Andijon viloyati soliq boshqarmasi
873 subscribers
4.28K photos
1.04K videos
73 files
3.69K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Barqarorlik_reytingi
#Savol_javob

✍️Barqarorlik reytingi har kuni davlat organlari va idoralarning elektron shaffof platforma axborot tizimida mavjud ma’lumotlardan foydalanilgan holda shakllantiriladi hamda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinib boriladi.
Barqarorlik reytingini aniqlash uchun tadbirkorlik subyektlari haqidagi mavjud ma’lumotlar doimiy ravishda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlil qilinadi hamda ularning faoliyati Nizomda belgilangan mezonlarning har biri bo‘yicha reyting tizimi asosida baholab boriladi.

Barqarorlik reytingi shakllanishiga oid tadbirkorlik subyekti faoliyatini baholash mezonlari va ularga qo‘yilgan ballar to‘g‘risidagi ma’lumotlar baholash amalga oshirilgan kundan boshlab 1 kun ichida tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Yuborilgan barqarorlik reytingiga oid ma’lumotlar tadbirkorlik subyekti tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bunda tadbirkorlik subyekti reytingga nisbatan e’tirozlari mavjud bo‘lganda o‘z shaxsiy kabineti orqali soliq organiga murojaat qiladi.

Tadbirkorlik subyekti tomonidan barqarorlik reytingi darajasi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar Soliq qo‘mitasi tomonidan 10 ish kuni davomida qayta ko‘rib chiqiladi, e’tirozlar asosli deb topilganda ma’lumotlar bazasiga tegishli tuzatishlar kiritilgan holda qayta shakllantirilgan barqarorlik reytingi tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Barqarorlik_reytingi
#Savol_javob

✍️Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash elektron platformasi onlayn va real vaqt rejimida ishlaydi. Reytingni aniqlash bo‘yicha bajarilmagan mezonlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan zaxotiyoq tegishli ballar qo‘shilib boriladi yoki aksincha majburiyatlarni bajarish muddati o‘tgan zaxoti ballar chegiriladi.

Masalan, Soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi, mazkur mezon bo‘yicha ball soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlarining belgilangan muddatdan kech va (yoki) qayta hisobot taqdim etilganlik holatlari bo‘yicha aniqlanadi.

Soliq turlari bo‘yicha hisobotlarni kechiktirmagan bo‘lsa – 10 ball beriladi (hisobot kechiktirib taqdim etgan bo‘lsa – ball berilmaydi).

Mazkur mezon bo‘yicha baholashda kalendar oyida hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob
#Barqarorlik_reytingi

✍️ Umumiy, Ballarni kamaytiruvchi, Qo‘shimcha ballar beruvchi mezonlar, ya’ni

Umumiy mezonlar

🔹Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davri;
🔹Bank krediti tarixi holati ijobiyligi;
🔹Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasining nisbati;
🔹Soliq hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilishi;
🔹Hisoblangan soliq summasini to‘lov topshiriqnoma orqali amalga oshirganligi;
🔹Elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishi holati;

Ballarni kamaytiruvchi mezonlar

🔺Oxirgi 12 oy davomida ma’lumotlar bazasidan hisobda turgan joyini o‘zgartirilishi;
🔺Ta’sischisi yoki rahbari(mulkdor)ning ishonchsizligi;
🔺Taqdim etilgan soliq hisobotlariga tuzatishlar soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan ixtiyoriy kiritilishi;
🔺Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi maxsus guvohnoma holati;
🔺Soliq qarzining mol-mulk hisobidan undirilishiga qaratilganligi;
🔺Mahsulotlar (tovar va xizmatlarning) identifikatsiya kod (MXIK)laridan noto‘g‘ri foydalanish;
🔺Tadbirkorlik subyektlarining kreditorlik qarzdorligi oxirgi 12 oy davomida sud orqali unduruvga qaratilgan bo‘lsa;

Qo‘shimcha ballar beruvchi mezonlar (rag‘batlantiruvchi) mavjud.

🔸Tadbirkorlik subyektlari tomonidan "Temir daftar", Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlanganda;
🔸O‘tgan hisobot davriga nisbatan (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi olgan) xodimlar sonining ortishi (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun o‘tgan oyga nisbatan solishtiriladi);
🔸Iqtisodiy faoliyat turlariga muvofiq QQS bo‘yicha bir oylik hisoblangan soliq summasining o‘rtacha nisbati;
🔸Iqtisodiy faoliyat turlariga muvofiq AOS bo‘yicha bir oylik hisoblangan soliq summasining o‘rtacha nisbati.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob
#Barqarorlik_reytingi

✍️Barqarorlik reytingi 3 guruhga bo‘linadi.

1-guruh yuqori ball AAA, AA, A
2-guruh o‘rta ball BBB, BB, B
3-guruh quyi va eng quyi ball CCC, CC, C va D

Yuqori ballga ega tadbirkorlik subyektlari uchun:

🔘“AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi (amalda 7 kun muddatda qaytarib berilmoqda);

🔘4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi;

🔘“A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga:

🔹soliqlar bo‘yicha (qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish uch kun muddatda amalga oshiriladi (amalda 15 kunda qaytarilmoqda);

🔹tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob

📌Agar vafot etgan shaxsning soliq qarzi bo‘lsa, u quyidagicha undiriladi:

▫️Soliq qarzi vafot etgan shaxsning mol-mulkini meros tariqasida qabul qilib olgan merosxo‘r(lar)idan o‘sha mol-mulkning qiymati doirasida yoki ularning merosdagi ulushiga mos ravishda undiriladi.

▫️Marhumning soliq qarzi meros qolgan mol-mulk qiymatidan ortiq bo‘lsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq summasi umidsiz summa deb e’tirof etiladi.

▫️Merosxo‘r bo‘lmaganda yoki merosxo‘r meros olish huquqidan voz kechganda, Soliq qarzi undirilishi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Umidsiz soliq qarzi soliq organlari tomonidan hisobdan chiqarilishi lozim.

▫️Soliq organi merosxo‘r to‘g‘risida axborot olgan kundan e’tiboran bir oy ichida unga soliq qarzi mavjudligi to‘g‘risida xabar qilishi shart.

▫️Merosxo‘r ushbu qarzdorlikni meros qabul qilib olingan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmay uzishi shart.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|