Andijon viloyati soliq boshqarmasi
846 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-may

aprel oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

may oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#aksiz_soligi

Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig'i stavkalari

2024-yil 1-apreldan:

🔹neft mahsulotlari
uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi;

🔹quyidagilarga aksiz solig‘i joriy etildi:
▫️tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno)1 litr uchun 500 so‘m;
▫️energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr uchun 2 000 so'm.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#elon

Biznes yuritish muhitini yaxshilash uchun o‘tkazilayotgan baholashda ishtirok eting!

Soliq qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori (VMQ-595-son 22.09.2022) tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB)dan o‘tkazilmoqda.

Baholash natijalariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan va samarasiz yoki samaradorligi past bo‘lgan talab va tartiblarni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Ushbu masalalar yuzasidan taklif va mulohazalaringizni [email protected] pochta manziliga yuborishingiz mumkin.
__________
#объявление

Примите участие в проводимой оценке для улучшения условий ведения бизнеса!

Налоговым комитетом проводится оценка регуляторного воздействия (ОРВ) Постановления Кабинета Министров "О мерах по дальнейшему совершенствованию учета налогоплательщиков и упрощению порядка возмещения НДС" (ПКМ №595 от 22.09.2021 г.).

По результатам оценки будут разработаны предложения по изменению или отмене требований и порядков, которые не привели к достижению намеченных целей и являются неэффективными или малоэффективными.

Свои предложения и замечания по данным вопросам можно отправить по адресу электронной почты [email protected].

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉 Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 2-qism

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 5-qism

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*BHM 1 baravari = 340 000 so‘m
_______
#налоговая_отчетность

Несвоевременное представление налоговой отчетности влечет за собой ответственность

За несвоевременное представление налоговой отчетности должностное лицо налогоплательщика-юридического лица или налогоплательщик-физическое лицо привлекается к административной ответственности.
👉ст.220 НК

Несвоевременное представление налоговой отчетности влечет наложение штрафа:
🔹на индивидуального предпринимателя - в размере 3 БРВ*,
🔹на руководителя юридического лица - в размере 10 БРВ.
👉ч.2 ст.175 Кодекса об административной ответственности

Непредставление или несвоевременное представление налогоплательщиком в обслуживающий банк платежного поручения на уплату налогов и сборов влечет наложение штрафа на индивидуального предпринимателя или юрлицо в размере 5 БРВ.
👉ч.5 ст.175 Кодекса об административной ответственности

Постановление о наложении штрафа за административные правонарушения, зафиксированные через Единую автоматизированную информационную систему налоговых органов, направляется в персональный кабинет налогоплательщика в течение 3-х дней со дня вынесения настоящего постановления.
👉ст.309 прим.3 Кодекса об административной ответственности / ст.56 НК

*1 БРВ = 340 000 сумов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

📍Marhamat va Baliqchi tuman soliq inspeksiyasida Korrupsiyaga qarshi targ’ibot tadbirlari o’tkazildi


Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo’limi xodimlari tizimli ravishda korrupsiyaga qarshi targ’ibot tadbirlarini o’tkazib kelmoqda.

🔻Ana shunday targ’ibot tadbirlari Marhamat hamda Baliqchi tuman soliq inspeksiyalarida ham tashkil etildi. “Soliq tizimini korrupsiyadan holi sohaga aylantiramiz” shiori ostida o’tkazilgan tadbirda tuman prokuratura va departament xodimlari ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida inspektorlarga

▪️ korrupsion holatlarning oldini olish;
▪️ mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;
▪️ichki tartib va intizom qoidalariga qat’iy amal qilish;
▪️ xalq orasida korrupsiya orqali soliq xodimining sha'ni obro’sizlanishiga yo’l qo’ymaslik kerakligi tushuntirib o’tildi.

✔️ Mazkur holatlarning oldini olish va duch kelib qolganda qanday chora-tadbirlar ko’rish kerakligi borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Pillachilikni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralari


Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-72-son, 03.05.2024-y.

Hujjatda 2026-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash nazarda tutilgan:

🔹 uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish;
🔹 kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni, boʻshagan mablagʻlarni ularni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilish;
🔹 ipakchilik sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qoʻllagan holda toʻlash.

Shu bilan birga, ushbu soha uchun amalda quyidagi soliq imtiyozlari ham mavjud. Jumladan, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha foyda soligʻini 0 foiz stavkada qoʻllaydi.
👉 Soliq kodeksi 337-modda
Bunda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar eʼtirof etiladi:
▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini, shu jumladan uni oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;
▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur yer uchastkalariga ega boʻlsa.
👉 Soliq kodeksi 57-modda

Shuningdek, ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulklarga yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi solinmaydi.
👉 Soliq kodeksi 414-modda

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #agregator #komissioner

🚕 Siz TAXI qilasizmi Yandex, MY TAXI yoki boshqa agregatorlar orqali ishlaysizmi
Unda bu maʼlumot siz uchun❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

15-may - aprel oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

15 мая - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за апрель

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#AOS

2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi

Qatʼiy belgilangan summada AOS stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilangan:
▫️ jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 25 mln so‘m;
▫️ jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 34 mln so‘m.

Eslatib o'tamiz
, AOS stavkasi soliq toʻlovchilarning barcha toifalari uchun 4% miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda birxillashtirilgan. Shu bilan birga, ayrim hududlarda joylashgan korxonalar uchun pasaytirilgan soliq stavkalari saqlab qolingan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Barqarorlik_reytingi

“Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” – “Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartiruvchi eng muhim omil

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|