Andijon viloyati soliq boshqarmasi
847 subscribers
4.24K photos
1.03K videos
72 files
3.64K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Davlat soliq xizmati organlarida joriy yil 15-martdan 15-aprelgacha “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” oyligi o‘tkaziladi.

Mazkur oylik davomida markaziy apparat, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, hududiy davlat soliq xizmati organlari, Kadastr agentligi, qo‘mita tasarrufidagi korxona va muassasa mas’ul xodimlari o‘rtasidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan amaliy-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jumladan, “ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standart talablaridan kelib chiqqan holda hamda xodimlar ish faoliyatida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan soliq to‘lovchilar fikrini o‘rganish maqsadida, ijtimoiy tarmoq orqali anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

❗️Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “ISO37001:2016” xalqaro sertifikatiga ega

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

Soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

❗️Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromaddan qancha soliq to‘lanadi?
Anonymous Quiz
42%
12%
4%
15%
53%
Soliq to‘lanmaydi
1%
17%
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida 3 nafar bo‘lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni necha foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydi?
Anonymous Quiz
17%
90 %
49%
50 %
8%
40 %
26%
20 %
Fevral oyida yig‘ilgan keshbek summasi iste’molchilarga qachon to‘lab beriladi?
Anonymous Quiz
29%
18-20-mart
44%
21-25-mart
13%
27-31-mart
15%
1-5-aprel
#kasaba_uyushmasi

Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining Jamoa shartnomasini 2021-yil davomida bajarilishi yuzasidan xisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarxisob qilindi va kelgusida rejalashtirilgan vazifalar belgilab berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Давлат солиқ қўмитасига ташриф буюриб, солиқ маъмурчилигини ислоҳ қилиш ва соҳага ахборот технологияларини кенг жорий этиш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказади.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари қўмитанинг янги ташкил этилган Маълумотларни қайта ишлаш маркази фаолияти билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Государственный налоговый комитет, где проведет совещание по вопросам реформирования налогового администрирования и широкого внедрения информационных технологий в сферу.

Глава государства также ознакомится с деятельностью Центра обработки данных, организованного в комитете.
#tashrif

Bugun mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Unda soliq ma’murchiligini isloh qilish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda keyingi 5 yilda mutlaqo yangi soliq tizimini yaratilgani, 2020-yilda bugungi O‘zbekistonimizga munosib bo‘lgan yangi Soliq Kodeksini qabul qilingani qayd etildi.

Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i 5 %dan 1,5 %ga tushdi. QQS 20% dan 15% ga tushdi. 2023-yil 12 % ga tushirishimiz kerak. Buning uchun ko‘p ish qilishimiz kerak. Odamlar qachon bizdan rozi bo‘ladi? Soliq yuki kamayib, daromadlarimiz oshib borsa, rozi bo‘ladi” dedi Prezident.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Давлат солиқ қўмитасининг Маълумотларни қайта ишлаш марказини бориб кўрди.
Марказни солиқ тизимининг “мияси” дейиш мумкин. Бу ерга барча солиқ тўловчиларнинг маълумотлари интеграция қилинган. 50 нафарга яқин мутахассис солиқ айланмасини онлайн режимда кузатиб, масофадан тезкор хизмат кўрсатади.
Давлатимиз раҳбари марказдаги иш жараёнини кўздан кечирди. Солиқ органлари фаолияти самарадорлигини ошириш бўйича топшириқлар берди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Центра обработки данных Государственного налогового комитета.
Этот центр можно назвать «мозгом» отечественной налоговой системы. Здесь интегрированы данные всех налогоплательщиков. Около 50 специалистов отслеживают налоговый оборот в режиме реального времени и оперативно оказывают дистанционные услуги.
Глава государства ознакомился с работой центра. Дал поручения по повышению эффективности налоговой системы.

#Mirziyoyev #tanishuv #soliq #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter