Andijon viloyati soliq boshqarmasi
841 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#bilasizmi #onlayn_NKM

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM, virtual kassa va 2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki shu turdagi boshqa maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq *BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summalarini kamaytirish huquqiga ega (4 x 270 000 = 1 080 000 so‘m).
Imtiyoz muddati – 1.01.2023

👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021

👉*BHM x 1 = 270 000

👉Imtiyoz soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
________________
#вы_хотели_знать #онлайн_ККМ

Субъекты предпринимательства могут уменьшить суммы начисленного и подлежащего уплате налога на сумму расходов, связанных с приобретением онлайн-ККМ, виртуальных касс и 2D-сканеров, терминалов сбора данных либо специальных устройств иного типа, в размере не больше 4-х *БРВ за одно устройство (4 x 270 000 = 1 080 000 сумов).
Срок льготы до1.01.2023

👉пункт 3 ПП №5252 от 4.10.2021

👉*БРВ х 1 = 270 000

👉Как применить льготу в налоговой отчетности?
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu asosda amalga oshirilayotgan tahlillar natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri – QQS to‘lovchilari tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmat) uchun onlayn-NKM orqali chop etilgan cheklarda QQS summasini aks ettirmaslik holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun –
soliq to‘lovchilar my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida tahrirlash xizmatidan foydalanib QQSsiz rasmiylashtirilgan cheklarni QQS summasini ko‘rsatgan holda qayta rasmiylashtirish zarur.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 14 281 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 126 699,8 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Davlyatovich Kudbiyevga Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut rektori vazifasini bajarish yuklatildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Korrupsiya

Andijon viloyati davlat soliq xizmati organi xodimlari ishtirokida “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda Davlat soliq qo’mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig’i hamda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Xiyonat” nomli ko’rsatuv namoyish etildi. Ushbu ko’rsatuvda korrupsiyaga yo’l qo’ygan, mansab vakolatini suiste’mol qilgan poraxo’r soliqchilar kirdikorlari fosh etilgan. Yig’ilish qatnashchilari ko’rsatuvdan ko’zlangan maqsad bo’yicha soha vakillariga tushunchalar berdi.

Tadbirda viloyat Departament boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirok etib, ayni damda korrupsiya zamonaviy dunyoning taraqqiyoti yo‘lida katta g‘ov bo‘lib turganligi hamda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish maqsadida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berdi.

Yig‘ilish yakunida soliq tizimidagi har bir xodim zimmasidagi vazifalarni qonuniy bajarishlari, nafs yo‘lida noqonuniy ishlarga qo‘l urmasliklari yuzasidan eslatib o‘tildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 25-aprel

aprel oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 25 апреля 2022 года крайний срок

за апрель:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов.
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Mahallabay
#Sayyor_uchrashuv

Prezidentimizning 2022-yil 19-aprel kungi mahallabay ishlash tizimiga bag‘ishlangan videoselektr yig‘ilishida qoniqarsiz deb baholangan mahallalarni muammolarini xal qilish o‘rganish bo‘yicha berilgan topshirig‘iga asosan sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Qo’rg’ontepa tumani Dehqonobod mahalla fuqarolar yig’ini viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariga biriktirilgan.

Boshqarma rahbari tuman hokimi, MFY raisi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda Dehqonobodlik fuqarolar bilan suhbatlashib, mahallaning hozirgi iqtisodiy- ijtimoiy holati o‘rganib chiqildi. Unda har bir murojaat ijobiy xal etish boʻyicha samarali ishlar olib borildi.

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|