Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan

 Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

▫️ 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
▫️113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
▫️63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
▫️15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;
▫️ 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

Markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

▫️343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

▫️ 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;
▫️21 ta holatda 6,3 mln so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «U.Sh» MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:
▫️ 31,1 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;
▫️38,9 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;
▫️960,9 mln so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;
▫️1 507,4 mln so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;
▫️7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_hisoboti #yashirin_iqtisodiyot

100 mingdan 100 mln so‘mgacha: O‘zbekistonda sanoat sohasida ishlovchilarga qancha ish haqi hisoblandi?

Soliq hisoboti maʼlumotlariga ko‘ra, sentabr oyida 🏭 sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan:

▫️336 ming kishi 3-10 mln so‘mgacha ish haqi olgan;
▫️287,8 ming kishi — MHTEKM (sentabr oyida 1 050 000 so'm) dan 3 mln so‘mgacha olgan.

💰425 kishi oyiga 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan.

🤔Deyarli 7 ming ishchiga 262 500 so‘mgacha (MHTEKMning 25%idan ⬇️ kam) ish haqi hisoblangan.

Bitta xodimga o‘rtacha ish haqi — 5 mln so‘m.

📍Hududlarda qancha hisoblandi?

Respublika bo‘yicha eng yuqori ish haqi Navoiy viloyatida - o‘rtacha 8,9 mln so‘m.

Toshkentda — 5,8 mln so‘m;
Toshkent viloyatida — 5,1 mln so‘m;
Andijon viloyatida — 4,6 mln so‘m;
Qoraqalpog‘istonda — 4,5 mln so‘m.

Eng past ish haqlari:
Xorazm viloyatida — 2,5 mln so‘m;
Namangan viloyatida — 2,3 mln so‘m.
__________
#налоговая_отчетность #теневая_экономика

От 100 тысяч до 100 миллионов: какие зарплаты в промышленной сфере Узбекистана?

По данным налоговой отчетности за сентябрь 🏭 в сфере промышленности официально трудоустроено 772,4 тысяч человек:

▫️336 тысячам из них начислена зарплата от 3 до 10 млн сумов;
▫️287,8 тысячам человек - от МРОТ (в сентябре 1 050 000 сумов) до 3 млн сумов.

💰Больше 100 млн сумов в месяц заработали 425 человек.

🤔Почти 7 тысячам работников начислена зарплата до 262 500 сумов (менее 25% МРОТ).

Средняя заработная плата одного сотрудника - 5 млн сумов.

📍Сколько начислено в регионах?

По республике самые высокие зарплаты в Навоийской области (в среднем 8,9 млн сумов).

В Ташкенте - 5,8 млн сумов;
в Ташкентской области - 5,1 млн сумов;
в Андижанской области - 4,6 млн сумов;
в Каракалпакстане - 4,5 млн сумов.

Самые низкие зарплаты:
в Хорезмской области - 2,5 млн сумов;
в Наманганской области - 2,3 млн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Naqd pulsiz hisob-kitoblar rag‘batlantiriladi

Davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy o‘sish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash zarur. Bunda inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, budjet taqchilligi 3 foiz doirasida bo‘lishiga erishish, yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish asosiy vazifa bo‘ladi.

Shu bilan birga norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish lozim. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rag‘batlantirib, onlayn to‘lovlar ulushini 60 foizga yetkazish muhim vazifa bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads