini taʼminlashning qonuniy choralari;
▫️tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;
▫️ularga bank kreditlari ajratish;
▫️kasb-hunar markazlariga jalb qilgan holda ishga joylashtirish tartiblari kelishib olindi.

🟢 Bundan tashqari, bitiruvchi yoshlar ham o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan yig'ilganlarga murojaat qilib, o'zlari uchun kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul

🔘 Savollarga javob, murojaatlarga yechim topish mumkin

🔻Bugun Oltinlko’l tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabuli tashkil etildi. Ushbu qabul jarayonlarida viloyat Soliq boshqarmasi ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini o’rgandi.

✔️ 4-sektor rahbari L.Qurbonov bevosita murojaatchilar bilan uchrashib, ular tomonidan ko’tarilgan masalalarni tegishli tashkilot xodimlari bilan o’rganib chiqdi.

Sayyor qabul jarayonlarida eng ko’p to’xtalib o’tilgan murojaatlar – 12 foizli daromad solig’ini qaytarish, o’z o’zini band qilish kabi masalalar bu safar ham dolzarb bo’ldi.

✔️ Ushbu murojaatlarning barchasi joyida o’rganildi va maqbul yechimlar taklif etildi.

🏷 Qolaversa, o’z o’zini band qilmoqchi bo’lgan fuqarolarga 5 dona motokultivator subsidiya asosida taqdim qilindi.

📍Qabul jarayoniga kelganlar savollariga javob, murojaatlariga yechim topishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qayta_aloqa

Soliq organlariga savol va takliflarni qayta aloqa tizimi orqali yuborish mumkin

Agar Sizda:
▫️tekshiruvdan oldingi tahlil (avtokameral);
▫️barqarorlik reytingi;
▫️soliq hisoboti;
▫️soliq to'lash


va soliqqa oid boshqa mavzular boʻyicha savollar bo'lsa, Soliq organlarining qayta aloqa tizimi orqali xabar bering:

💻 web-sayt - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 Soliq mobil ilovasi

Soliq toʻlovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun Sizda soliq inspektorlari javobini baholash imkoniyati mavjud.
___________
#обратная_связь

Вопросы и предложения налоговым органам можно оставить через систему обратной связи

Если у вас имеются вопросы по:
▫️предпроверочному анализу (автокамерал);
▫️рейтингу устойчивости;
▫️налоговой отчетности;
▫️уплате налогов


и другим темам, имеющим отношение к налоговой сфере, оставьте сообщение налоговым органам через систему обратной связи:

💻 на сайте - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 или в мобильном приложении Soliq

У вас есть возможность оценить ответ налогового инспектора, чтобы помочь улучшить качество взаимодействия с налогоплательщиками.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Jonli_efir

▪️Xalq bilan muloqot mavjud muammolarga aniq yechim boʻla oladi


📅 Avval xabar berganimizdek, “Taraqqiyot” telekanalida Andjion viloyati Soliq boshqarmasi xodimlari bilan ochiq va jonli muloqot boʻlib oʻtdi.

Unda boshqarma boshligʻi 1-oʻrinbosari hamda boʻlim boshliqlari ishtirok etishdi. Jonli muloqot davomida soliq islohotidagi oʻzgarishlar, qonunchilikdagi yangiliklar va tizim faoliyatining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.

☎️ Muloqotning asosiy qismida fuqarolar telefon orqali toʻgʻridan toʻgʻri boshqarma xodimlariga jonli efirda savollarini yoʻllashdi va oʻzlari uchun kerakli va aniq javoblarga ega boʻlishdi.

Ushbu muloqot jarayonida 10 dan ortiq telefon va ijtimoiy tarmoqlardan kelgan savollar batafsil muhokama etildi. Bu kabi jonli muloqotlar soha vakillari va aholi oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtashi tabiiy hol va bu jarayonlar davom ettiriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Antikorrupsiya

Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Xabaringiz bor, viloyat Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari belgilangan tartibda hududlarda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Jalaquduq tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari bilan bir qatorda departament vakillari ham ishtirok etib, yig‘ilganlarga tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Tizimni korrupsiyadan holi sohaga aylantirish, bu illatning ayanchli oqibatlari, qolaversa, korrupsion jinoyatlar uchun jazo muqarrar ekanligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi targ‘ibot tadbirlari belgilangan tartibda davom ettiriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 12-iyun kuni "Soliq majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish" mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 16:30
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 12 июня на тему "Своевременное исполнение налоговых обязательств".

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 16:30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

"Soliq majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/lPugMsqGpXs?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Своевременное исполнение налоговых обязательств".

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/lPugMsqGpXs?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Mobil_ilova

📲 Mobil ilova – soliq toʻlovchilar uchun qulay imkoniyat!

💳 Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida "Soliq" mobil ilovasini ishga tushirgan boʻlib, bu orqali deyarli barcha soliq xizmatlaridan uyda turgan holda foydalanishingiz mumkin.

🧾Misol uchun, "Soliq" mobil ilovasi orqali kirib, “Soliqlarni toʻlash” menyusi yordamida mavjud qarzdorlikni bartaraf qilishingiz mumkin. Bundan tashqari imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida nafaqat oʻzingizni, balki ota-onangiz soliq qarzlarini ham toʻlashingiz mumkin.

📌 Bu, albatta "Soliq" mobil ilovasi imkoniyatlarining kichik bir funksiyasi. Qolgan imkoniyatlar borasida ham batafsil toʻxtalib oʻtamiz.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#QQS #AOS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotida;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________
#НДС #налог_на_прибыль

Как представляют отчетность перешедшие на уплату НДС плательщики налога с оборота?

Налогоплательщики переходят на уплату НДС и налога на прибыль со дня превышения их совокупного дохода 1 млрд сумов.
👉ст.462 НК

Плательщики налога с оборота, которые перешли на уплату НДС в отчетном месяце, представляют за этот месяц как отчетность по налогу с оборота, так и отчетность по НДС.

При этом:
- суммы по осуществленным операциям, оформленным ЭСФ и чекам онлайн-ККТ до даты перехода на уплату НДС автоматически отражаются в отчетности по налогу с оборота;
-
операции, осуществленные после даты перехода на уплату НДС, автоматически отражаются в отчетности по НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉 Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 2-qism

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 5-qism

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*BHM 1 baravari = 340 000 so‘m
_______
#налоговая_отчетность

Несвоевременное представление налоговой отчетности влечет за собой ответственность

За несвоевременное представление налоговой отчетности должностное лицо налогоплательщика-юридического лица или налогоплательщик-физическое лицо привлекается к административной ответственности.
👉ст.220 НК

Несвоевременное представление налоговой отчетности влечет наложение штрафа:
🔹на индивидуального предпринимателя - в размере 3 БРВ*,
🔹на руководителя юридического лица - в размере 10 БРВ.
👉ч.2 ст.175 Кодекса об административной ответственности

Непредставление или несвоевременное представление налогоплательщиком в обслуживающий банк платежного поручения на уплату налогов и сборов влечет наложение штрафа на индивидуального предпринимателя или юрлицо в размере 5 БРВ.
👉ч.5 ст.175 Кодекса об административной ответственности

Постановление о наложении штрафа за административные правонарушения, зафиксированные через Единую автоматизированную информационную систему налоговых органов, направляется в персональный кабинет налогоплательщика в течение 3-х дней со дня вынесения настоящего постановления.
👉ст.309 прим.3 Кодекса об административной ответственности / ст.56 НК

*1 БРВ = 340 000 сумов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads