Andijon viloyati soliq boshqarmasi
841 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#8_dekabr

Konstitutsiyamiz - baxtimiz qomusi

8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi
munosabati bilan Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida tadbir tashkil etildi.

Unda soliq boshqarmasi hamda tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalarining fidoiy xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘z olganlar ishtirokchilarni bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etdilar.

Shundan so‘ng, bir guruh soha xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 30 yilligi esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida viloyatdagi san'at maktablarida taxsil olayotgan yosh san'atkorlar tomonidan bayramona ko‘tarinki kuy navolar ijro etildi.

Albatta mamlakatimizning bosh qomusi bo‘lgan konstitutsiyamizning 30 yilligi shodiyonalari barcha mehnat jamoalarida bo‘lgani kabi viloyat soliq boshqarmasi hamda uning shahar va tuman inspeksiyalarida ham mana shunday bayramona ko‘tarinki ruxda munosib nishonlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiya - xavfsizlikka taxdid

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
munosabati bilan Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasida inspeksiya xodimlari ishtirokida muloqot tashkil etildi.

Unda viloyat davlat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari, shuningdek hamkor huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda so‘z olganlar jamiyat taraqqiyotining kushandasi bo‘lgan korrupsiyaning ayanchli oqibatlari, uning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

Korrupsiyani oldini olish borasida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan xodimlar o‘rtasida ta’magirlikka yo‘l qo‘yilishining barvaqt oldini olish maqsadida xodimlarning moddiy ta’minotini yanada yaxshilash, xususan, oylik maoshiga qo‘shimcha ravishda tushlik va yo‘l haqi pullari hamda choraklik mukofotlar berib kelinayotganligi, shuningdek, har bir hududda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘tkazilgan profilaktik suhbatlarda bu illatning oqibatlari hamda bugungi kundagi soliq xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar xaqida atroflicha so‘z yuritildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#madhiya

1992-yil 10-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Bugun, milliy o‘zligimiz, xalqimizning asriy orzulari, buguni va kelajagi aks etgan davlatimiz madhiyasi qabul qilinganiga 30 yil to'ldi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash har birimizning vatanparvarlik burchimizdir.

Davlat soliq qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etadi❗️

Vatanimiz hurligi, kuch-qudrati va buyuk kelajagimizni madh etuvchi bu ohang toabad baralla yangrasin!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter