Andijon viloyati soliq boshqarmasi
844 subscribers
4.21K photos
1.02K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#sektor_faoliyati
#Jalaquduq_tumani

Mahallalarda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi va ularga ko'maklashildi.

Jalaquduq tumani 4-sektor hududidagi Tuyalas MFYda yashovchi 2-guruh nogironi D.Toshatovaga xassa va Do‘stlik MFYda yashovchi Sh.Shamshatov, Ko‘tarma MFYda yashovchi 2-guruh nogironi A.Xolmatov hamda Tuyalas MFYda yashovchi 2017-yilda tug‘ilgan I.Muxtorjonovga sektor rahbari tashabbusi va homiyligi bilan hamda tuman ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash bo’limi tomonidan nogironlik aravasi berilib, holidan xabar olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Jalaquduq_tumani

Sayyor qabullar har bir tumanda tashkil etilmoqda

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida viloyat 4-sektor tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, murojaatlari bilan kelgan barcha aholi vakillari bilan bilan yuzma-yuz suhbatlar olib borildi.

Fuqarolar tomonidan qabul davomida ko‘tarilgan masalalar yechimini kutayotgan muammolarga sohalar bo‘yicha viloyat va tuman tashkilotlari mutasaddi rahbarlari ishtirokida ijobiy yechim izlandi.

Moddiy yordamga muxtoj aholi vakillariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Qish qirovli kunlar boshlanayotgani bois, asosan yo‘llarning ta’mir talabligi, elektr transformatorlarining nosozligi bo‘yicha qilingan murojaatlar viloyat avtoyo‘l hamda elektr tarmoqlari korxonalari mutasaddilari tomonidan bartaraf etilish qat’iy nazoratga olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Jalaquduq_tumani

4-SEKTOR HUDUDLARIDA KUZ-QISH MAVSUMI BO‘YICHA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Jumladan, Jalaquduq tuman DSI boshlig‘I, 4-sektor rahbari B.Zulunov hududdagi ijtimoiy soha obektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvolini o‘rgandi.

Shuningdek, "SOFT textile XXI" xususiy korxonasi, 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi va Janubiy Olamushuk oilaviy tibbiyot birlashmasi, Yuqumli kasalliklar binosi COVID markazilariga borib u joydagi isitish tizimini, ko‘mir zahira omborlarini hamda qozonxonalarni ishlash holatlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolardan biri bo‘lgan ijtimoiy soha obyektlari yoqilg’I bilan ishlaydigan dvigatellar bilan ta’minlandi. Qo‘shimcha vaqt talab etiladigan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Jalaquduq_tumani

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

Soliq tizimida korrupsion holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar Jalaquduq tumanida ham davom ettirildi.

Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimi Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashdi.

Tadbirda xodimlarga oson yoʻl bilan daromad orttirish yoki oʻzlariga bildirilgan ishonchni suisteʼmol qilgan holda korrupsiyaga qoʻl urishning zararli oqibatlari va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Albatta, tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvlar davlatimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etadigan soliq tizimida korrupsion holatlarning kelib chiqishini oldini olishida xizmat qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sahovat_va_komak
#Qorgontepa_tumani
#Jalaquduq_tumani

Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan oilalarni qo'llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma'naviy ko'mak berish qadriyatga aylanib ulgurgan.

Ushbu tadbirlarga Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy inspeksiyalari ham o'z hissasini qo'shmoqda.

Xususan, Qo'rg'ontepa va Jalaquduq tumanlari 4-sektori hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, ularning farzandlariga qishki kiyimlar hamda ko'mir tarqatildi.

Albatta, amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar insonparvarlikning yana bir ko'rinishi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|