Andijon viloyati soliq boshqarmasi
866 subscribers
4.26K photos
1.04K videos
73 files
3.66K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#mobil_ilova #keshbek

Keshbek tasdiqlash tartibi

Soliq mobil ilovasining
yangilangan interfeysida (Android / iOS / Harmony OS) ro'yxatga olingan kassa cheklari ma'lumotlari detallashtirilgan.

Mening cheklarim bo‘limida "Umumiy ma'lumotlar" keshbek mablag'larini tasdiqlash tartibi to'g'risidagi "Qo‘shimcha ma'lumotlar" bilan to'ldirilgan.

Bunda keshbekni tasdiqlash uchun quyidagilar inobatga olinadi:

▫️chekning soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjudligi;
▫️chekdagi ma’lumotlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
▫️*tadbirkorlik subyektining holati, ya'ni -
soliq hisoboti taqdim etganligi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilganligi;
soliq qarzi to'langanligi.

– keshbek to‘liq tasdiqlansa 🟢 yashil rangda aks etadi.

"Tasdiqlanish jarayonida" holati, ya'ni 🔵 ko‘k rang *tadbirkorlik subyekti holatini tuzatish zarurligini bildiradi. Ular bartaraf etilishi bilan keshbek summasi tasdiqlanadi va uni biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Keshbek qachon tasdiqlanadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sorovnoma

Bugun barcha sohalarda bo’lgani kabi davlat soliq xizmatida ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Davlat soliq qo’mitasining telegramda @dsq_anticorrupciya_bot tashkil etilgan.

Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ushbu bot haqida ma’lumotga egami va unga qanday murojaat qilish tartibini biladilarmi?

Ana shu savollarga oydinlik kiritish maqsadida tadbirkorlar o’rtasida ijtimoiy so’rovnoma o’tkazildi.

So’rovnoma davomida tadbirkorlarga ushbu bot orqali, Davlat soliq qo'mitasining 1198 hamda viloyat davlat soliq boshqarmasining
📞(74) 223-95-23; (74) 223-95-22 “Ishonch telefoni” orqali murojaat yo’llash bo’yicha tushuncha va tavsiyalar berib o’tildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Buloqboshi_tumani

Andijon viloyati 4-sektorga biriktirilgan hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Buloqboshi tumanida tashkil etildi.

Unda viloyat 4-sektor rahbari, viloyat va tuman tashkilotlari mutassaddilari hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etdilar. Aholi tomonidan murojaat qilingan masalalar joyning o‘zida mutasaddilar ishtirokida ijobiy hal etildi.

Jumladan, ish bilan ta’minlash bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlandilar. Sog‘lig‘idan shikoyati bor fuqarolarga tibbiyot muassalarida bepul davolanishlari bo‘yicha yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, uy sharoitida pishiriqlar tayyolash hamda tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan hudud xotin-qizlariga zamonaviy pechlar va tikuv mashinalari topshirildi. Boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy ko‘makka muxtoj yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu ko‘rsatma va topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi sektor rahbari tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Seminar

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarda soliq qonunchiligiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilgan soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida seminarlar o‘tkaziladi

2022-yil 28-noyabr

🕰soat 10:00 da
🏢Andijon viloyati davlat soliq bosharmasi majlislar zalida

🕰soat 15:00 da
🏢Andijon tumani hokimligi majlislar zalida

2022-yil 29-noyabr

🕰soat 10:00 da
Buloqboshi tumani hokimligi majlislar zalida

🕰soat 15:00 da
🏢Marhamat tumani hokimligi majlislar zalida

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#fiskal_institut

Talabalar uchun soliq tizimi rivoji va soliq qonunchiligi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

Fiskal institut
mamlakatimiz soliq sohasidagi tayanch bo‘g‘in hisoblanadi. Shu boisdan, institut talabalarga sohaga oid bilim va soliq ma'murchiligidagi yangiliklarni mutaxassislar ishtirokidagi mahorat darslari orqali muntazam ravishda yetkazib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Jiroy yilning 26-noyabr kuni ana shunday darslarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilma rahbarlari “Soliq tizimini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi istiqbollar” va “Soliq qonunchiligi tushunchasi, turlari va soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt boʻyicha amal qilishi” mavzularida ma’ruza qildi.

Bunda talabalar toʻgʻridan-toʻgʻri DSQ mutaxassislaridan kerakli koʻnikmalarni egallab, bilimlarini yanada oshirib kelmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#MXIK

Umumiy ovqatlanish shaxobchalari uchun MXIK larning ro‘yxati soddalashtirildi

Endilikda umumiy ovqatlanish shaxobchalari uchun barcha kodlar alohida sinflarga ajratilib, 3 asosiy guruhga bo‘lingan:

▫️“Umumiy ovqatlanish taomnomasi” – 10202001
▫️“Umumiy ovqatlanish shaxobchalaridagi boshqa xizmatlar” – 10202002
▫️ “Oziqlantirishni tashkil etish (keytering), umumiy ovqatlanish shaxobchalari va banket zallarida boshqa tadbirlarni tashkil etish xizmatlari" – 10202003.

Batafsil 👉 https://tasnif.soliq.uz/news-view/43
_____________________
#ИКПУ

Усовершенствован перечень кодов ИКПУ для заведений общественного питания

Теперь все коды для заведений общественного питания выведены в отдельные классы и разделены на 3 основные группы:

▫️«Меню общественного питания» - 10202001
▫️ «Прочие услуги в заведениях общественного питания» – 10202002
▫️«Услуги по организации питания (кейтеринг) и других мероприятий в заведениях общественного питания и банкетных залах» – 10202003.

Подробнее 👉 https://tasnif.soliq.uz/news-view/43

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter