Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#deklaratsiya

Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani 1-apreldan kechiktirmay taqdim etadi.

Deklaratsiyani https://my3.soliq.uz saytining “Barcha xizmatlar” bo‘limidagi “Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya” elektron xizmati orqali taqdim etiladi.

O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar 2022-yildagi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya maʼlumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan JShODSni joriy yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydi.
Soliq kodeksi 398-modda 1-qismi

🏠Soliq solinadigan daromad turlaridan biri bu mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad hisoblanadi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning 15-kunigacha to‘laydi.
Soliq kodeksi 398-modda 3-qismi

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172.

▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182;

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#deklaratsiya

Norezidentlarning deklaratsiya taqdim etish tartibi

Oʻzbekiston norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlariga
Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq solinadi.
👉Soliq kodeksi 400-modda

Qanday hollarda norezident jismoniy shaxslar soliqni qaytarish huquqiga ega?

🔹xalqaro shartnoma qoʻllash huquqiga ega boʻlgan norezident jismoniy shaxslarning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlaridan soliq ushlab qolingan va toʻlanganda;
👉Soliq kodeksi 401-modda

🔹Soliq davrida Oʻzbekiston rezidenti maqomini olgan soliq toʻlovchi ushbu davrda norezident maqomida toʻlagan soliq summasini qayta hisob-kitob qilish va qaytarib olishga haqli.
👉Soliq kodeksi 391-modda

Soliq summasi qanday qaytariladi?

Soliq toʻlovchi hisobda turgan joyi boʻyicha soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi lozim.
👉Deklaratsiya elektron shaklda qanday yuboriladi?

❗️Deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni - 1 aprel.

Agar xorijlik rezident O‘zbekistonni tark etsa...

Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs soliq solinishi lozim boʻlgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan holda Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketayotgan boʻlsa, u Oʻzbekiston hududida turgan davrda olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani chiqib ketishidan 1 oy avval taqdim etilishi lozim.
👉Soliq kodeksi 397-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

3-aprel - jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni.

👉Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma
👉Norezidentlarning deklaratsiya taqdim etish tartibi
👉Onlayn-seminar: deklaratsiya qanday topshiriladi
__________
#декларация

Уважаемые налогоплательщики❗️

3 апреля - крайний срок подачи физическими лицами декларации о совокупном годовом доходе.

👉Видеоинструкция по подаче налоговой декларации
👉Порядок подачи декларации нерезидентами
👉Онлайн-семинар: как подавать декларацию

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM