Andijon viloyati soliq boshqarmasi
852 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Sayyor_qabul

"Maqsadimiz bir martalik yordam berish emas, balki doimiy daromad manbayiga ega boʻlishingizga koʻmaklashishdir”
- boshqarma boshlig'i

Xonobod oʻzining iqtisodiy zonasi va maftunkor tabiati bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham turizm markazi sifatida doimo diqqat-eʼtiborda. Bugun ana shu goʻshada huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqaruv organlari rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Ushbu qabul jarayonlarida viloyat Soliq boshqarmasining ham maxsus paviloni oʻrnatilib, boshqarma boshligʻi shaxsan aholi murojaatlarini tingladi.

Murojaatchilarning aksariyatini xotin-qizlar tashkil etib, asosan, oʻz-oʻzini band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, salomatligini tiklash, moddiy yordam va elektr tarmoqlari liniyasini almashtirish borasida boʻldi. Mazkur murojaatlar viloyat sogʻliqni saqlash, elektr tarmoqlari, tadbirkorlik subyektlari vakillari yordamida joyida oʻrganilib, murojaatchilarga yoʻl-yoʻriq va tavsiyalar berib oʻtildi.

Xususan, moddiy yordam soʻrab murojaat etgan yolgʻiz boquvchi ayol masʼullar yordamida ishga joylashtirildi. Oʻz-oʻzini band qilishni soʻragan murojaatchiga tikuv mashinasi hadya etilib, kasbiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida maslahatlar berib oʻtildi. Qolaversa, natijasi vaqt talab qiladigan murojaatlar masʼullarga qisqa fursatlarda ijro uchun biriktirildi.

Ushbu qabul jarayonlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-may

may oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 мая 2024 года - последний день

за май:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM