Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Savol_javob

✍️ Bolalikdan nogironligi bo'lgan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar daromadlar qaysi oyda olingan bo'lsa, o'sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 3 barobari miqdoridagi daromadlari bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod etiladi.(Soliq kodeksi 380-modda)

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
🗣 Diqqat, ovozli chat!

📚Bugun soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlarga soliq imtiyozlari berilishi bo‘yicha ovozli chat tashkil etiladi.

👉 Savollaringizni qoldiring

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 20-may
dam olish (shanba) kuniga to‘g‘i kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 22-mayga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
_______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 20 мая - выходной день (суббота), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 22 мая.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

👩‍🎓 Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ularning ta'lim olishi uchun yo‘naltirgan summadan to‘langan daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

🎞 Batafsil videolavhada

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Sport
#Stol_tennis

Andijon viloyatida stol tennis bo’yicha xalqaro turnirga start berildi.

Bugun Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Shiriyev Rafiq xotirasiga bag’ishlangan stol tennis bo’yicha xotira turniri tashkil etildi.

Tadbirni O’zbekiston stol tenisi federatsiyasi Andijon viloyati bo’limi raisi, viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i ochib berdi.

Turnirda Qozog’iston, Qirg’ziston, Tojikiston, Turkmaniston ham O’zbekistonning barcha viloyatidan kelgan 450 nafardan ortiq 🏓stol tennischilari erkaklar va ayollar yo'nalishida o'z omadini sinovdan o'tkazishga kirishishdi.

Bu kabi turnirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda xalqaro musobaqalardagi ishtirokini ta’minlashdan iborat.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport
#Stol_tennis

ANDIJONDA XALQARO STOL TENNIS TURNIRIGA START BERILDI

Bugun Shiriyev Rafiq xotirasiga bag’ishlangan stol tennis bo’yicha xotira turnirining saralash bahslariga start berildi.

Ushbu bellashuvlar 21-may kuni o'z nihoyasiga yetadi hamda 🥇 g'olib va 🥈🥉 sovrindorlar aniqlanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|