Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#savol_javob
❓Men uyimda turli xildagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiraman. Ushbu yetishtirayotgan mahsulotlarimni eksportyor korxonalarga sotsam, olgan daromadimdan soliq to‘laymanmi
Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilgan.
*manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari bundan mustasno
👉Soliq kodeksi 378-modda 8-qism
Shuningdek, eksportyor korxonalar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, JSHODS boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanilishi belgilangan.
Shunga muvofiq, Siz olgan daromadingizdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi to‘lamaysiz.
*ushbu dehqonchilik mahsulotlarini boshqa shaxslardan xarid qilib uni keyinchalik boshqa shaxslarga qayta sotish holatlari bundan mustasno
👉“Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads