Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

✍️Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan, fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash majburiy bo‘lgan holda undan foydalanmaslik ham o‘z navbatida javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ya’ni, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyekti soliq inspektorining ogohlantirishidan so‘ng ham fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallaridan foydalanmasligi Soliq kodeksining 221-moddasida belgilangan quyidagi miqdorlarda jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi:

❇️ Nazorat-kassa texnikasining yoki hisob-kitob terminallarini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik, xaridorga QR-kodli chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik - besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❇️ Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik - yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❇️ Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanganlik - yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❇️ Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik - yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Xalq_bilan_muloqot

Savol: Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlgan tadbirkor qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashga o'tsa, AOS toʻlovchisi boʻlgan vaqtda QQS bilan xarid qilgan mahsulotlar qoldigʻi hissasiga to'g'ri keladigan soliq summasini (QQSni) hisobga olishi mumkinmi?

Javob: Ushbu savolga viloyat Soliq boshqarmasi mutaxassisi bergan javob bilan batafsil videoda tanishishingiz mumkin.

👉 Jonli efirni to'liq formatda YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Xalq_bilan_muloqot

I-II-guruh nogironligi bo'lgan shaxslar qanday soliq imtiyozlariga ega?

"Taraqqiyot" telekanalining "Xalq bilan muloqot" ko'rsatuvi orqali ushbu savolga batafsil javob olasiz.

👉 Jonli efirni to'liq formatda YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Xalq_bilan_muloqot
#Barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi nima va u qanday baholanadi?

🔹Ochiq muloqotda bu borada ham alohida to'xtalib o'tildi va yuqori barqarorlik reytingiga erishish uchun qanday mezonlarga amal qilish kerakligi batafsil aytib o'tildi.

👉 Jonli efirni to'liq formatda YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TTY #savol_javob

Mahsulotlarimizni hamkorlarga temir yo‘l orqali yetkazib beramiz. Buning uchun elektron TTY rasmiylashtirish shartmi?

2024-yil 1-iyuldan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim.

Tadbirkorlar yuk tashishni nafaqat avtotransport vositasi, balki temir yo‘l orqali amalga oshirganda ham tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim. Elektron TTY tizimida bunday imkoniyat yaratilgan.

Soliq qoʻmitasi barcha xoʻjalik subyektlarini yuklarni avtotransport vositalari yoki temir yo‘l orqali tashishda "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"dan foydalanishga chaqiradi.

Yuk tashish ishtirokchilari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirib boriladi.

Maqsad – xoʻjalik yurituvchi subyektlarda koʻnikmalarni shakllantirish hamda tizimdan foydalanish boʻyicha qulayliklarni birgalikda yaratish.
______________
#ТТН #вопрос_ответ

Мы доставляем партнерам нашу продукцию по железной дороге. Нужно ли для этого оформлять электронный ТТН?

С 1 июля 2024 года всем хозяйствующим субъектам следует оформлять товарно-транспортные накладные (ТТН) в электронном виде.

Предпринимателям следует оформлять товарно-транспортные накладные в электронном виде при осуществлении перевозок не только автомобильным, но и железнодорожным транспортом. В системе электронных ТТН такая возможность предусмотрена.

Налоговый комитет призывает все хозяйствующие субъекты использовать "Систему электронных товарно-транспортных накладных" при перевозке грузов автотранспортом или железнодорожными путями.

Система подлежит дальнейшей оптимизации на основе предложений участников перевозок.

Цель – формирование у хозяйствующих субъектов навыков и совместное создание удобств при использовании системы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Barqarorlik_reytingi

✍️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va ijtimoiy reyestrdagi shaxslar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlanganligi aniqlanadi.

Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami ishchi-hodimlari sonini 10 foizidan 20 foizigacha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi, ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlanganda – 5 ball beriladi.

Agar tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami ishchi-hodimlari sonini 20 foizidan yuqorisi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi, ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlangan bo‘lsa – 10 ball beriladi.

Shuningdek, Yer maydonlari va mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi (ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganligi) aniqlanadi.

Yer maydonlari va ko‘chmas mulk obyektlari:

🔹o‘ziniki bo‘lsa – 10 ball;
🔹ijara shartnomasi bo‘yicha – 7 ball beriladi.

Agarda egaligida ham ijarada ham mavjud bo‘lmaganda, shuningdek ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotganligi aniqlansa – 5 ball chegiriladi. Reytingni aniqlashda shu kabi bir qator mezonlar nazarda tutilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob
#Deklaratsiya

❗️Soliq to'lovchilarning O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining yoki farzandining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan (to‘langan) ish haqi va boshqa daromadlari summasi soliqqa tortilmaydigan daromadlar sirasiga kiradi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar mazkur imtiyozdan quyida keltirilgan ikki xil usulda foydalanishlari mumkin:

🔹Birinchisi, jismoniy shaxs mehnat qilayotgan tashkilot rahbariga ariza bilan murojaat qilib, daromadlarining bir qismini ushlab, professional yoki oliy ta’lim muassasi hisobiga o‘tkazib berilishini so‘raydi. Tashkilot buxgalteriya bo‘limi xodimning arizasi asosida ushlab qolingan summani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim muassasasining hisob raqamiga o‘tkazib beradi va ushbu summani xodimning soliq solinmaydigan daromadlariga tarkibiga olib boradi va soliq ushlanmaydi.

🔹Ikkinchisi, agarda professional yoki oliy ta’lim muassasasiga to‘lovlar bevosita xodim tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan ish haqi va boshqa daromadlar hisobidan), soliq to‘lovchi soliq imtiyozidan yil yakunlari bo‘yicha keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladigan deklaratsiya asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega.

Deklaratsiya soliq to‘lovchining yashash joyidagi soliq idorasiga bevosita tashrif buyurish orqali yozma ravishda yoki my.gov.uz portali orqali elektron ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin. Taqdim etilgan deklaratsiya asosida hisoblab chiqilgan imtiyoz summasi soliq to‘lovchining hisob raqamiga (plastik kartasiga) o‘tkazib beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Men uyimda turli xildagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiraman. Ushbu yetishtirayotgan mahsulotlarimni eksportyor korxonalarga sotsam, olgan daromadimdan soliq to‘laymanmi

Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilgan.
*manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari bundan mustasno
👉Soliq kodeksi 378-modda 8-qism

Shuningdek, eksportyor korxonalar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, JSHODS boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Siz olgan daromadingizdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi to‘lamaysiz.
*ushbu dehqonchilik mahsulotlarini boshqa shaxslardan xarid qilib uni keyinchalik boshqa shaxslarga qayta sotish holatlari bundan mustasno
👉“Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads