Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_tekshiruvi
Kameral soliq tekshiruvi: xatolikni bartaraf etgan 6 mingta subyektda soliq auditi oʻtkazilishining oldi olindi
Bugungi kunda kameral soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchining ishtirokisiz, uning hududga bormasdan hamda hujjatlarni talab qilmagan holda oʻtkazilmoqda.
2023-yil sentabr-dekabr oylarida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlarida qariyb 6 mingta subyektlar tomonidan 2,1 trln soʻmlik qayta hisobotlar taqdim qilindi va oʻz navbatida ularning faoliyatida soliq auditi oʻtkazilishi hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldi olindi.
Biroq, ayrim soliq toʻlovchilar berilgan yengilliklarga qaramasdan kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organlarining tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnomasiga javob bermasdan kelmoqda. Bu ularga nisbatan soliq auditi tayinlash zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Soliq toʻlovchilar faoliyatida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasi yuzasidan quyidagi hollarda soliq organlari soliq auditi tayinlashga haqli:
👉aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilmaganda;
👉aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalar taqdim etilmaganda;
👉taqdim etilgan asosnomalar yetarli emas deb topilganda.
2023-yil mobaynida 53,4 mingta subyektda oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlaridan 3,6 mingtasida (6,7%) soliq to‘lovchilar tomonidan aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki yetarli asosnomalar taqdim etilmadi.
Ushbu subyektlar faoliyatida quyidagi holatlar aniqlangan:
👉soliq solish bazasini kamaytirib koʻrsatish, shu jumladan xarajatlarni sunʼiy oshirish hisobiga soliqlarni kam hisoblash;
👉huquqni suiisteʼmol qilish, qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik uchun bitimlar tuzish (operatsiyalar amalga oshirish) orqali soliq toʻlamaslik;
👉xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga muvofiq emasligi hisobiga soliqlarning hisoblanmasdan qolganligi;
👉hisobga olinadigan soliq summasini notoʻgʻri oshirib koʻrsatish va toʻlanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarini qoʻllash.
Hurmatli soliq to‘lovchilar, kameral soliq tekshiruvlari natijasida aniqlangan tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini yoki asosnomalarni belgilangan muddatda taqdim etish tashkilotingiz faoliyatida soliq auditi tayinlanishini hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldini oladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi
▪️Andijon viloyatida soliq huquqbuzarligi haqida xabar berganlarga qancha mukofot to'landi?
✔️ 2024-yil yanvar-may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 42 228 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹38 735 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹1 940 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹91 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹1 462 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.
✅ Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha Andijon viloyatidan xabar bergan fuqarolarga 911 ta holat boʻyicha 720 mln soʻm mukofot to‘langan.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#raqamlashtirish
#soliq_tekshiruvi
▪️Soliq huquqbuzarliklari to'g'risida ma'lumot
2024-yil yanvar-iyul oylarida respublika miqyosida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 56 768 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan: Andijon viloyatida huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 1257 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 987.0 mln soʻm mukofot to‘langan.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|

2024-yil yanvar-oktabr oylarida respublika bo'yicha “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 81 236 ta murojaat kelib tushgan.
Andijon viloyatida huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 1 888 ta holat boʻyicha 1455,5 mln soʻm mukofot to‘langan.