Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga foyda solig‘i imtiyozini qo‘llanishi yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasining AXBOROTI
______
Эркин иқтисодий зона иштирокчиларига фойда солиғи имтиёзини қўлланиши юзасидан Давлат солиқ қўмитасининг АХБОРОТИ

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliqchi_komakchi

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Avvalroq tegishli soliq va soliq to‘lovchi ro‘yxatga olingan hududiy soliq organining g‘aznachilik shaxsiy hisobvaraqlari my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetda to‘g‘ri aniqlanishi haqida xabar berilgan edi.

Soliqlarni toʻlash va notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlovlar uchun penya hisoblanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida soliq toʻlovchilarga my.soliq.uz saytida ERI kaliti orqali soliq toʻlovlari boʻyicha elektron xizmatlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Agar soliq to'lovchi boshqa to'lov tizimlari orqali to'lovlarni amalga oshirsa, ularda ko'rsatilgan g'azna hisobvaraqlarining to'g'riligini soliq to'lovchining shaxsiy kabinatidagi shaxsiy g‘azna hisobvag‘i bilan solishtirish maqsadga muvofiq.

Soliq to‘lovchi g‘aznachilikning shaxsiy hisobvarag‘iga noto‘g‘ri to‘lovni amalga oshirgan taqdirda, noto‘g‘ri to‘langan soliq summasini qaytarish uchun elektron ariza taqdim etishi lozim.

Ortiqcha to‘langan mablag‘ni qaytarish soliq organi tomonidan bunday ariza olingan kundan e’tiboran 15 kun ichida amalga oshiriladi.
👉Soliq kodeksi 104-modda
__________
#клиентоориентированность

Уважаемые налогоплательщики!

Ранее сообщалось, что правильные казначейские лицевые счета соответствующего налога и территориального налогового органа, где поставлен на учет налогоплательщик, определены в персональном кабинете на сайте my.soliq.uz.

Чтобы уплатить налоги и избежать начисления пени за некорректно произведенные платежи, налогоплательщикам рекомендуется с помощью ключа ЭЦП воспользоваться электронными услугами по уплате налогов на сайте my.soliq.uz.

Если налогоплательщик производит платежи посредством других платежных систем, целесообразно сверить правильность указанных в них казначейских счетов со счетами в персональном кабинете налогоплательщика.

В случае, если налогоплательщик произвел платеж на неверный казначейский лицевой счет, ему необходимо подать электронное заявление о возврате ошибочно уплаченной суммы налога.

Возврат осуществляется в течение 15 дней со дня получения налоговым органом такого заявления.
👉ст.104 НК

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Qanday turdagi mol-mulkka jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i hisoblanadi?

Soliq kodeksining 419-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi.

❇️ uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;

❇️ tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari;

❇️ qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar.

Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;

❇️ ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Navruz Mall” savdo kompleksi mulk solig‘i va daromad solig‘i to’laydimi?” nomli material yuzasidan Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

"Navro‘z Mall Group" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2020-yilda rasman soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan.

Soliq organlari va Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasidagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, jamiyat boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarga taalluqli binolardan ijara shartnomasiga asosan foydalanib keladi.

Ushbu binolar uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i ijaraga beruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan to‘lab kelinmoqda.

Mazkur xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan to'langan soliqlarning miqdori va boshqa ma'lumotlari bevosita soliq siri sifatida tasniflanadi. (Soliq kodeksi 29-modda.)

Soliq sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni oshkor etilishi yuzasidan qatiy javobgarlik belgilangan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#elon

Davlat soliq qo‘mitasi “Soliq ma’muriyatini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish guruhiga mutaxassislarni ishga qabul qiladi

▫️Loyihani amalga oshirish davri – 5 yil

▫️Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 60 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan moliyalashtiriladi.

▫️Loyihani amalga oshirish guruhiga quyidagi lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazilmoqda:

1️⃣ Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari;

2️⃣ Xarid bo‘yicha mutaxassis;

3️⃣ Moliyaviy menejer.

👨🏻‍💻Nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (rezyume)lar 30.04.2022-yilgacha quyidagi elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi:

📧e-mail – [email protected]

📍Murojaat uchun: 100011, O‘zbekiston, Toshkent, Abdulla Qodiriy, 13a. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi.
📞Tel.: (99871) 244-97-13

👉Nomzodlarga qo‘yilgan talablar bilan batafsil tanishish uchun bu yerga bosing
Davlat budjetining soliq daromadlari kamaymagan

Davlat budjetining 2022-yil uchun soliq daromadlari kamaytirilganligi bo‘yicha ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan xulosalar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaror bilan (3-ilova) Davlat budjeti daromadlari prognozi 200 trln so‘m miqdorida tasdiqlanib, uning tarkibida davlat soliq xizmati organlari maʼmurchiligiga masʼul soliq tushumlari 143,5 trln so‘m miqdorida belgilangan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri qayd etilganidek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-son qarorida PQ-73-son qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat budjeti jami daromadlari, jumladan soliq turlari bo‘yicha daromadlar miqdori ham o‘zgartirilmagan.

O‘zgartirishlar 2022-2024-yil uchun belgilangan maqsadli indikatorlarga tegishli
bo‘lib, soliq organlari ko‘rsatkichlari (151,6 trln so‘m) ham tasdiqlangan soliq tushumlari daromadiga (143,5 trln so‘mga) moslashtirilmoqda.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, soliq organlari tomonidan I chorakda budjetga 34,5 trln so‘m miqdorida soliq tushumlari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17% o‘sgan) taʼminlanib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari 1,3 trln so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.

Iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar va soliq maʼmurchiligini raqamlashtirish natijalari bilan soliq bazasining kengaytirilishi hisobiga yillik soliq tushumlari daromadi to‘liq kafolatlanishini maʼlum qilamiz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi rasmiy platformalarga joylandi

🔄Android va iOS foydalanuvchilari Soliq mobil ilovasini yangilab ma'lumotlarini tiklashi mumkin.

Play Market – https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile

App Store – https://apps.apple.com/uz/app/soliq/id1518038410

Yangilangan versiya optimallashtirilgan interfeysga ega va ba'zi kamchiliklar tuzatildi.

👉Soliq qanday afzalliklarga ega?
_________
#мобильное_приложение

Мобильное приложение Soliq доступно на официальных платформах

🔄Пользователи Android и iOS обновив мобильное приложение Soliq, могут восстановить все свои данные.

Play Markethttps://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile

App Storehttps://apps.apple.com/uz/app/soliq/id1518038410

В новой версии оптимизирован интерфейс и устранены некоторые баги.

👉В чем преимущества Soliq?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Mahsulot uchun xaridordan qabul qilingan bo‘nak (avans) onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Талабалар контрактини тўлаганда даромад солиғидан кимлар озод бўлади?

Юқоридаги иш ҳақидан контракт тўлашга оид постдан кейин шу мавзу бўйича саволлар келиб тушмоқда. Ўшанчун яна бир бор тушунтириш бермоқчиман.

Солиқ кодексининг 378-моддаси 16-бандига биноан, Ўзбекистоннинг прoфессионал ва олий таълим ташкилотларида таълим олиш (ўзининг ёки 26 ёшга тўлмаган фарзандларининг ёхуд эрининг (хотинининг) таълим олиши) учун йўналтириладиган солиқ солиниши лозим бўлган иш ҳақи ва бошқа даромадларига солиқ солинмайди.

Демак, қуйидаги 3 тоифанинг контракти учун ўтказилган иш ҳақларидан даромад солиғи ушланмайди:

1) фуқаро ўзининг контрактига ўтказса;
2) ота-оналар 26 ёшга тўлмаган фарзандининг контрактига ўтказса;
3) эр ёки хотин 26 ёшга тўлмаган турмуш ўртоғининг контрактига ўтказса.

Бу имтиёз қайси таълим муассасаларига қўлланади:

1) профессионал таълим (касб-ҳунар мактаблари, коллежлар ва техникумлар) ўқувчиларига;
2) олий таълим талабаларига.

Илгари имтиёз фақат ОТМ талабаларига қўлланар эди, 2022 йилдан бошлаб профессионал таълим муассасалари ўқувчиларига ҳам қўлланадиган бўлди.

Таълим кредитини қоплаганда ҳам имтиёз ўтадими?

Ҳа, ўтади. Яъни тўлов-контрактни тўлаш учун тижорат банкларидан таълим кредити олинган бўлсаю, кейинчалик ўша таълим кредитини қоплаш учун банкларга тўланган суммалардан ҳам даромад солиғи олинмайди.

Имтиёз қандай қўлланади?

Масалан, ота ўз фарзандининг контракти учун иш ҳақининг бир қисмини, айтайлик 1 млн сўмини тўғридан-тўғри университет ҳисобига (ёки банкга) ўтказади дейлик. Бунинг учун институтдан шартнома (ҳисоб-рақам) олиб, ташкилот бухгалтериясига ариза бериб қўйиш керак. Бундай вазиятда агар ота 3 млн сўм ойлик олса, демак фарзандининг контракти учун ўтказган 1 млн сўмдан 12%лик даромад солиғи ушланмайди, фақат қолган 2 млн сўмдан солиқ олинади.

Иш ҳақидан тўғридан-тўғри ўтказмасдан, пластикдан тўланган бўлса ҳам солиқ имтиёзи қўлланади. Бунинг учун йил охирида керакли ҳужжатларни солиқ бўлимларига топшириш керак.

Изоҳ: юқоридаги 3 та тоифадан бошқаларнинг, масалан, ака-укаси, опа-синглиси, куёви ёки келини ёхуд бошқа шахсларнинг контракти учун иш ҳақидан тўлов ўтказилса ҳеч қандай имтиёз қўлланмайди.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ozini_ozi_band_qilish

O'zini o'zi band qilganlar soni ortiq bormoqda...

Batafsil:
👆“Andijon axboroti” information dasturida

👉 Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Mahsulot kreditga sotilganda onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati

Andijon tumani 4-sektor hududidagi amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, o'zini o'zi band qilish va aholini munosib ish bilan ta'minlash maqsadida 4-sektor rahbarlari hamda hokim yordamchilari bilan hamkorlikda muntazam ravishda keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil: 👆"Islohotlar amalda" ko'rsatuvida

👉 Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#savol_javob #keshbek

🔴Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklarga keshbek qachon qaytariladi?

🟢Onlayn-NKM va virtual kassa cheklarini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1% keshbek to‘lash har oy yakuni bilan keyingi oyning 21-25-sanalarida amalga oshiriladi.

🗓Xususan, mart oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek aprel oyining 21-25-sanalarida to‘lovga chiqariladi.

👉Bugundan boshlab Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘ling

👉"Soliq" mobil ilovasidagi tasdiqlangan "keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

👉1% keshbek qachon qaytariladi?

👉Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati

👉Keshbek – Isteʼmolchilar uchun yangilik!

👉Chakana savdoda jamoatchilik nazoratining ilk natijalari

👉 Tadbirkorlik subyektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati mavjud

👉Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?