Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#alkogol #yigim

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran to‘lanadi.

❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi.

Bunda xabarnoma:
▫️joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
▫️joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.

Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.

👉
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatib turiladi.

👉Soliq kodeksi 460-modda

To‘xtatib turilgan yoki tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr
#yer_va_mol_mulk_soligi

Ortiqcha harajatga tushmay desangiz, soliqlarni o'z vaqtida to'lang!

Batafsil:👆 "Ovoza" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

"Soliqlarni to'lash — bu nafaqat Konstitutsiyada belgilangan qonuniy burchimiz, balki halollik va ijtimoiy mas'uliyat yuki hamdir" — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G'aniyev

❗️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-oktabr

sentabr oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

oktabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#onlayn_NKT

Tadbirkorlik subyektlarining savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘rnatilgan onlayn-NKTlari ro‘yxatini qanday ko‘rish mumkin?

1. my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kiriladi.

2. “Xizmatlar” menyusi orqali “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi ma’lumotlari” bo‘limi tanlanadi.

3. “Chek ma’lumotlari” menyusi orqali “Kassalar ro‘yxati va
TXKM almashtirish”
bo‘limiga kiriladi.

4. “Kassalar ro‘yxati” toifasida tadbirkorlik subyektining savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi onlayn-NKTlar ro‘yxati shakllanadi.

5. “Yuklash” tugmasini bosib, onlayn-NKTning Soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yuklab olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Soliq to'lovchilar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga chek taqdim etishi shart.
👉 Soliq kodeksi 22-modda

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil
8 oy davomida onlayn-NKT orqali 560 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 145,3 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019
8 oyda xaridorlarga umumiy qiymati 33,3 trln so‘mlik 902,4 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
Joriy yilning 8 oyi davomida fuqarolar tomonidan chek bermaslik holatlari yuzasidan 79 mingdan ortiq murojaat yuborilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 12-oktabr kuni “Aylanmadan olinadigan soliq hisobotlarini to'ldirish tartibi” mavzusida boʻlib oʻtkaziladi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 12 октября на тему «Порядок заполнения отчетности по налогу с оборота».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#AOS

🗓 15-oktabr dam olish (yakshanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 16-oktabrga ko‘chiriladi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda

Shu bois 2023-yil 16-oktabr - aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni.

📜 Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉AOS hisobotining paket kodi: 10104_30
____________
#налог_с_оборота

🗓 В связи с тем, что 15 октября - выходной день (воскресенье), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 16 октября.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса

16 октября 2023 года – последний день представления отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода.

📜
Инструкция по заполнению отчетности по налогу c оборота

👉Код пакета отчетности по налогу с оборота:
10104_30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#foyda_soligi

🔴 Tashkilotimiz AOSni qatʻiy belgilangan summada toʻlaydi. 10-sentabrdan boshlab QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtdi. Sentabr uchun qatʻiy belgilangan summada AOS toʻlanadimi?

🔵 Soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlashdan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qatʼiy belgilangan summadagi AOS summasi ushbu soliqlarni toʻlashga oʻtish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda toʻlanadi.
👉Soliq kodeksi 470-1-modda

Yaʻni, sentabr oyida qatʻiy belgilangan summada AOS toʻlashdan QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtilganda sentabr oyida qatʻiy belgilangan summada AOS va umumbelgilangan soliqlar toʻlanadi.

Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydi.
👉Soliq kodeksi 470-1-modda

15-oktabr dam olish (yakshanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, sentabr oyi uchun 16-oktabrgacha qatʻiy belgilangan summada AOS toʻlanishi kerak.

Oktabr oyidan boshlab qatʻiy belgilangan summada AOS hisoblanmaydi. Faqat QQS va foyda soligʻi toʻlanadi.
__________
#налог_с_оборота

🔴 Наша организация уплачивает налог с оборота в фиксированной сумме. С 10 сентября мы стали плательщиками НДС и налога на прибыль. Будем ли мы уплачивать налог с оборота в фиксированной сумме за сентябрь?

🔵 При переходе с уплаты налога с оборота в фиксированной сумме на уплату НДС и налога на прибыль в течение налогового периода сумма налога в фиксированной сумме подлежит уплате с учетом последнего календарного месяца, в котором осуществлен переход на уплату этих налогов.
👉ст.470-1 НК

То есть, если Вы перешли с уплаты налога с оборота в фиксированной сумме на уплату НДС и налога на прибыль в сентябре, то за сентябрь уплачивается и налог с оборота в фиксированной сумме, и общеустановленные налоги.

Налогоплательщики налога в фиксированной сумме уплачивают налог ежемесячно равными долями не позднее 15-го числа месяца, следующего за календарным месяцем.
👉ст.470-1 НК

В связи с тем, что 15 октября - выходной день (воскресенье), налог с оборота в фиксированной сумме за сентябрь необходимо уплатить до 16 октября.

Начиная с октября налог с оборота в фиксированной сумме не будет начисляться и Вы будете уплачивать только НДС и налог на прибыль.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#imtiyoz

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasini qanday qo‘llaydi?

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi sohalarda xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlaydi:
▫️ chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
▫️ mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
▫️ avtotransportda yoʻlovchi va yuk tashish;
▫️ transport vositalarini taʻmirlash va texnik xizmat koʻrsatish;
▫️ kompyuter xizmatlari;
▫️ maishiy texnika taʻmirlash;
▫️ agro va veterinariya xizmatlari;
▫️ koʻngilochar markazlarda xizmat koʻrsatish.

❗️Bunda ushbu xizmatlarni koʻrsatishdan olinadigan daromad umumiy daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi lozim.

Agar xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlansa, imtiyoz bekor qilinadi.

Soliq hisobotida imtiyoz qanday qoʻllaniladi?

JShODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining
011-satrida “Ijtimoiy soliq” ustunida Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar summasi (masalan, 1 mln soʻm) koʻrsatiladi.

Hisob-kitobning "Ijtimoiy soliq" ustuni 050-qatorida umumbelgilangan stavka (12%) koʻrsatiladi.

1-ilovaning “Ijtimoiy soliq hisoblanmaydigan toʻlov turlari” 040-qatorida “Normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkalari” boʻyicha imtiyoz belgilanadi:
Soliq kodeksi 20-qism, 483-modda (imtiyoz kodi 104045).

“Imtiyoz summasi” ustunida daromadning umumiy summasi (1 mln soʻm), “Pasaytirilgan stavka boʻyicha soliq summasi” ustunida esa 1% stavka hisobga olingan holda summa koʻrsatiladi (1 mln so‘mdan 1 % = 10 ming soʻm).

Shundan soʻng, Hisob-kitobning "Jami hisobot davrida toʻlanishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq va SHJBPHga badallar summasi" 090-qatorida imtiyozlar hisobga olingan holda soliq summasi aks etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli buxgalterlar!

ACFP - yangi professional tashkiloti moliyaviy mutaxassislar, shu jumladan, buxgalterlar uchun kvalifikatsiyalar-malakalarni ishlab chiqmoqda.

Sizdan oʻzingizga yoqqan kvalifikatsiyalarning nomlanishini va qisqartma shaklini tanlash soʻraladi. Professional kvalifikatsiyaning toʻrtta darajasi nomlari ichidan oʻzingizga yoqqan variantni koʻrsating.

💬 Ovoz berish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM