Andijon viloyati soliq boshqarmasi
871 subscribers
4.27K photos
1.04K videos
73 files
3.67K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Sayyor_qabul

🔘 Savollarga javob, murojaatlarga yechim topish mumkin

🔻Bugun Oltinlko’l tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabuli tashkil etildi. Ushbu qabul jarayonlarida viloyat Soliq boshqarmasi ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini o’rgandi.

✔️ 4-sektor rahbari L.Qurbonov bevosita murojaatchilar bilan uchrashib, ular tomonidan ko’tarilgan masalalarni tegishli tashkilot xodimlari bilan o’rganib chiqdi.

Sayyor qabul jarayonlarida eng ko’p to’xtalib o’tilgan murojaatlar – 12 foizli daromad solig’ini qaytarish, o’z o’zini band qilish kabi masalalar bu safar ham dolzarb bo’ldi.

✔️ Ushbu murojaatlarning barchasi joyida o’rganildi va maqbul yechimlar taklif etildi.

🏷 Qolaversa, o’z o’zini band qilmoqchi bo’lgan fuqarolarga 5 dona motokultivator subsidiya asosida taqdim qilindi.

📍Qabul jarayoniga kelganlar savollariga javob, murojaatlariga yechim topishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

▪️Andijon tumanida aholi murojaatlari oʻrganildi

📍Bugun Andijon tumanida viloyat Soliq boshqarmasi boshligʻi ishtirokida aholi murojaatlari oʻrganildi.

🔹Oʻz-oʻzini band qilish
🔹Soliq imtiyozlari
🔹12 foizli daromad soligʻini qaytarish kabi masalalar masʼullar ishtirokida oʻrganib chiqildi va ijroga yoʻnaltirildi.

Xalq bilan muloqot koʻplab masalalarga yechim boʻlishi bilan birga aholining davlat tashkilotlariga boʻlgan ishonchini ham oshirishga xizmat qiladi.

Birgina misol, bugungi qabul jarayonlarida institut oʻqituvchisi farzandining toʻlov-shartnomasi uchun toʻlagan 46 million soʻm pul mablagʻining 12 foizini qaytarish boʻyicha qilgan murojaati tuman inspeksiya boshligʻi nazoratiga olindi hamda 1 kun muddatda hal etish vazifasi topshirildi.

✔️ Albatta, bu oʻz yechimini topgan murojaatlardan biri xolos. Sayyor qabul jarayonlari shu kabi koʻplab murojaatlarga yechim boʻlib kelmoqda.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

📍Andijon shahrida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun Andijon shahrida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga tegishlicha yechim topish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabul jarayonlarida viloyat Soliq boshqarmasi vakillari ham ishtirok etib, murojaatlarni qabul qildi.

🔻Qizg‘in, qolaversa, o‘ziga xos tarzda o‘tgan qabul jarayonlari odamlar bilan gavjum bo‘ldi. Murojatchilar o‘zlarini qiziqtirgan masala yuzasidan tegishli yechim, ko‘rsatma va tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

✔️ Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Bu kabi targ'ibot tadbirlar davom ettiriladi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#sayyor_qabul

Yil sarhisobi:
sayyor qabullarda qancha murojaatlar hal etilgan?

2024-yilda Andijon viloyatida sayyor qabullarda 6 000 dan ziyod murojaat yo'llangan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|