Andijon viloyati soliq boshqarmasi
850 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.81K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#keshbek

Yanvar oyi uchun keshbek summalari tasdiqlanyapti

Keshbek summalari to'liq tasdiqlangach, fevral oyining 25-sanasidan keyin bank kartangizga o'tkazib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

Buning uchun:

📱Face ID bo'limiga kiring;
🪪jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) ko‘rsating;
👨 yuzingizni to'liq suratga oling va tasdiqlashga yuboring.

✔️Muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan so'ng shaxsingiz tasdiqlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#keshbek

Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun Soliq (Android/iOS) mobil ilovasining bosh sahifasida "To'lovga tasdiqlangan" bo'limiga kiriladi. Keyin, kerakli oy tanlanadi. Oynada shu oyda ro'yxatdan o'tgan barcha cheklar aks etadi.

🔻Keshbek tasdiqlanmagan cheklar qizil belgi bilan ajratiladi. U bosilganda chek holati, jo'natilgan sana va fiskal ID bilan birga keshbekni rad etish sababi ko'rsatiladi.

"Batafsil" tugmasi orqali chek haqida umumiy va qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

“Qo‘shimcha ma’lumotlar” oynasi keshbek tasdiqlashning bosqichma-bosqich tartibini o‘z ichiga oladi.

bu belgi tasdiqlash bosqich muvaffaqiyatli o'tganligini bildiradi
bu belgi ushbu bosqichda xatolar aniqlanganini bildiradi

Tasdiqlangan keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Andijon tumani 4-sektor rahbari boshchiligida qizil toifada turuvchi hududlardagi yoshlarni murojaatini o’rganish va ularga belgilangan tartibda yordamlar ko‘rsatish ishlari bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan, nogironligi bor 50 nafar yoshlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Yanvar oyida yig‘ilgan keshbeklar 97 mlrd so‘m bo‘ldi

Yanvar oyida qariyb 2 mln nafar iste'molchiga 97 mlrd soʻm keshbek hisoblangan boʻlib, ayni paytda 1,7 mln nafarga yaqin iste'molchiga 65,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. (2022-yil yanvar oyi uchun 114 ming nafardan ortiq iste'molchiga 15,8 mlrd to‘langan)

📈Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 890 mlrd so‘mdan oshdi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

🔸soliq hisobotlari topshirilishi;
🔸hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
🔸soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

🙎🏻‍♂️Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

💳Keshbekni bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#markirovka

Orfan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash

2023-yil 1-martdan boshlab kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar raqamli markirovkalanadi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, 2023-yil 1-martga qadar aylanmaga kiritilgan orfan dori vositalari ulgurji (diller) va chakana savdo (dorixona) korxonalari tomonidan 3 yil davomida raqamli markirovkasiz sotilishi mumkin.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va respublikaga olib kiruvchi korxonalar tomonidan har bir dona orfan dori vositalari
DataMatrix-kodi yordamida raqamli markirovkalanadi hamda aylanmaga (sotuvga) kiritiladi.

Mazkur mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini buyurtma qilish uchun korxonalar “Asl belgisi” axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tishi talab qilinadi.

👉 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilindi

👉 Hammasi raqamli markirovka haqida

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 100 tadan ortdi

🖊Prezident qarori bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari 19 taga ko‘paydi

1. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish
2. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash
3. Atlas-adras toʻqish
4. Mayda munchoq (biser) tikish
5. Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
6. Temirchilik mahsulotlari uy sharoitida tayyorlash
7. Asalarichilik, shuningdek asalari uyasi va ramkalarini yasash
8. Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish
9. Qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
10. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
11. Qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash
12. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
13. Tayyor mahsulotga etiketga biriktirish
14. Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish
15. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash
16. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash
17. Milliy taqinchoqlar tayyorlash
18. Kandakorlik, misgarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
19. Dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash

Shuningdek, Prezident qarori bilan 01.03.2023-yildan 01.01.2026-yilgacha 3 oydan koʻp 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan koʻpni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔸foyda va AOSning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;
🔸ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;
🔸davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi.

👉Ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Soliq mobil ilovasi: FACE ID – xavfsizlik kafolati

Soliq organlari chekni ro‘yxatdan o‘tkazayotgan shaxsni aniqlash maqsadida, u tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olish uchun maxsus mobil ilova orqali onlayn nazorat-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) ko‘rsatishni talab qilishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #onlayn_NKT

Qaysi korxonalar cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan?

🗓O‘tgan oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali 37,2 mln ta, keshbek summasi 105 mlrd soʻm bo‘lgan xarid cheklari roʻyxatdan o‘tkazilgan.

Yanvar oyida cheklari eng koʻp roʻyxatdan o‘tkazilgan korxonalar:

1️⃣ “Anglesey Food” MCHJ – 2,6 mln ta chek, keshbek summasi 3,7 mlrd soʻm;
2️⃣ “Havas Food” MChJ QK – 1,3 mln ta, keshbek summasi 703,1 mln soʻm;
3️⃣“UNG Petro” MChJ – 594,5 ming ta chek, keshbek summasi 2,7 mlrd soʻm;
4️⃣“Darvoza Savdo” MChJ – 514,4 ming ta chek, keshbek summasi 409,5 mln soʻm;
5️⃣“International Foodchain” MChJ – 200,2 ming ta chek, keshbek summasi 195,1 mln soʻm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek: kimlar shubhali xaridor hisoblanadi?

Shubhali xaridorlar –
keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:

▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.

Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.

Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.

Shubhali xaridorlar reestridan qachon chiqariladi?

🔸Soliq organiga keshbek olish huquqi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki sud qarorini taqdim etganda;

🔸Shubhali xaridorlar reestrga kiritilgan kundan boshlab o‘n ikki kalendar oy o‘tganidan keyin.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Andijon_shahar

Andijon shahar 4-sektor hududidagi "Ayollar" va "Yoshlar" daftaridagi 69 nafar xotin-qizlarga 115 dona zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya

🖊Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarda adolatli soliq siyosatiga alohida e'tibor qaratilgan

📖Yangilanayotgan Qomusimizning 51-moddasida soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi, fuqarolarning konstitutsion huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasligi kerakligi belgilanmoqda.

👉Tuman va shaharlar toifalarga ajratilib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari va subsidiyalar berildi

👉AOS boʻyicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

👉Tadbirkorlik subyektlari mezonlar asosida toifalarga ajratiladi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_qarzi

🔹Tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.

🔹 Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatiladi.

👩🏻‍💻 Bu imkoniyatdan foydalanish uchin shaxsiy kabinetdan murojaat yuboriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Президент қарори билан жорий этилган ва 2022 йил 10 декабрдан бошлаб амал қилаётган АИ-80 русумли автобензин учун акциз солиғини “ноль” ставкада қўллашнинг амал қилиш муддати эртага, 2023 йил 1 март куни якунига етиши керак эди.

Давлатимиз раҳбари томонидан бугун имзоланган қарорга мувофиқ, истеъмолчиларнинг нефть маҳсулотларига бўлган талабини қондириш ҳамда нархлар барқарорлигини таъминлаш мақсадида импорт қилинадиган, маҳаллий корхоналар томонидан ишлаб чиқариладиган ва тадбиркорлик субъектлари томонидан якуний истеъмолчиларга сотиладиган АИ-80 русумли автобензин маҳсулоти учун акциз солиғини “ноль” ставкада қўллаш муддати 2023 йил 31 декабрга қадар узайтирилди.

Завтра, 1 марта 2023 года должен был истечь срок действия введенной постановлением Президента с 10 декабря 2022 года нулевой ставки акцизного налога к автобензину марки АИ-80.

В соответствии с постановлением, подписанным главой государства сегодня, в целях удовлетворения потребности на нефтепродукты и обеспечения стабильности цен, применение нулевой ставки акцизного налога к автобензину марки АИ-80, импортируемому, производимому отечественными предприятиями и реализуемому субъектами предпринимательства конечным потребителям, продлено до 31 декабря 2023 года.

Facebook|Instagram|Twitter
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Fiskal tahlillar ma'lumotlari 100 dan oshdi

Soliq qo‘mitasi soliq organlari faoliyatiga doir ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborotlarni muntazam eʼlon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan edi, bugungi kun holatiga ushbu maʼlumotlar soni 100 taga yetdi.

Maʼlumotlar har oyda davriy ravishda eʼlon qilinib, ular jamoatchilikka soliq maʼmurchiligining strukturasi va dinamikasini ko‘rish, ularning ijobiy va salbiy tendensiyalarini kuzatib borish imkonini beryapti.

Xususan, bugun ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan "YANDEX" va O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan boshqa horijiy kompaniyalar to‘lagan soliqlar bo‘yicha ham maʼlumotlar eʼlon qilinganini maʼlum qilamiz.

Shuningdek, “YANDEX EUROPE AG” korxonasiga tegishli “Яндекс GO” mobil ilovasi yordamida taksi faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar ushbu ilovaga Toshkent shahar Yunusobod tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan “Yandexgo UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati (STIR 309457999) orqali a’zo bo‘lmoqda.

Ushbu korxona tomonidan o‘tgan 2022-yil yakunlari bo‘yicha budjetga 138,3 mln so‘m hamda 2023-yilning o‘tgan oylarida 54,3 mln so‘m soliqlar to‘langan.

OAV va ijtimoiy tarmoq faollari o‘zlarini qiziqtirgan raqamlarni fiskal tahlillar kanali orqali istagan vaqtlarda bilib olishlari mumkin.

👉 Fiskal tahlillar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kalendar_mart_2023_yil.pdf
259.4 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil mart oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на март 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 1-mart

2022-yil uchun:

- foyda solig‘i bo‘yicha soliq davri yakunlari yuzasidan soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi beshinchi qismi va 440-moddasi beshinchi qismi);

- mol-mulk solig‘i hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi ikkinchi va sakkizinchi qismi);

- suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan (bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno) soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 447-moddasi uchinchi qismi va 448-moddasi beshinchi qismi);

- foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-(prim 7)moddasi ikkinchi va uchunchi qismi);

- xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 480-moddasi birinchi qismi).
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️1 марта 2023 года последний день

за 2022 год:

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу на прибыль по итогам налогового периода
(часть пятая статьи 339 Налогового кодекса);

- представления в налоговый орган по месту налогового учета налоговой отчетности и уплаты по налогу на имущество по итогам налогового периода
(части вторая и восьмая статьи 417 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу за пользование водными ресурсами по месту водопользования или водопотребления юридическими лицами Республики Узбекистан (за исключением сельскохозяйственных предприятий)
(часть третья статьи 447 и часть пятая статьи 448 Налогового кодекса);


- уплаты и представления налоговой отчетности по специальному рентному налогу на добычу полезных ископаемых в налоговый орган по месту налогового учета
(части вторая и третья статьи 454 (прим 7) Налогового кодекса);

- исчисления, представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль нотариусами, занимающимися частной практикой
(часть первая статьи 480 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter