Andijon viloyati soliq boshqarmasi
868 subscribers
4.26K photos
1.03K videos
73 files
3.65K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#uchrashuv
#Andijon

DSQ rahbariyati ishtirokida Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yil 16-mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Muloqot davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko‘makchi bo‘lishlari yuzasidan topshiriq bergan edi.

Mazkur topshiriq ijrosidan kelib chiqib, Davlat soliq qo‘mitasi va Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbatiyati ishtirok etib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berish bilan birga tadbirkorlar savollariga batafsil javoblar berildi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#uchrashuv
#Shahrixon

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar Shahrixon tumanida davom ettirildi

Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hududlarda tashkil etilayotgan uchrashuvlarning navbatdagisi Shahrixon tumanidagi Madaniyat saroyida o‘tkazildi.

Unda Davlat soliq qo‘mitasi va Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbatiyati ishtirok etib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan va ularni qiynayotgan masalalarga mutaxassislardan zarur tushuntirishlar oldilar.

Bunday uchrashuvlarni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad, soliq ma'murchiligidagi yangiliklarni tadbirkorlik subyektlari vakillariga to'g'ri yetkazish va tatbiq etilayotgan raqamli instrumentlarning tadbirkorlik faoliyatini yurgizishdagi muhim ahamiyatini tushuntirish.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Bir qator tadbirkorlik subyektlari ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) va virtual kassalar soliq organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmayotganligi yuzasidan xabarlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlarning sabablarini tezkor o‘rganib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida alohida Telegram guruhi yaratildi.

Yangi modeldagi onlayn-NKMlarni Davlat reestriga kiritishda muammoga duch kelgan tadbirkorlardan https://t.iss.one/online_nkm_group havolasi orqali murojaat yuborishlarini so‘raymiz.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Поступают сообщения о том, что ряд субъектов предпринимательства, осуществляющих производство онлайн-ККМ и виртуальных касс, не могут зарегистрировать их в налоговых органах.

Для оперативного изучения причин таких обращений и решения возникающих в этой связи вопросов создана отдельная группа в Telegram.

Предпринимателей, которые столкнулись с проблемой включения новой модели онлайн-ККМ в Государственный реестр, просим оставить своё обращение по ссылке https://t.iss.one/online_nkm_group

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishning oxirgi muddati qachon?
Anonymous Quiz
70%
1-aprel
12%
10-aprel
8%
1-may
9%
15-may
Internet tarmog‘i orqali YaTT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishda qancha davlat boji to‘lanadi?
Anonymous Quiz
12%
BHMning 90 foizi
39%
BHMning 50 foizi
37%
BHMning 1 baravari
12%
To‘g‘ri javob yo‘q