Andijon viloyati soliq boshqarmasi
858 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.82K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#uchrashuv
#Andijon

DSQ rahbariyati ishtirokida Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yil 16-mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Muloqot davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko‘makchi bo‘lishlari yuzasidan topshiriq bergan edi.

Mazkur topshiriq ijrosidan kelib chiqib, Davlat soliq qo‘mitasi va Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbatiyati ishtirok etib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berish bilan birga tadbirkorlar savollariga batafsil javoblar berildi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#uchrashuv
#Shahrixon

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar Shahrixon tumanida davom ettirildi

Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hududlarda tashkil etilayotgan uchrashuvlarning navbatdagisi Shahrixon tumanidagi Madaniyat saroyida o‘tkazildi.

Unda Davlat soliq qo‘mitasi va Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbatiyati ishtirok etib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan va ularni qiynayotgan masalalarga mutaxassislardan zarur tushuntirishlar oldilar.

Bunday uchrashuvlarni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad, soliq ma'murchiligidagi yangiliklarni tadbirkorlik subyektlari vakillariga to'g'ri yetkazish va tatbiq etilayotgan raqamli instrumentlarning tadbirkorlik faoliyatini yurgizishdagi muhim ahamiyatini tushuntirish.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|