Andijon viloyati soliq boshqarmasi
870 subscribers
4.26K photos
1.03K videos
73 files
3.65K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 15-fevral – AOS toʻlovchilar uchun 2023-yil dekabr va 2024-yil yanvar oylarida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni


AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi #umumiy_ovqatlanish

Savdo va umumiy ovqatlanish
sohasidagi biznes vakillariga tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati tushuntirildi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soʼrovnoma

Hurmatli tadbirkorlar!


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari bo‘yicha jamoatchilik fikr-mulohazalarini va takliflarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o’tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqiladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6
_____________
#опрос

Уважаемые предприниматели!


С целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства проводится опрос.

По результатам опроса будут разработаны предложения.

Пройдите опрос по ссылке https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-fevral

yanvar oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4- va 5- qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism);

2023-yil uchun:

- yil yakunlari boʻyicha hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4- va 5- qismlar);

- Oʻzbekistonda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston norezidentlari tomonidan mol-mulk soligʻi toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 10-qism);

- yil yakunlari boʻyicha AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#moliyaviy_hisobot

🗓 Eslatma ❗️2023-yil uchun:

2024-yil 15-fevral
- yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning oxirgi kuni
(AV ro‘yxat raqami 942-sonli Nizom 4-band, 2000-yil 3-iyul);

2024-yil 25-mart - xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar va chet el firmalarining vakolatxonalari tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning oxirgi kuni
(AV ro‘yxat raqami 942-sonli Nizom 2-band, 2000-yil 3-iyul).
________________
#финансовая_отчетность

🗓 Напоминаем ❗️За 2023 год:

15 февраля 2024 -
последний день представления годовой финансовой отчетности
(п. 4 Положения Министерства юстиции, рег. № 942 от 03.07.2000 года);

25 марта 2024 года - последний день представления годовой финансовой отчетности предприятиями с иностранными инвестициями и представительствами иностранных фирм
(п.2 Положения МЮ, рег. №942 от 03.07.2000 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
👉PQ-419-son, 10.11.2022-y.
__________
#налог_с_оборота

Какую отчетность не сдают плательщики налога с оборота в фиксированной сумме?

Плательщики налога с оборота вправе на добровольной основе выбрать уплату налога в фиксированной сумме. При этом сумма налога в год составляет:
🔹при совокупном доходе не более 500 млн сумов - 25 млн сумов;
🔹при совокупном доходе свыше 500 млн сумов - 34 млн сумов.

Плательщики налога с оборота в фиксированной сумме освобождаются от обязанности представления налоговых отчетностей по данному налогу и в части доходов в виде дивидендов.

👉ст.470 прим.1 НК

Cубъекты предпринимательства, уплачивающие налог с оборота по фиксированной налоговой ставке, освобождаются от обязательства по представлению годовых финансовых отчетов в налоговые органы.
👉№ ПП-419 от 10.11.2022 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#AOS #ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

Joriy yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadi 100 mln soʻmdan oshganda, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) kabi soliq to‘lashga o‘tishi belgilandi.

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan, lekin 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar AOS toʻlovchilari hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi, 461-modda

Shunga asosan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham daromadi 100 mln soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran AOS toʻlashga o‘tadi.
👉15-fevral – AOS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni

Hisobot topshirish uchun my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi, u yerdan "YTTlarning tovar aylanmalari boʻyicha hisobot shakllari" tugmasi tanlanadi.
👉AOS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Batafsil:👆 "OVOZA" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Barqarorlik_reytingi

“Tadbirkorlar oʻz ustida tinimsiz ishlashni boshlashadi”. Barqarorlik reytingi haqida fikrlar

Batafsil:👆 "OVOZA" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_NKT

Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi?

O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart.

Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019

Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim.

Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKT va virtual kassalar ro‘yxati va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumot olish mumkin.

*fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob
#AOS

2024-yil yanvar oyi uchun AOS hisobotini topshirish jarayonida “Onlayn nazorat kassa texnikasi orqali shakllangan daromadlar” qatorida 2% o‘rniga avtomatik ravishda 4% stavka qo‘llanilyapti. Buni qanday tuzatish mumkin

Stavka to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun tadbirkorlik subyekti onlayn-NKTni Soliq kodeksining 467-moddasidagi faoliyat turi va joyidan kelib chiqqan holda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Misol uchun, tadbirkorlik subyekti chakana savdo bilan shug‘ullanadi, lekin onlayn-NKTni ro‘yxatdan o‘tkazishda faoliyat turini "umumiy ovqatlanish" deb ko‘rsatgan bo‘lsa uni "chakana savdo"ga o‘zgartirishi kerak.
_________________
#вопрос_ответ #налог_с_оборота

При сдаче отчетности налога с оборота за январь 2024 года к суммам в строке "Доходы от онлайн контрольно-кассовой машины" автоматически применяется ставка 4%, но должна быть ставка 2%. Как это исправить

Чтобы налоговая ставка применялась правильно, субъекту предпринимательства необходимо зарегистрировать онлайн-ККТ в соответствии со сферами деятельности и местом расположения согласно статье 467 Налогового кодекса либо зарегистрировать ее заново.

Например, если субъект предпринимательства занимается розничной торговлей, но при регистрации онлайн-ККТ была указана сфера деятельности «общепит», то данное несоответствие следует исправить.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan birgalikda soliq to‘lovchilarga foyda solig‘i bo‘yicha tushuntirishlar beradi

Soliq qoʻmitasi va Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 16-fevral kuni “Foyda solig'i” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari - Irina Podolskaya, Irodaxon Abbosxonova va Natalya Turalinova ishtirok etadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___
#онлайн_семинар

Налоговый комитет совместно с членами Общественного совета предоставит налогоплательщикам разъяснения по налогу на прибыль

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета и Межрегиональной налоговой инспекции по крупным налогоплательщикам состоится 🗓 16 февраля на тему «Налог на прибыль».

В онлайн-семинаре примут участие члены Общественного совета при Налоговом комитете: Ирина Подольская, Иродахон Аббосхонова и Наталья Туралинова.

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads