Andijon viloyati soliq boshqarmasi
859 subscribers
4.24K photos
1.03K videos
72 files
3.64K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi qulay ishbilarmonlik muhiti va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi


Soliq organlari tomonidan ishni “mahallabay” va “korxonabay” shaklida manzilli tashkil etilishi, soliq toʻlovchilarga qonunchilikka rioya etish va soliq majburiyatlarini bajarishga koʻmaklashish natijasida bugungi kunda 71 387 nafar soliq toʻlovchining tovar aylanmasi 30 foizdan ortiqqa oʻsdi.

Mahalliy budjetlarning daromadi boʻlgan mol-mulk va yer soliqlari tushumi oʻtgan 11 oyda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28 foizga oʻsdi.

Har bir tadbirkor, fuqaro birgina mobil qurilma (smartfon) orqali Soliqmobil ilovasidagi "Soliq biznes" xizmatidan foydalanib, dunyoning qaysi burchagida boʻlishidan qatʼiy nazar, majburiyatini bajarishi, rahbar yoki taʼsischi butun boshli biznesi buxgalteriyasi qanday ishlayotganligini kuzatib borishi, qonuniy ishlayotgan biznes hamkorlarni tanlashi mumkin. Ushbu ilovadan birgina joriy yilning oʻzida 862,1 mln marta foydalanildi.

Raqamli islohotlar natijasida biznes subyektlarining “yashovchanlik” darajasi 3 yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan ulushi 72 foizga yetdi.

Shuningdek, joriy yilning 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan jami xoʻjalik subyektlari soni 561,9 mingtaga, yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 290,1 ming nafarga yetdi. 4,3 mln nafardan ortiq fuqarolarimiz oʻzini oʻzi band qilish tizimi orqali mehnat qilishning qonuniy yoʻliga oʻtdi.

Birgina yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish faoliyatining oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyat turlariga kiritilishi natijasida ilgari yashirin ishlagan 520,9 mingga yaqin taksi xizmati legallashtirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads