Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
65 files
3.57K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash

Komitent o‘z vositachilari – marketpleyslar cheklaridagi noto‘g‘ri MXIKni tuzatishi mumkin

Agar vositachi – marketpleyslarning cheklarida MXIK noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo'lsa, komitent ularga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?

1.Komitent my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirishi kerak.
2.“Xizmatlar” toifasidan “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” bandi tanlanadi.
3. Ochilgan oynaning yuqori satrdan "MXIK noto‘g‘ri cheklar" va pastki qatorda "Marketpleys-vositachi cheklari" tanlanadi.
4. Fiskal modul raqami kiritilib, sana ko‘rsatiladi va "Qidirish" tugmasini bosiladi. Agar fiskal modular raqamlari ochiladigan ro‘yxatda aks ettirilmagan bo‘lsa, u holda komitent my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantiradi.
5. Tuzatilishi lozim bo‘lgan chek tanlanib, "Batafsil" so'ngra "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.
6. Keyingi oynada to‘g‘ri MXIK kiritilib tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi va "Saqlash" tugmasi bosiladi.

❗️Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi”.
👉VMQ-255-son 12.05.2022

Tadbirkorlik subyekt (komitent)lari tomonidan kassa cheklarida MXIKlar notoʻgʻri qoʻllanilishini oldini olish maqsadida cheklarga qoʻyilgan talablarga rioya etish hamda marketpleys (vositachi) larga toʻgʻri MXIKlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys

Marketpleys bu nima?

Marketpleys — bu operator tizimiga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, operatorga taqdim qilgan chek ma’lumotlari asosida onlayn rejimda fiskal belgilarni qabul qiluvchi, cheklarni elektron shaklda xaridorlarga yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi.

👉VM-943-son qarori 1a-ilova
______
#маркетплейс

Что такое маркетплейс?

Маркетплейс - это система осуществления наличных или безналичных денежных расчетов посредством электронных платежных документов с использованием услуг технических средств, информационных технологий и информационных систем, имеющих функцию направления покупателям чеков в электронной форме, обладающая возможностью подключения к системе оператора, принимающая в онлайн режиме фискальные отметки на основании данных чека, представленного оператору.

👉Прил.№1а к ПКМ №943

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #onlayn_NKT

Soliq mobil ilovasida mart oyida 45 mlndan ortiq chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan

2023-yil yanvar-mart oylarida Soliq mobil ilovasida keshbek summasi 343,7 mlrd so‘m bo‘lgan 123,2 mln dona xarid cheki, shundan mart oyida keshbek summasi 125,6 mlrd so‘m bo‘lgan 45,3 mln dona xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mart oyida qaysi korxonalar cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan?

▶️“Anglesey Food” MChJ XK:
2,9 mln ta chek, keshbek summasi 4,2 mlrd so‘m keshbek;
▶️“Havas Food” MChJ QK:
1,6 mln ta chek, keshbek summasi 810,7 mln so‘m keshbek;
⬆️“Darvoza Savdo” MChJ:
497 mingta chek, keshbek summasi 381,2 mln so‘m keshbek;
⬇️“UNG Petro” MChJ:
354,7 mingta chek, keshbek summasi 1,4 mlrd so‘m keshbek;
⬆️“Mak Food Servis” MChJ:
223,4 mingta chek, keshbek summasi 158,8 mln so‘m keshbek;
⬇️“International Foodchain” MChJ:
222,7 mingta chek, 205,5 mln so‘m keshbek;
⬆️“Urban Retail” MChJ:
209,8 mingta chek, 333,2 mln so‘m keshbek;
⬇️“Best Quality Products” MChJ:
200,7 mingta chek, 139,4 mln so‘m keshbek;
"Namangan-Istiqlol Bog’i" MChJ:
157,8 mingta chek, 236,2 mln so‘m keshbek;
⬇️“Grand Pharm Trade” MChJ:
155,8 mingta chek, 505,2 mln so‘m keshbek;
⬇️“Cheese Day” MChJ:
146,8 mingta chek, 115 mln so‘m keshbek;
▶️ “New Retail” MChJ:
105,7 mingta chek, 29,3 mln so‘m keshbek;
⬇️“Nika Farm Servis” MChJ:
100,8 mingta chek, 89,9 mln so‘m keshbek;
⬇️“Xalq Retail” MChJ:
92 mingta chek, 38,6 mln so‘m keshbek;
▶️ “Osiyo Trade Biznes” MChJ:
82,3 mingta chek, 1,3 mlrd so‘m keshbek;
⬇️“Magnum Retail” MChJ XK:
82 mingta chek, 127,6 mln so‘m keshbek;
⬇️ "Angren Charm Invest" MChJ QK:
65,2 mingta chek, 95 mln so‘m keshbek;
⬇️“Ovayxon” XK:
61 mingta chek, 47,8 mln so‘m keshbek;
⬇️“7777 Pharm” MChJ:
54,9 mingta chek, 87,4 mln so‘m keshbek;
⬇️“Intran Servis”MChJ:
51 mingta chek, 106,8 mln so‘m keshbek;

▶️ - reytingda pozitsiyasi saqlanib qolgan
⬆️ - reytingda yuqoriga ko'tarilgan
⬇️ - reytingda pastga tushgan
- reytinga kirgan

- reytingdan chiqib ketganlar – “Balton Trading” MChJ va “Sharqona Yagona Savdo” MCHJ

👉Fevral oyida 40 mlndan ortiq chek roʻyxatdan oʻtkazilgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQ_TAQVIMI_MAY_2023.pdf
182.5 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil may oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на май 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

To‘langan ijtimoiy soliqni ish beruvchilarga qaytarish amaliyoti yana 2 yilga uzaytirildi

🗓 Joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar
ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettiriladi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan...

🔸“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan qoʻy, mol, parranda go‘shti, hamda tuxum va oʻsimlik yogʻini sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS qaytariladi;

🔸Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab jarima miqdorining 15 kun ichida 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi;

🔸budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 %ga oshiriladi.
▫️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHETKM) – oyiga 980 000 so‘m;
▫️bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – oyiga 330 000 so‘m bo‘ladi;

🔸avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralar oʻrnatiladi hamda ular soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi;

🔸paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qiladi;

🔸toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun EHF rasmiylashtiradi;

🔸2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib beriladi;

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Oltinkol_tumani

Oltinko'lning ichki yo‘llari asfaltlashmoqda

O‘z navbatida ko‘p yillar o‘nqur-cho‘nqir bo‘lib, aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan ushbu muammolar bugungi kunda o‘z yechimini topayotganidan aholi juda mamnun bo‘lmoqda.

Prezidentimizning 408-sonli qarori bo'yicha Oltinko'l tumani 4- sektor hudududagi Xondibog'i MFYda uzunligi 5 km bo‘lgan ichki yo'llarda asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

Bunday sa'y- harakatlar natijasida hududlar qiyofasi kundan kunga chiroy ochib, obod mahallalarga aylanib boraveradi. Ana shunday ko'rkam maskanlarda yashash har bir yurtdoshimizga yarashadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Joriy yilning I choragida quyidagi sohalar bo‘yicha TOP-20 yirik soliq to‘lovchilar:

👉 ishlab chiqarish
👉 qurilish
👉 savdo
👉 umumiy ovqatlanish
👉 xizmat ko‘rsatish
________
#цифровизация #налоговые_поступления

ТОП-20 крупных налогоплательщиков в I квартале этого года в сфере:

👉 производства
👉 строительства
👉 торговли
👉 общественного питания
👉 обслуживания

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

✍️O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.

Soliq kodeksining 282-moddasida ko‘rsatilgan elektron shakldagi xizmatlar O‘zbekistonda bo‘lgan yoki uning hududida faoliyat yuritadigan shaxslar tomonidan xarid qilinadi.

Elektron kitoblardan (nashrlardan) va boshqa elektron nashrlardan, axborot, ta’limga oid materiallardan, grafik tasvirlardan, matnli yoki matnsiz musiqa asarlaridan, audiovizual asarlardan foydalanish huquqini Internet tarmog‘i orqali, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali ko‘rib chiqish yoki eshitish uchun ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yo‘li bilan taqdim etish elektron xizmatlar jumlasiga kiradi.

Agar bunday xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslariga va O‘zbekistonda faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan bo‘lsa, bunday xizmatlarning xaridorlari soliq agentlari deb e’tirof etiladi. Ya’ni korxonangiz soliq agenti hisoblanib, norezidentning daromadlaridan qo‘shilgan qiymat solig‘ini ushlab qolishi va byudjetga to‘lashi lozim. Agar kontraktlarning (invoys) shartlariga muvofiq xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmasdan taqdim etilsa, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va byudjetga o‘tkazishi shart.

Xizmatlar ko‘rsatish dalilini dalolatnoma bilan rasmiylashtirish lozim. Bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) dalolatnomasi imzolangan sana xizmatlar ko‘rsatish sanasi hisoblanadi. Tegishli ravishda, ushbu sanada soliq to‘lash majburiyati yuzaga keladi. Shuningdek bir tomonlama EHF rasmiylashtirilishi zarur bo‘ladi.

Mazkur holatda foyda solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga kelmaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Mahsulot uchun to‘lov QR-kod yoki “Joylarda toʻlov” orqali amalga oshirilganda sotuvchilar onlayn-NKTlarining "Elektron to‘lov" funksiyasidan foydalanishi lozim.

👉Batafsil videoqo‘llanmada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM, virtual kassa yoki marketpleys cheklari ma'lumotlarida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
👉 VMQ-943 1-ilova 23.11.2019-yil

🌐my3.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “Yuridik va jismoniy shaxslarning onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari” sahifasidan tegishli chek tanlanib "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot miqdori;
– summasi;
– QQS;
– mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi;
– to'lov usuli (naqd pul yoki bank karta).

Shundan so‘ng tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?

👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

👉Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #onlayn_NKT

Joriy yilning 4 oyi uchun:

👉оnlayn-NKT orqali tovarlarni sotish hajmi 64 trln so'mdan oshdi

👉 iste'molchilarga 418 mlndan ortiq elektron chek berilgan
___________

#цифровизация #онлайн_ККТ

За 4 месяца этого года:

👉объем реализации товаров через онлайн-ККТ превысил 64 трлн сумов

👉потребителям выдано свыше 418 млн электронных чеков

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM