Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Qorgontepa_tumani

SAYYOR QABULLARDA AHOLI MUROJAATLARI HAL ETILMOQDA

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Izboskan_tumani

Izboskan tumani 4-sektor hududi aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Andijon viloyati soliq boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabulda “Ayollar, yoshlar va temir daftar”larida turuvchi aholi ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar yo‘lladi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘pini issiqlik infratuzilmasini yaxshilash, suyultirilgan gaz balon bilan ta’minlash, bandlik, kredit ajratish, kompensatsiya va sog‘likni tiklashga doir masalalar tashkil etdi.

Moddiy yordam, suyultirilgan gaz ballon ajratish va davolanish uchun yordam so‘rab qilingan murojaatlar sayyor qabulning o‘zida yechim topdi.

Ijrosi vaqt talab etadigan va hamkor tashkilotlar ko‘magida hal etiladigan masalalar qat’iy nazoratga olindi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Izboskan_tumani

Izboskan tumani 4-sektor hududi aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Qorgontepa_tumani

4-sektor rahbari qo‘rg‘ontepaliklar bilan sayyor qabul o‘tkazdi

Qo‘rg‘ontepa tumanida tashkillashtirilgan sayyor qabulda murojaatlarning 90 % ga yaqini joyning o‘zida ijobiy yechim topilishiga erishildi. Faqat, uy-joy, kadastr masalasiga daxldor murojaatlargina tuman hokimligi va hamkor tashkilotlar ko‘magida uzoqqa cho‘zmay hal etilishi bildirildi.

Viloyat Soliq boshqarmasi ya’ni 4-sektor rahbari xar bir murojaatchini erinmay, yurakni ochib, birma-bir tinlaganidan ijtimoiy muhofazaga muxtoj xonadon vakillari holini tortinmay ayta olishdi.

Yil boshidan buyon Andijon viloyati 4-sektori 8 010 ta sayyor qabul o'tkazdi. Ularda 6 200 dan ortiq murojaatlarning 5 000 dan ortig‘i ijobiy hal etildi.

Aholini kambag‘allikdan chiqarishda avvalo, ishsizlik muammosini bartaraf qilish bilan kurashayotgan sektor mutasaddilari uchun ishga joylashish va sog‘ligini tiklashda “qo‘li yupqalik” qilayotgan oila vakillarining arzini qanoatlantirish qiyin kechmadi.

Murojaatchilarning aksariyati ko‘mir yoqilg‘isi so‘rab kelishgandi. “Temir daftari” va “Ayollar daftari”da turuvchilarning farzandlariga esa qishki kiyim-bosh kerak edi. Yana kimdir tomidan suv o‘tayotgani sabab, qiyin vaziyatda qolganligini bildirdi. Murojaatchilarning muammosini ertaga qoldirmaslik prinsipi bilan ish ko‘rayotgan mutasaddilar qabulning o‘zidayoq kiyim-kechak, oziq-ovqat jamlanmasi, ko‘mir, shiferlar to‘plamlarini tarqatishdi.

Farzandi “Yoshlar daftari”da turuvchi ayol, agar, noutbuk ajratilsa, o‘g‘li daromad topishi mumkinligini bildirdi. Shu kunning o‘zida murojaatchiga noutbuk topshirildi.

Nogironligi bo‘lgan farzand tarbiyalayotgani uchun biron joyda ishlolmayotgan onaga zamonaviy tikuv mashinasi sovg‘a qilindi. Shu bilan tikish-bichishdan xabari bor-u, ammo, ish qurolining yo‘qligi sabab, iqtisodiy tang ahvolda qolgan ayolning ro‘zg‘ori qo‘yiladigan bo‘ldi.

Qabul kuni masalasi yechilgan 50 dan ortiq murojaatchilarning ko‘ngliga rozi-rizolik indi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Qorgontepa_tumani

4-sektor rahbari qo‘rg‘ontepaliklar bilan sayyor qabul o‘tkazdi

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|