Andijon viloyati soliq boshqarmasi
858 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.82K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliqchi_komakchi

Onlayn-kassa cheklarini tahrirlash uchun qo‘shimcha muddat berildi

QQS va AOS hisobotlarida
tadbirkorlik subyektlari tomonidan onlayn-NKM orqali naqd pulda va terminalda savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum summasi soliq solish bazasida sifatida avtomat shakllanadi.

Shu sababli, onlayn-NKM va virtual kassada tovarlarni “Bo‘lib to‘lash”, “Kredit” shartnomalari va “Bo‘nak (avans)” hamda vositachi orqali sotilgan tovar (xizmatlar) uchun komitent STIR asosida sotishdagi hisob-kitoblarni to‘g‘ri olib borilishini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.

Onlayn-NKM va virtual kassa bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgartirishlar amalga oshirilmaganligi sababli vositachilar, nodavlat ta’lim muassasalari, aviakassalar hamda boshqa vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hisobotlarida soliq solish bazasi hisoblanmaydigan naqd pul va terminal tushumi bo‘yicha jami aylanma summasi aks etmoqda.

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun istisno tariqasida joriy yilning 14-15-mart kunlarida ham soliq to‘lovchining (my.soliq.uz) shaxsiy kabinetida onlayn-NKM va (yoki) virtual kassa orqali chop etilgan chek summalarini tahrirlash imkoniyati berildi.
_________
#клиентоориентированность

Для корректировки чеков онлайн-касс даётся дополнительное время

В отчетности по НДС и налогу с оборота
суммы доходов, полученные субъектом предпринимательства от продаж и оказания услуг, в наличной форме и через терминал, проведенные через онлайн-ККМ, автоматически отображаются в качестве налоговой базы.

В связи с этим для обеспечения правильности расчетов была создана техническая возможность оформлять чеки онлайн-ККМ и виртуальных касс при реализации товаров (услуг) в рассрочку, кредит, при уплате авансовых платежей, а также по договору комиссии путем указания ИНН комитента.

В виду того, что образовательные учреждения, авиакассы и другие организации, осуществляющие посредническую деятельность, не воспользовались вышеперечисленными изменениями в системе онлайн-ККМ и виртуальных касс, поступления наличными и по терминалу у них отразились в общей сумме оборота.

В целях оказания помощи налогоплательщикам в устранении этих недочетов, в персональном кабинете на сайте my.soliq.uz на период 14-15 марта текущего года в виде исключения создана возможность корректировать суммы чеков, оформленных онлайн-ККМ и виртуальными кассами.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni o‘tkazishi mumkin

Tekshiruvdan oldingi tahlil -
taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz, “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizimda joriy qilingan mezonlar mantiqiy shartlar va algoritmlar asosida,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan soliq organlarida mavjud ma’lumotlarni (jumladan, elektron hisobvaraq-faktura, eksport-import operatsiyalari, onlayn kassa texnikasi cheklari va h.k.) avtomatlashtirilgan tartibda taqqoslaydi.

Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida
soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

Xabarnomada
qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini ko‘rish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan so‘ng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi. Uning quyi qismida “mutaxassis yordami” moduli orqali mas’ul mutaxassislar bilan qo‘shimcha savollar yuzasidan telefon orqali bog‘langan holda javoblar olishlari mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.

Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlangan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi.

Ushbu avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga bir qator afzalliklar yaratadi. Jumladan:
🔸Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblanishi hamda to‘lanishini ta’minlashda ko‘maklashadi;
🔸Ularning faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi;
🔸Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi;
🔸 Ularning faoliyatiga asossiz aralashish va korrupsiya holatlarini cheklash hamda ma’muriy bosimlarni kamaytirishga imkoniyat beradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-mart

- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi hisobda turgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga yetkazishning oxirgi kuni
(AV r/r 2836-nizomning 16-bandi, 3.11.2016);

- aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 марта 2022 года крайний срок

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного налога на доходы физических лиц, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389 Налогового кодекса, ч.4 и 5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления в органы государственной налоговой службы по месту учета районного (городского) отдела Пенсионного фонда сведений о выплатах пенсий по случаю потери кормильца и инвалидности вследствие трудового увечья или профессионального заболевания, связанных с исполнением работниками трудовых обязанностей
(п.16 Положения, рег. №2836 от 03.11.2016 г.);

- представления отчетности и уплаты налога с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati 👉bu yerda

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar:
📌bepul ro‘yxatdan o‘tadi;
📌ish beruvchiga ega bo‘lmaydi;
📌ishchi yollamaydi;
📌ularga mehnat staji va pensiya hisoblanadi;
📌yilda bir marta BHMning 1 baravari miqdorida ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘laydi;
📌daromadidan soliq to‘lamaydi;
📌yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish uchun bankda hisobraqam ochishi mumkin;
📌faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#raqamli_markirovka

Mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun qanday javobgarlik nazarda tutilgan?

Majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan choralar qo‘llash normalari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-son Qonuni bilan quyidagi hujjatlarga kiritilgan:

👉Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, 166-moddasi 4-qismi.

Majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalari buzilishi ushbu korxonalarni mansabdor shaxslarga BHMning 100 baravari (27,0 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

👉Soliq kodeksi, 227(1)-modda

Tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablar yoki tartib buzilishi oxirgi hisobot choragida ushbu mahsulotlar realizatsiyasidan olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagi normalar Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari uchun 3 oy o‘tgach, boshqa mahsulotlar uchun 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
__________
#цифровая_маркировка

Какая ответственность предусмотрена за нарушение правил обязательной цифровой маркировки продукции?

Законом Республики Узбекистан (№ЗРУ-758 от 11.03.2022) в нижеследующие документы внесены нормы применения мер в отношении субъектов предпринимательства, нарушающих правила обязательной цифровой маркировки:

👉 ч.4 ст.166 Кодекса об административной ответственности

Нарушение правил обязательной цифровой маркировки товаров (продукции) средствами идентификации производителями и импортерами, для которых законодательством установлена обязательная цифровая маркировка, - влечет наложение штрафа на должностных лиц в размере 100 БРВ (27 млн сумов).

👉ст.227(1) Налогового кодекса

Нарушение производителями, импортерами и продавцами правил обязательной цифровой маркировки товаров (продукции) средствами идентификации влечет наложение штрафа в размере чистой выручки, полученной в последнем отчетном квартале, в котором имела место реализация.

Вышеперечисленные нормы для алкогольной, табачной продукции и пива вступают в силу по истечении 3 месяцев со дня официального опубликования Закона, для другой продукции - по истечении 6 месяцев.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_imtiyoz #MXIK

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida (my.soliq.uz) “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limiga “MXIK imtiyoz” axborot xizmati qo‘shildi.

Yuridik shaxslarga qulaylik yaratish uchun sahifadagi jadvalda imtiyoz qo‘llaniladigan realizatsiya qilingan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat) to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan:

🔸mahsulot (xizmat) nomi;
🔸MXIK;
🔸Imtiyoz nomi va kodi;
🔸Mahsulot (xizmat) soni;
🔸Imtiyoz summasi
.

"Qidirish" bo‘limidan foydalanib, kerakli davrni (yil, oy) ko‘rsatish mumkin. Hozirgi paytda 2022-yil yanvar oyidan boshlab.

❗️Ma’lumotlar onlayn-NKM va virtual kassa cheklari asosida shakllantiriladi.

📹“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati
_____________
#e_imtiyoz #ИКПУ

В персональном кабинете налогоплательщика (my.soliq.uz) в разделе "Информация об онлайн-ККМ и виртуальных кассах ЮЛ" добавлена информационная услуга "ИКПУ льготы".

Для удобства юридического лица в таблице на странице представлена информация о реализованном им товаре (оказанной услуге), в отношении которого(ой) применена льгота:

🔸наименование товара (услуги);
🔸ИКПУ;
🔸код и наименование льготы;
🔸количество товара (услуги);
🔸сумма средств, высвобожденных в связи с предоставлением льготы.

Можно воспользоваться поисковым запросом и указать необходимый период (год, месяц). В данный момент - начиная с января 2022 года.

❗️Сведения формируются на основе чеков онлайн-ККМ и виртуальных касс.

📹Интерактивный сервис "Обращение по использованию налоговых льгот"

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Davlat soliq xizmati organlarida joriy yil 15-martdan 15-aprelgacha “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” oyligi o‘tkaziladi.

Mazkur oylik davomida markaziy apparat, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, hududiy davlat soliq xizmati organlari, Kadastr agentligi, qo‘mita tasarrufidagi korxona va muassasa mas’ul xodimlari o‘rtasidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan amaliy-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jumladan, “ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standart talablaridan kelib chiqqan holda hamda xodimlar ish faoliyatida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan soliq to‘lovchilar fikrini o‘rganish maqsadida, ijtimoiy tarmoq orqali anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

❗️Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “ISO37001:2016” xalqaro sertifikatiga ega

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

Soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

❗️Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromaddan qancha soliq to‘lanadi?
Anonymous Quiz
42%
12%
4%
15%
53%
Soliq to‘lanmaydi
1%
17%
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida 3 nafar bo‘lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni necha foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydi?
Anonymous Quiz
17%
90 %
49%
50 %
8%
40 %
26%
20 %
Fevral oyida yig‘ilgan keshbek summasi iste’molchilarga qachon to‘lab beriladi?
Anonymous Quiz
29%
18-20-mart
44%
21-25-mart
13%
27-31-mart
15%
1-5-aprel
#kasaba_uyushmasi

Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining Jamoa shartnomasini 2021-yil davomida bajarilishi yuzasidan xisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarxisob qilindi va kelgusida rejalashtirilgan vazifalar belgilab berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|