Andijon viloyati soliq boshqarmasi
882 subscribers
4.98K photos
1.19K videos
83 files
4.18K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#onlayn_NKT

Onlayn-NKT tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida

Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishi shart.

O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Davlat reyestriga kiritilmagan, kassa cheklarida mahsulotlar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan, shuningdek, shtrix-kodlar va raqamli markirovka belgilarini erkin o‘qish hamda aniqlash qurilmalarini ulash imkoniyatiga ega bo‘lmagan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Soliq qo'mitasining rasmiy saytida onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reestrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Onlayn-NKM davlat reyestri
👉https://soliq.uz/page/davlat-reestri
Virtual kassa davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri
Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri

Tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.

👉VMQ-943-son 1-ilovas 8-band 23.11.2019-yil

Agar soliq xizmati xodimlari tomonidan maʼlum bir onlay-NKTdan majburan foydalanishga undash holatlariga duch kelsangiz, bu haqda @dsq_anticorrupciya_bot orqali xabar bering.
___________
#онлайн_ККТ

Выбор модели онлайн-ККТ за предпринимателем

Все предприниматели, имеющие наличную выручку, должны использовать онлайн-ККМ либо виртуальную кассу.

На территории Узбекистана разрешается применение онлайн-ККМ и виртуальных касс, только включенных в установленном порядке в Государственный реестр.

Не допускается применение онлайн-ККМ и виртуальных касс, не включенных в Государственный реестр, не отображающих на кассовых чеках идентификационные коды по Единому электронному национальному каталогу продукции, а также не имеющих возможности подключения устройств свободного считывания и определения штрих-кодов и цифровой маркировки.

С реестрами онлайн-ККМ, виртуальных касс и ЦТО можно ознакомиться на официальном сайте Налогового комитета:

Государственный реестр онлайн-ККМ
👉 https://soliq.uz/page/davlat-reestri?lang=ru
Государственный реестр виртуальных касс
👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri?lang=ru
Государственный реестр Центров технического обслуживания
👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri?lang=ru

Предприниматели вправе свободно выбирать модель онлайн-ККМ или виртуальной кассы, внесенной в Государственный реестр, исходя из стоимости, функциональности, удобства в использовании и других характеристик.

👉 Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Если вы столкнулись с тем, что сотрудники налоговых органов принуждают к использованию определенной онлайн-ККТ, сообщите об этом через специальный Telegram-бот @dsq_anticorrupciya_bot.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
__________
#онлайн_ККТ

Покупателям должны выдавать чек с QR-кодом

Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.
Такой чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.
👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

При осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации или платформы электронной коммерции (маркетплейсы) предоставляется электронный фискальный чек.
👉ПКМ № 943 от 23.11.2019 г.

Осуществление торговли и оказание услуг без применения контрольно-кассовой техники, реализация товаров и оказание услуг без выдачи чека покупателю считается налоговым правонарушением и является основанием для привлечения к ответственности в установленном порядке.
👉ст.221 НК

Осуществление расчетов через P2P-переводы (с карты одного физического лица на карту другого физлица) за товары или услуги между продавцом и покупателем без выдачи чека противоречит налоговому законодательству❗️

Подать жалобу на невыдачу чека можно в разделе "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari taqdim etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi (O‘RQ-926-son 13.05.2024).

Mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan taʼminlash va ularning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek turizmni rivojlantirish maqsadida Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq quyidagi vaqtinchalik soliq imtyozlari taqdim etilmoqda:

🔹 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi;

🔹 2026-yil 1-yanvargacha kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinadi.
_______
#новое_в_законодательстве

Для поддержки ювелирной промышленности и деятельности детских оздоровительных лагерей предоставлены налоговые льготы

Законом Республики Узбекистан в Налоговый кодекс внесены дополнения (№ЗРУ-926 от 13.05.2024 г.).

В целях обеспечения отечественных производителей ювелирных изделий сырьевыми ресурсами и увеличения их экспортного потенциала, а также развития и поддержки туризма дополнена статья 483 Налогового кодекса, в соответствии с которой предоставляются следующие временные налоговые льготы:

🔹с 1 января 2024 года до 1 января 2027 года освобождается от НДС ввоз на территорию РУз драгоценных камней, используемых для производства ювелирных изделий;

🔹до 1 января 2026 года полученная домами отдыха и зонами отдыха, организуемыми на базе детских оздоровительных лагерей в системе профессиональных союзов в период вне сезона отдыха детей, прибыль от оказания услуг в данном направлении освобождается от налога на прибыль.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Sayyor_qabul

Jalaquduqda ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun aholining murojaatlarini o‘rganish, muammolarni manzilli hal etish, hukumat va aholi orasida ko‘prik vazifasini o‘tash maqsadida shahar va tumanlarda boshqaruv organlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Ana shunday sayyor qabulning navbatdagisi Jalaquduq tumanida o‘tkazildi. Viloyat Soliq boshqarmasi rahbari ham mazkur tadbirda ishtirok etib, aholi murojaatlarini o‘rgandi.

Mazkur qabul jarayonlarida 30 ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyati farzandining to‘lov kontraktiga to‘langan 12% daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha bo‘ldi hamda tuman soliq inspeksiyasi rahbariga masalani 1 kun muddat ichida hal etish topshirig‘i yuklatildi.

Ijrosi vaqt talab etadigan va hamkor tashkilotlar ko‘magida hal etiladigan masalalar qat’iy nazoratga olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-may

aprel oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-moddasi 4-5 qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#JShODS #YTT

2024-yil 15-may - may oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉 O‘zbekistonda 274,7 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#ijtimoiy_soliq #YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq miqdorlari

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT)oyiga 340 000 so‘m;

🔹savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno)oyiga 170 000 so‘m.

Ijtimoiy soliq to'lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- har oyda to'laydiganlar 15 sanadan kechiktirmay;
- yilda 1 marta to'laydiganlar 1 dekabrgacha.

👉 Soliq kodeksi 408-modda

❗️Bugun – YTT tomonidan may oyi uchun ijtimoiy soliq to‘lashning oxirgi kuni.
____________
#социальный_налог #индивидуальный_предприниматель

Размеры социального налога для индивидуальных предпринимателей

Соцналог уплачивают:

🔹индивидуальные предприниматели в размере 340 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников индивидуальных предпринимателей, осуществляющих деятельность в торговых комплексах и на рынках - 170 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников других индивидуальный предпринимателей — 340 000 сумов в год;

🔹семейные предприниматели без образования юрлица:
▫️член семьи, зарегистрированный в качестве индивидуального предпринимателя, — 340 000 сумов в месяц;
▫️другие члены семьи (за исключением не достигших 18 лет)170 000 сумов в месяц.

Уплата соцналога производится в следующие сроки:
- теми, кто уплачивает ежемесячно, - не позднее 15 числа;
- теми, кто уплачивает раз в год, - до 1 декабря.

👉ст.408 НК

❗️Сегодня - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями социального налога за май.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Antikorrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbir davomida bozorlar va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda, uni oldini olish uchun qanday yo‘l tutish kerakligi borasida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Bundan tashqari, savdo shoxobchalarida faoliyat yuritishni qonuniy asosda tashkil etish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida targ‘ibot materiallari tarqatildi.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasining rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat Soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|