Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#soliqchi_komakchi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan sektor rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etildi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

49 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzi avtomatik o‘tkazish yo‘li bilan to‘landi
2022-yil 1-maydan boshlab yuridik shaxslar uchun ortiqcha to‘langan soliq summasini boshqa soliq bo‘yicha qarzini qoplash evaziga hisobga olish avtomatlashtirildi (QQS, JShODS, ijtimoiy soliqdan tashqari).
Endilikda soliq to‘lovchining bir turdagi soliq qarzi va boshqa turdagi soliqdan ortiqcha to‘lovi yuzaga kelgan kunning ertasiga avtomatik tizim hisobga olish haqida xulosa shakllantirib, tuman G‘aznachilik bo‘limlariga 1-5 kungacha muddatda ijro etish uchun yuboradi.
Bu haqda soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti orqali xabardor etiladi.
Yangi xizmat yordamida joriy yil may oyida 127 mingdan ortiq yuridik shaxs 49,3 mlrd soʻmlik soliq majburiyatlarini bajardi.
Ayni paytda yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun boshqa soliqlar bo‘yicha ham ushbu jarayonni avtomatlashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
👉Soliq kodeksiga muvofiq ortiqcha to'langan soliq summasini hisobga olish tartibi

Zamonaviy suv hisoblagich xaridi uchun soliq imtiyozi beriladi
2023-yil 1-yanvardan – yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi.
Bunda – masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta zamonaviy suv hisoblagich uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan AOS yoxud YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi.
2024-yil 1-yanvardan bunday suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.
👉PQ-257-son 24.05.2022-yil

#korrupsiya
Davlat soliq qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurash targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish аgentligi kabi qator hamkor idora va tashkilotlarning mutasaddi vakillari ishtirok etdi.
🎥 Targ‘ibot tadbiri avvalida korrupsion holatlarni sodir etish va uning salbiy oqibatlari haqida hikoya qiluvchi “Xiyonat” nomli videofilm namoyish etildi.
❗️So‘zga chiqqanlar korrupsiya — millatni, mamlakatni parokandalikka boshlovchi illat ekanligiga, har qanday jinoyat jazosiz qolmasligiga alohida urg‘u berishdi. Korrupsiyaga qarshi kurash bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi bejiz emasligi ta’kidlandi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Marhamat_tumani
Aholi murojaatlariga yechim topilmoqda
Batafsil: 👆"Yangiliklar 24" informatsion dasturida
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Marhamat_tumani
Aholi murojaatlariga yechim topilmoqda
Batafsil: 👆"Yangiliklar 24" informatsion dasturida
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar
Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan xatoliklar
Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan holatlardan biri – AOS hisobotining jami daromadlar tarkibidagi summalarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holatidir.
Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – soliq to‘lovchilar tomonidan aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 040-satrida aks ettirilgan daromadlar summasi ortib boruvchi yakun bilan shakllantirilishi lozim.
Ma’lumot uchun: ushbu holat bo‘yicha 2021-yilda 194 ta tashkilot soliq hisobotida jami 665,5 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.
👉AOS hisobotida valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy va salbiy kurs farqi qanday aks ettiriladi?
👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida salbiy kurs farqidan olingan zarar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish
👉aksiz solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalarini hisobotlarda noto‘g‘ri aks ettirish
👉QQS to‘lovchilari tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmat) uchun onlayn-NKM orqali chop etilgan cheklarda QQS summasini aks ettirmaslik
👉QQS hisobotida soliq solinadigan bazaga kiritiladigan aksiz solig‘i summasi hamda ushbu davr mobaynida to‘langan aksiz solig‘i summasi o‘rtasidagi tafovutlar
👉moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va QQS hisobotida aks ettirilgan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishdan sof tushum ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar
👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida Soliq kodeksining 314-moddasi bo‘yicha QQSga doir xarajatlar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish
👉sug‘urta tashkilotlari tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromad summalari noto‘g‘ri aks ettirish
👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etishda salbiy kurs o‘zgarishidan olingan daromad summasi noto‘g‘ri aks ettirish

#Soliqchi_komakchi
Tadbirkorlik subyektlari uchun seminar tashkil etildi.
Navbatdagi ana shunday seminar viloyat davlat soliq boshqarmasida tashkil etilib, unda viloyatda faoliyat olib borayotgan eng yirik tadbirkorlik subyektlarining vakillari ishtirok etdilar.
Seminarda, Tovar transport yuk xatlarini IT orqali elektron ko’rinishda rasmiylashtirish tartibi bo’yicha yig’ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berib o’tildi.
O’z o’rnida seminar ishtirokchilari ham tashkil etilayotgan bunday uchrashuv muloqotlar ularning faoliyatida dasturi amal bo’ladigan ma’lumotlarni olishi uchun xizmat qilayotganini ta’kidladilar.
Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, ularni tizimdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish hamda savollariga atroflicha javob berish maqsadida tashkil etilayotgan bunday ochiq muloqotlar joylarda davom etmoqda.