Andijon viloyati soliq boshqarmasi
889 subscribers
4.27K photos
1.04K videos
73 files
3.68K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

🗓 Soliq xizmati organlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkaziladi.

Mazkur seminarlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etadi.

📍Tashkil etiladigan seminarlarning aniq vaqti va manzili:

🔹Andijon viloyati
🔹Buxoro viloyati
🔹Jizzax viloyati
🔹Navoiy viloyati
🔹
Namangan viloyati
🔹
Sirdaryo viloyati
🔹
Samarqand viloyati
🔹
Surxondaryo viloyati
🔹
Qashqadaryo viloyati
🔹
Farg‘ona viloyati
🔹
Xorazm viloyati
🔹
Toshkent viloyati
🔹
Toshkent shahri
🔹
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Barcha tadbirkorlik subyektlari vakillari va soliq to‘lovchilarni ushbu seminarga taklif qilamiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlar soliq qonunchiligiga oid yangiliklar bilan tanishtirildi.


Tashkilotchilar soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar tadbirkorlar manfaatlaridan kelib chiqilgan islohot ekaniga e’tibor qaratdilar. Masalan, qonunchilikning yangi shakllariga ko‘ra, kameral soliq tekshiruvlarida inspektorlarning ayrim vakolatlari qisqartirilayotgani ishbilarmonlarning yanada erkin faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Joriy yil 1-yanvardan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlari importi uchun stavka 5 foizga pasaytirilgani bilan tanishtirildi. Avvallari daromadi 5 millard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar har oyda bo‘nak to‘lovini amalga oshirishi kerak bo‘lgan. Endilikda foyda solig‘i bo‘yicha ushbu to‘lov majburiyati tadbirkorlik subyektlarining daromadi 10 milliard so‘mdan oshgan taqdirdagina talab etilishi hamda boshqa qator yangiliklar haqida atroflicha ma’lumotlar keltirildi.

Shuningdek, tadbirkorlarning mol-mulki, suv solig‘i uchun o‘rnatilgan tartiblarga oid qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi. Sohada muammoga duch kelayotgan ishbilarmonlarning muammosi tinglanib, aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari qat’iy nazoratga olindi.

Darvoq'e, joriy yil 1-apreldan ayrim mahsulotlarga qo‘llangan QQS imtiyozi bekor qilinmoqda. Buning o‘rniga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan aholiga xarid cheki uchun 12 foizli keshbek sifatida qaytarib berilayotgan mahsulotlar ro‘yhati kengaytirilayotgani soliq istohotida ijtimoiy adolatni ta’minlashni nazarda tutmoqda.

Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlardan jismoniy shaxslar uchun manfaatli imtiyozlar ham o‘rin olgan. Misol uchun, avval ota-onalar maoshidan farzandining kontrakti uchun yo‘naltiriladigan mablag‘ga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyoz talabaning yosh chegarisiga bog‘liq bo‘lgan. Tadbirkorlar bevosita ish beruvchi sanalgani uchun ham endilikda, mazkur imtiyoz berilishida yosh chegarasi olib tashlanganidan xabardor qilindi. 250 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etgan uchrashuv konstruktiv, ochiq ruhda, savol-javoblarga boy tarzda kechdi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ishbilarmonlarga soliq qoʻllanilishida  yengillik va imtiyozlar tanishtirildi

Batafsil:👆 "Ovoza" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq to'lovchilarga qonunchilikdagi o'zgarishlar bo'yicha seminar o'tkazildi

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Seminar

Andijonda ham onlayn-taksi agregatorlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish davom etmoqda


Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan hududiy soliq boshqarmalarida ZOOM platformasi orqali yo‘nalishsiz taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar hamda onlayn-taksi agregatorlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Unda viloyatimizda ushbu yo‘nalishdagi 10 dan ortiq korxonalar vakillari hamda sohaga agregatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchilar ishtirok etdilar.

Seminarda avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshirish, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarda o‘zini-o‘zi band qilgan holda amalga oshirishga lisenziya varaqasi shartliligi, mijozlarni izlash bo‘yicha maxsus dasturlarni soliq qo‘mitasining elektron axborot bazasi hamda tegishli yagona interaktiv axborot tizimiga integratsiyalash hamda yo‘lovchilarga taksi xizmatlari uchun chek berish lozimligi xususida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Andijon viloyatida yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 7 tani tashkil etadi. Biroq ularning aksariyati soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmagan. Seminarda ishtirokchilarga axborot xavfsizligi talablari, amalga oshiriladigan integratsiya jarayonlarining tekinligi va yo‘lovchilarga elektron fiskal chek taqdim etish tartibi tushuntirildi. Jumladan, agregatorlarga “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markaziga integratsiyalash yuzasidan murojaat yo‘llash bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Elon
#Seminar

Hurmatli tadbirkorlar!

13-yanvar kuni Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti majlislar zalida soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

Manzil: Andijon tumani Kuyganyor MFY Oliygoh ko'chasi 1-uy.

Seminar Soliq qo‘mitasi rais o‘rinbosari J.Abdiyev va soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.

Boshlanish vaqti - 14:00

Sizni ushbu sеminarimizga taklif etamiz.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Seminar

Ayni paytda Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti majlislar zalida  "Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar" bo'lib o'tmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Seminar
#soliq_siyosati_2025

Tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutida viloyat tadbirkorlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Soliq qo‘mitasi vakillari hamda viloyat soliq boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda mahalliy tadbirkorlar uchun 2025-yilda soliq sohasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar hamda qo‘shimchalar borasida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Shu bilan birga sohaga oid mavjud muammolar atroflicha muhokama etildi.

Xususan, tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari, hisobot topshirish davri, qo‘llanilayotgan ma’muriy jarimalar, qolaversa, sohada amalda bo‘lgan dasturlarning yangi formatlari borasida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. 350 nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida ular tomonidan soha mutaxassislariga ham bir qator savollar yo‘llanib, tegishlicha javoblar olindi.

Qizg‘in muhokamalar ostida o‘tgan seminar tadbirkorlarda iliq taassurot qoldirdi. Zero, o‘zaro hamkorlik, kelgusi faoliyat uchun zamin vazifasini o‘taydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#soliq_siyosati_2025

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqot: soliq qonunchiligiga oid yangiliklar va o‘zgarishlar


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#soliq_siyosati_2025

Tadbirkorlar soliq tizimiga oid qonunchilikdagi o'zgarishlar bilan tanishtirildi.

Batafsil: 👆
"Andijon axboroti” informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#seminar #soliq_siyosati_2025

Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tdi

🗓Joriy yilning 13–17-yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida 2025-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi.

Seminarlar Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar hamda qo‘shimcha imtiyozlar haqida ma’lumotlar bilan tanishdi.

Quyidagi viloyatlarda seminarlar o‘tkazildi:
📱 Xorazm viloyati
📱 Qashqadaryo viloyati
📱 Navoiy viloyati
📱 Samarqand viloyati 
📱 Surxondaryo viloyati
📱 Jizzax viloyati
📱 Buxoro viloyati
📱 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📱 Farg‘ona viloyati

Bu kabi seminarlar soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etishda va ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#soliq_siyosati_2025

Tadbirkorlar soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

👉Batafsil: Uza.uz

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|