Andijon viloyati soliq boshqarmasi
838 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.62K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#EHF #QQS

Ulgurji va chakana savdo korxonalari qonunchilikka asosan kirim qilingan tovarlarni EHF asosida realizatsiya qilishi lozim

Elektron hujjat aylanishi operatorlari axborot tizimlarida QQS toʻlovchisi boʻlgan ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faqat EHF asosida kirim qilingan tovarlarga elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi mumkin.

Maʼlumot uchun. Rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish soliq huquqbuzarligi hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 223-modda

Axborot tizimi avtomatik ravishda soliq toʻlovchining ulgurji yoki chakana savdo korxonasi va QQS toʻlovchisi ekanligi tekshiradi.

Bunda soliq toʻlovchilar tomonidan qonunchilikka asosan kirim qilinmagan mahsulotlar uchun EHF rasmiylashtirishda dastur tomonidan avtomatik ravishda xatolik qayd etiladi.

Ya’ni MXIK kodi boʻyicha 2022-yil 1-yanvardan boshlab mahsulot kirim qilinmaganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.

Agar soliq toʻlovchida tovarlar kirim qilinganligini asoslovchi hujjatlar (maʼlumotlar) mavjud boʻlsa, hududiy soliq boshqarmalariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qisqa muddatlarda javob qaytariladi.
______________
#ЭСФ #НДС

Организации в сфере оптовой и розничной торговли должны реализовывать на основании ЭСФ оприходованные в соответствии с законодательством товары

В информационных системах операторов электронного документооборота субъекты предпринимательства, осуществляющие оптовую и розничную торговлю и являющиеся плательщиками НДС, могут оформлять электронный счет-фактуру только за товары, оприходованные на основании ЭСФ.

К сведению. Хранение, использование и реализация неоформленных (неоприходованных) товаров является налоговым правонарушением.
👉ст.223 НК

Информационная система автоматически проверяет, осуществляет ли налогоплательщик оптовую или розничную торговую деятельность и является ли плательщиком НДС.

В этом случае при оформлении налогоплательщиком ЭСФ за неоприходованные в соответствии с законодательством товары программа автоматически отобразит ошибку. То есть сообщит о том, что эти ИКПУ отсутствуют в приходных документах с 1 января 2022 года.

При наличии у налогоплательщиков подтверждающих документов (сведений) рекомендуется обратиться в региональные налоговые управления. Ответы будут предоставлены в кратчайшие сроки после рассмотрения обращения в установленном порядке.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-iyun

may oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5
qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Qonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar soni keskin ko‘paygan

2023-yil 14-iyun kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiev Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yildagi hamda 2023-yilning I-choragidagi ijrosi to‘g‘risida hisobot berdi.

"Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar o‘z natijasini bermoqda. Tadbirkorlar uchun qulay muhit va keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, ayrim turdagi soliq stavkalari pasaytirilganligi, samarasiz soliq imtiyozlari bekor qilinganligi, tadbirkorlarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi, tekshiruvlar kamaytirilganligi tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda.

Hisobot yilining o‘zida 90,2 mingta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, legal faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar soni keskin ko‘paydi. QQS to‘lovchilari 30 mingtaga, foyda solig‘i to‘lovchilari soni 24 mingtaga oshdi. Shuningdek soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish hamda soliq to‘lash madaniyatini oshirish evaziga soliq solish bazasi kengaydi.

Dunyoda yuzaga kelgan murakkab vaziyat, tranzit va logistikadagi muammolar, asosiy iqtisodiy hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlarda iqtisodiy o‘sishning pasayishi kabi holatlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga, shu jumladan budjet ijrosi jarayoniga, pul-kredit, moliya tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

O‘z vaqtida amalga oshirilgan keng ko‘lamli va izchil islohotlar iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. Xususan, 2022-yil yakunlariga ko‘ra, YAIM hajmi 2021-yilga nisbatan 5,7 %ga, iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari bo‘lgan xizmatlar va qurilish sohasi mos ravishda 8,5 va 6,6 %ga o‘sdi.

Davlat budjetining xarajatlari birinchi navbatda ijtimoiy sohani rivojlantirish, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Jumladan, 2022-yilda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 371,4 mlrd so‘m yoki 2021-yilga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p budjet subsidiyalari ajratilgan. Natijada o‘tgan yil yakunida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 22,8 mingtani tashkil etib, unda qamrab olingan bolalarning soni 746 ming nafarga yoki 2021-yilga nisbatan 22 %ga ortishiga erishilgan.

Shuningdek Davlat budjetidan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga biriktirilgan aholi jon boshiga dori va tibbiy buyumlar uchun ajratilgan mablag‘ miqdori o‘rtacha 3 baravarga oshirilib, 2022-yilda 578,1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 35,4 ming nafar fuqaroga zarur asbob-uskunalarni, texnologiyalarni xarid qilish uchun 2022-yilda 168 mlrd so‘m subsidiya ajratilgan.

2022-yilda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tadbirlari uchun Davlat budjetidan jami 6,4 trln so‘m yo‘naltirilganligi deputatlar tomonidan ijobiy baholandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Tadbirkorlarga 372 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan

Joriy yilda ham yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanib
, 2023-yilning I choragida yalpi ichki mahsulot hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 %ga o‘sgan.

Hisobot davrida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida anomal sovuq va energiya inqirozidan talofat ko‘rgan tadbirkorlik subyektlariga 13 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan, 1210 ta tadbirkorning kredit to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik muddatlari uzaytirilgan va ularga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan.

Global miqyosdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq keskinliklar kuzatilayotgan bir vaqtda mamlakatimizda Davlat budjeti barqarorligini ta’minlashga erishilmoqda. Davlat budjeti daromadlari hisobot davrida rejaga nisbatan 102,8%ga yoki 1,3 trln so‘mga oshirib bajarildi.

Iqtisodiyotda soliq yukining pasayganligi evaziga tadbirkorlar faolligining oshishi hamda investitsiyaviy faollikning kuchayishi budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Davlat budjeti ijtimoiy xarajatlarining 93,4 % ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari hissasiga to‘g‘ri kelganligini deputatlar mamlakatimizda ijtimoiy davlat prinsiplariga amal qilinayotganligining namunasi sifatida baholadilar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #e_aktiv

"E-aktiv"dan foydalanish 2024-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda oʻz ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni soliq organlarining “E-aktiv" axborot tizimida ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddati 2024-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi.

👉PQ-192-son 14.06.2023
—————
#новое_в_законодательстве #e_aktiv

Использование системы "E-aktiv" продлевается до 1 апреля 2024 года

До 1 апреля 2024 года
продлен срок действия порядка добровольного отражения всех операций, связанных с учетом хозяйствующими субъектами основных средств, нематериальных активов и товарно-материальных ресурсов, а также формированием и уменьшением их уставного фонда (уставного капитала), в информационной системе налоговых органов "E-aktiv".

👉№ПП-192 от 14.06.2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#yer_soligi

Hujjatsiz yerga 3 baravar stavkada soliq hisoblash to‘xtatiladi

2024-yil 1-iyungacha
yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer soligʻining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi toʻxtatiladi.

👉
PQ-192-son 14.06.2023

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:

🔸jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi (noturar koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno) boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;

🔸oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YTTlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;

🔸xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi uchun qoʻllanilgan jarimalar summasi.

Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

👉
PQ-192-son 14.06.2023

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#JShODS

Daromad soligʻini qaytarib berish tartibi joriy etiladi

2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

🔸har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini taʼminlash;

🔸har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadni MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan (980 ming soʻm) miqdorda belgilash;

🔸issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati boʻyicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

👉
PQ-192-son 14.06.2023

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Fermer xoʻjaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berildi.

👉PQ-192-son 14.06.2023

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#20_ming_tadbirkor_500_ming_malakali_mutaxassis

Andijon viloyati teleradiokompaniyasining «Islohotlar amalda» ko‘rsatuvida «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturida tadbirkorlarga berilgan soliq imtiyozlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi

Batafsil:
👉Youtube orqali ko'ring

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#savol_javob
#YTT

🔴 Yakka tartibdagi tadbirkorlar distribyutor boʻlishi va 5 dan ortiq kontragent bilan hamkorlik qilishi, shuningdek ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanishi mumkinmi?

🔵 Ulgurji savdo bilan faqat yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari shugʻullanishi mumkin.
👉Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom

Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) faqat chakana savdo bilan shugʻullanishi mumkin.
👉 Yuridik shaxs tashkil etmasdan YTT sifatida shuʻullanish mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida tarmoqli marketing — tarmoqli tashkilot tomonidan tovarlarni mustaqil tarqatadigan sotuvchi agentlar tashkil etilishiga asoslangan tovarlarni chakana sotish turi ekanligi belgilab qoʻyilgan.

Oʻz navbatida, ushbu Qoidalarga muvofiq, turgʻun savdo shoxobchalari orqali tovarlarni bevosita sotuvchi, shuningdek uyga buyurtma olish vositasida, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki koʻchada potensial xaridorlar bilan ishlaydigan, daromadi faqat sotuv hajmiga bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxs – yuridik shaxs tashkil etmagan YTT – sotuvchi agent hisoblanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega.
👉VMQ-707-son 22.11.2021

Yuqoridagilardan kelib chiqib YTT quyidagi huhuqlarga ega:
▫️savdo faoliyati doirasida faqat chakana savdoni amalga oshirish;
▫️chakana savdo turi boʻlgan tarmoq marketingi doirasida savdo agenti boʻlish;
▫️5 nafargacha xodimni yollash.

👉Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor boʻlish mumkin?
__________
#вопрос_ответ
#индивидуальный_предприниматель

🔴 Имеют ли право индивидуальные предприниматели быть дистрибьюторами и иметь более 5 контрагентов? Заниматься оптово-розничной торговлей?

🔵 Оптовой торговлей
могут заниматься хозяйствующие субъекты, зарегистрированные в качестве юридических лиц.
👉Положение о порядке осуществления оптовой и розничной торговой деятельности

Индивидуальные предприниматели могут заниматься только розничной торговлей.
👉Перечень видов деятельности, которыми могут заниматься индивидуальные предприниматели без образования юрлица

Вместе с тем, Правилами розничной торговли в Республике Узбекистан установлено, что сетевой маркетинг — это разновидность розничной реализации товаров, основанной на создании сетевой организацией сети сбытовых агентов, распространяющих товары самостоятельно.

В свою очередь, согласно данным Правилам сбытовым агентом являетсяфизическое лицо-индивидуальный предприниматель без образования юридического лица, непосредственно реализующий товары через стационарные торговые точки, а также работающий с потенциальными покупателями посредством принятия заказов на дому, в учреждениях, организациях, предприятиях, транспорте или на улице, доход которого зависит только от объема продаж.

Индивидуальные предприниматели имеют право нанимать до 5 работников.
👉ПКМ от 22.11.2021 №707

Учитывая вышеизложенное:

▫️индивидуальный предприниматель в рамках торговой деятельности вправе осуществлять только розничную торговлю;

▫️индивидуальный предприниматель вправе быть сбытовым агентом в рамках сетевого маркетинга, который является разновидностью розничной торговли;

▫️индивидуальный предприниматель вправе нанимать до 5 работников.

👉Как стать индивидуальным предпринимателем?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
#Izboskan_tumani

Korrupsiyaga qarshi kurashish targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Izboskan tumanida "Biz korrupsiyani birgalikda to'xtatamiz" hamda "Korrupsiya - xavfsizlikka taxdid" mavzusida targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Ushbu targ'ibotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#MXIK

🔴 Dori vositalari identifikatsiya kodlarining toʻliq roʻyxatini qayerdan yuklab olish mumkin?

🔵 Buning uchun tasnif.soliq.uz saytining asosiy sahifasida oynaning pastki qismida joylashgan “Tasniflagich toifalari” bo‘limida “Barcha toifalarni ochish” tugmasi bosiladi.

"Farmatsevtika mahsulotlari" toifasida Excel belgisini bosib farmatsevtika mahsulotlari uchun MXIKlarning to‘liq ro‘yxatini yuklab olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Savol_javob

✍️Foydali qazilmani realizatsiya qilayotganda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun qazib olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan baza hisoblanadi.

Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) o‘zining ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza qazib olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga ishlab chiqarish moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan ijtimoiy soliq summalari, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar kiradi.

Shundan kelib chiqqan holda:

🔹korxona o‘z ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanayotgan ajratib olingan qum-shag‘al aralashmasi qismi bo‘yicha ajratib olingan qazilmaning ishlab chiqarish tannarxiga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinishi lozim;

🔹qazib olingan foydali qazilmalarning sotish uchun mo‘ljallangan qismi bo‘yicha soliq hisobot (soliq) davrida o‘rtacha realizatsiya qilish narxidan hisoblanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|