Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahridagi “Uzum bozor” savdo majmuasi bo’yicha qilingan murojaat yuzasidan Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 666-sonli “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlangan.

Ushbu qarorga asosan,

🔷 davlat soliq xizmati organlariga foydalanilmayotgan obyektlarning hisobini yuritish;

🔷 foydalanilmayotgan obyektlarni xo‘jalik faoliyatiga jalb qilishni jadallashtirish maqsadida oshirilgan stavkalarda soliq hisoblash. Bunda foydalanilmayotgan obyekt mulkdori — yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda mulkdor deb ataladi) tomonidan e’tiroz bildirilgan, shuningdek, obyektga kirish imkoni bo‘lmagan hollarda ta’sirchan soliq mexanizmi 1-ishchi guruhining xulosasi asosida qo‘llaniladi;

🔷 davlat soliq xizmati organlari tomonidan mustaqil tuzilgan xulosalar hamda 1-ishchi guruhining foydalanilmayotgan obyektlarga ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash bo‘yicha xulosasi davlat soliq xizmati organlarining foydalanilmayotgan obyekt mulkdoriga nisbatan ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llashi uchun asos bo‘ladi. Bunda mulkdorlar belgilangan shakldagi soliq hisob-kitoblarini taqdim etmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan mol-mulk va yer soliqlari oshirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi;

🔷 foydalanilmayotgan obyekt begonalashtirilganda, ushbu obyekt mulkdoriga nisbatan 1-ishchi guruhining xulosasi asosida qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi yangi mulkdorga nisbatan ham qo‘llaniladi;

🔷 foydalanilmayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatiga jalb etilganda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hisoblangan soliq summalari xo‘jalik faoliyatiga jalb etilgan obyekt mulkdoriga tegishli miqdorda qaytariladi. Bunda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida to‘langan soliq summasini qaytarish 2-ishchi guruhining xulosasi asosida oxirgi 12 oy uchun tatbiq etiladi.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
(Soliq kodeksi 138-modda)

Tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilmoqda. Bu esa ularda o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri –
soliq to‘lovchilar tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida salbiy kurs farqidan olingan zarar summalarini noto‘g‘ri aks ettirishdir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 200-satri 6-ustunida aks ettirilgan summalarni foyda solig‘i hisobotining Xarajatlar ilovasi (2-ilova) 0115-satrida to‘g‘ri aks ettirish lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 2 727 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 1 trln so‘mdan ortiq miqdordagi tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iste'molchilarga yil boshidan to‘langan keshbek 72 mlrd so‘mdan oshdi

Joriy yil 29-aprel - 6-may kunlari o‘rganish natijalaridan kelib chiqib yanvar-mart oylari uchun yana 4,2 mlrd so‘m keshbek iste'molchilarga to‘lab berildi.
Natijada yil boshidan to‘langan summa 72,3 mlrd so‘mga yetdi.

🧾Keshbek olish uchun chek qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
📲"keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

☝️Eslatib o‘tamiz, aprelda yig‘ilgan keshbek summasi 21-25-mayda isteʼmolchilarga to‘lab beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonun_loyihasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Loyiha muhokamasi joriy yil 14-maygacha davom etadi.

👉Batafsil
__________
#законопроект

На портале обсуждения проектов нормативно-правовых актов размещен проект документа «О признании утратившими силу отдельных ведомственных нормативно-правовых актов, принятых Государственным налоговым комитетом Республики Узбекистан».

Обсуждение проекта продлится до 14 мая текущего года.

👉Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#korrupsiya

Korrupsiyani faqat birgalikda to'xtatamiz

Bugun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hukumat siyosatining ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi soliq tizimi xizmatchilarining o‘z vazifalariga mas'uliyat bilan vijdonan yondoshishi, oson va mo'may daromad topish ilinjida qing'ir yo‘llarga kirib qolmasliklarini oldini olish borasida respublikaninng barcha ommaviy axborot vositalarida targ'ibot-tashviqot materiallari uzluksiz berib borilyapti. Joylarda korrupsiyani oldini olish, uning manbalariga qarshi kurashishga bag'ishlangan yig‘ilish, uchrashuv muloqotlar tashkil etilmoqda.

Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasida ham soha xodimlari ishtirokida yigilish tashkil etildi. Tadbirda so‘z olganlar ham masalaning ana shu jihatlarini alohida e'tirof etdilar.

Soliq organi xodimining xalol bo‘lishi, o‘z kasbiga vijdonan va mas'uliyatli yondoshishi, qing'ir yo‘llar bilan daromad topishga urinmasligi, bu uning tizimida uzoq yillar mehnat qilib muvaffaqqiyatlarni qo‘lga kiritishiga, jamoadoshlari va albatta xalqimiz orasida hurmat va izzat topishiga omil bo‘lishi mamnuniyat bilan tilga olindi.

Aksincha, nafsining kuyiga uchib noqonuniy yo‘llar bilan daromad topishga intilish, korrupsiyaga qo‘l urushi qanday ayanchli oqibatlariga olib kelishi mumkinligi hayotiy misollar bilan tushintirib o‘tildi.

Albatta, soliq xodimi xalqning orasidan chiqqan, xalqi uchun vijdonan xizmat qilishga bel bog'lagan insonlar sirasiga kiradi. Shunday ekan, ko‘plab vijdonli insonlar samarali va xalol mehnat qilayotgan ushbu kasbga munosib bo‘lish, yelkasidagi o‘ta mas'uliyatli va ayni damda sharafli vazifani sidqidildan ado etishi har bir soliq xodimidan talab etiladigan eng asosiy mezondir.

Zero, xalollik bor joyda baraka va ishning unumi bo‘ladi.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_may

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi e'zoz va ehtiromda

Batafsil
: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#imtiyoz

Avvalroq O‘RQ 767-son Qonun bilan bir qator mahsulotlarni QQSdan ozod etish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.

Shu munosabat bilan "E-imtiyoz" tizimiga:

go‘sht (mol va qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlar (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni O‘zbekistonga olib kirishga taqdim etilgan imtiyoz uchun yangi ID-kod 104004 qo‘shildi;

o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish, shuningdek o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma imtiyoz muddati uzayturildi ID-kodi 103012 o‘zgarishsiz qoldi.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha elektron murojaat qanday yuboriladi?
______________
#льготы

Ранее сообщалось, что в соответствии с №ЗРУ-767 до 31 декабря 2022 года продлен срок освобождения от НДС ряда продуктов.

В связи с этим в системе "E-imtiyoz":

добавлен новый ID-код льготы 104004 - для оборота по реализации мяса (говядины, баранины), этих животных в живом виде и продуктов их убоя, картофеля, а также их ввоза на территорию Узбекистана;

продлен срок действия льготы и остался без изменений ID-код 103012 - для ввоза растительного масла, семян подсолнечника и льна, соевых бобов, а также оборота по производству и (или) реализации растительного масла (кроме хлопкового масла).

👉Как подать электронное обращение по использованию налоговых льгот?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya

Korrupsiyani faqat birgalikda to'xtatamiz

Batafsil
: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#9_may

Xotira abadiy, jasorat mangu!

Aziz yurtdoshlar, muhtaram faxriylar Sizlarni va ko‘pmillatli butun xalqimizni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 77 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Sizlarning fashizmga qarshi mardona kurashib buyuk G‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissangiz haqiqiy qahramonlikdir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda urush va mehnat faxriylariga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy, jasorati mangudir.

Bugun mustaqil Vatanimiz ozodligi, el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur harbiylarimizni ham hurmat va ehtirom bilan yodga olish zarur.

Ularning jasorati hech bir zamonda unutilmaydi.
Davlatimiz tomonidan ularning oila aʼzolari, farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘satilib, ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Shu kunlarda bugungi osoyishta kunlar uchun jon fido qilgan vatandoshlarimizning so‘nmas xotirasini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Bugun Toshkent shahrida, barcha viloyat va tumanlarda Xotira maydonlari to‘lib-toshgan, urushda halok bo‘lgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ham
bayram arafasida muhtaram faxriylarimiz bilan samimiy uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga mukofotlar, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hurmatli vatandoshlar, muhtaram faxriylar ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan sizlarni yana bir bor tabriklayman.

Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram