Andijon viloyati soliq boshqarmasi
853 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.81K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#foyda_soligi

ESLATMA

❗️
Hurmatli soliq to‘lovchilar, joriy yil 3-mart – 2024-yil yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.

Barcha soliq to‘lovchilar yillik foyda solig‘i hisobotini soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1–martidan* kechiktirmay taqdim etishlari belgilangan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|

Foyda solig‘i hisobotida daromadlar va xarajatlar to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, joriy yil 3-mart – 2024-yil yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.

Barcha soliq to‘lovchilar yillik foyda solig‘i hisobotini soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1–martidan* kechiktirmay taqdim etishlari belgilangan.

✔️Foyda solig‘i hisobotini shakllantirishda, xususan, hisobotda daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirishda quyidagi normalarga eʼtibor berishlari lozim:   

▫️foyda solig‘i bazasini aniqlashda ushbu soliq to‘lovchining jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi (chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno);

▫️soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksi 305-modda

Quyidagi hollarda:

▫️foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;

▫️tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);

▫️moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb eʼtirof etiladi hamda yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 223-moddasi

 ☝️Yuqoridagilardan kelib chiqib, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilardan hisobotlarda asossiz xarajatlarni ko‘rsatmaslik, foyda solig‘i bazasini to‘g‘ri shakllantirish orqali soliq hisobotlarini o‘z muddatida taqdim etishlarini so‘raydi. 
 
*2025-yil 1-mart dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, hisobotni taqdim etish oxirgi muddati 3-martga ko‘chiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads