Andijon viloyati soliq boshqarmasi
884 subscribers
4.98K photos
1.19K videos
83 files
4.19K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Yoshlar_uchrashuvi

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i, viloyat 4-sektor rahbari ishtirokida uyushmagan yoshlar bilan "Kelajak yoshlarniki" shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.

👉Batafsil: "Andijon axboroti"
informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Yoshlar_uchrashuvi

Viloyat 4-sektor rahbari boshchiligida uyushmagan yoshlar bilan "Kelajak yoshlarniki" shiori ostida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Oltinkol_tumani

Oltinko'lning ichki yo‘llari asfaltlashmoqda

O‘z navbatida ko‘p yillar o‘nqur-cho‘nqir bo‘lib, aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan ushbu muammolar bugungi kunda o‘z yechimini topayotganidan aholi juda mamnun bo‘lmoqda.

Prezidentimizning 408-sonli qarori bo'yicha Oltinko'l tumani 4- sektor hudududagi Xondibog'i MFYda uzunligi 5 km bo‘lgan ichki yo'llarda asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

Bunday sa'y- harakatlar natijasida hududlar qiyofasi kundan kunga chiroy ochib, obod mahallalarga aylanib boraveradi. Ana shunday ko'rkam maskanlarda yashash har bir yurtdoshimizga yarashadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati

4-SEKTOR: XALQ MANFAATLARI YO'LIDA

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati

“Qizilto‘qay” mahallasining qishda loyi, yozda changi chiqadigan ko‘chalari tarixga aylanmoqda

Qo‘rg‘ontepaning og‘ir hududi sanalgan “Qizilto‘qay” mahallasining qishda loyi, yozda sangi chiqadigan ko‘chalari tarixga aylanadigan bo‘ldi. Boisi, ushbu mahallaga respublika byujetidan 1 millard so‘m mablag‘ ajratildi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ya’ni 4-sektori ko‘magida mahallaning ichki yo‘llariga asfalt yotqizilmoqda.

Qizilto‘qayning hayot uchun xavf solayotgan ko‘chalaridagi simyog‘ochlar betonlisiga almashtirilishi endi orzu emas, odamlarning ko‘z o‘ngida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar. Ichimlik suvi yetib bormagan ko‘chalarga tarmoq tortilishidan chelaklab suv tashiydigan ayollarning hasratlari bitadigan bo‘ldi.

Mahallasining infratuzilmalari bir axvol ekanidan mehmon kelsa hijolat tortadigan odamlarning “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi sabab turmushiga yangicha nafas kirmoqda. Mahalla binosi esa viloyat 4-sektori homiyligida yangitdan bunyod etilyapti.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘tgan 2023-yil davomida 4-sektor hududida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida hisobot berdi.

Andijon viloyatida Soliq boshqarmasiga biriktirilgan 4-sektor hududlarida 219 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ularda 203,6 ming oila, 773,4 ming aholi istiqomat qiladi.

Qayd etilishicha, viloyat shahar, tuman 4-sektor rahbarlari tomonidan 2023-yilning 12 oyi davomida biriktirilgan 219 ta mahalla fuqarolari yig'inlari aholisi ishtirokida 1 076 marotaba sayyor qabullar va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Sayyor qabullar va ehtiyojmand aholining muammolari o'rganilishi davomida 9 675 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 8 795 tasi (91 foizi) joyida hal etilgan bo‘lsa, 669 tasiga (7 foizi) tushuntirish berilgan, qolgan 200 tasining ijrosi nazoratga olingan.

Shuningdek, 2023-yil davomida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar soni 9 336 nafarni tashkil etgani, bugungi kunga qadar sektor hududidagi 7 102 nafar yoshlarning muammoli masalalari ijobiy hal etilgani, takliflari bilan qiziqilgani xususida ham hisobot berildi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati

Shahrixonning "Oq oltin" mahallasi obod bo'ladi

Andijon viloyati 4-sektoriga biriktirilgan "Oq oltin" mahallasining qishda loyi, yozda changi chiqadigan ichki yo'llari tarixga aylanadigan bo'ldi. "Qizil" toifa hududiga kiritilgan mahalla "Obod xonadon, obod ko'cha, obod mahalla" davlat dasturiga kiritilgandi.

Kuni kecha viloyat 4-sektori mutasaddilari, viloyat va Shahrixon tumani hokimliklari vakillari, nuroniylar, mahalla faollari "Oq oltin"ni obod qilish tadbirlarini ochib berishdi.

Hozirgacha sektor mutasaddilari tomonidan mahallaning ta'mirtalab ichki yo'llari, ichimlik suvi tarmoqlari, rekonstruksiyaga muhtoj ijtimoiy soha obyektlari xatlov asosida aniqlandi.

Yaqin kunlarda belgilangan rejaga ko'ra, oqoltinliklarning turmush tarziga yangi nafas olib kiradigan davlat dasturining ijrosiga qaratilgan obodonchilik, bunyodkorlik ishlariga start beriladi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#raqamlashtirish
#sektor_faoliyati

📊 Andijonda 2024-yil I yarmida sayyor qabullarda 3.5 mingdan ortiq murojaat o'rganildi


2024-yil yanvar-iyun oylarida Soliq xizmati organlarining hududiy 4-sektori respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 6 527 ta sayyor qabullarda 49 632 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan Andijon viloyatida:

▫️hududlar kesimida o'tkazilgan sayyor qabullar – 521 ta;
▫️kelib tushgan murojaatlar – 3 634 ta;
▫️hal etilgan murojaatlar – 86,7 foizni tashkil etilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

🔺Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari L.Qurbonov tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

✔️Andijon shahrining turli mahallalarida istiqomat qilayotgan oila vakillari bayram arafasidagi ushbu tashrifdan mamnunligini bildirib o‘tdi. Viloyat soliq boshqarmasi xodimlaridan iborat vakillar 10 ga yaqin xonadonlarga tashrif buyurib, birlamchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z egalariga topshirishdi.


🔸Zero, bugun hech kim e’tibordan chetda emas. Xalq dardi, yurt ravnaqi uchun xizmat qilayotgan, shu bilan birga o‘z kasbiga sidqidildan yondashayotgan mamlakatning ertangi kuni bugunidanda go‘zal bo‘lishiga hech shubha yo‘q.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Sektor_faoliyati

2025-yil  - Yoshlarni ishsizligiga barham berish yili!

Prezidentimiz raisligida joriy yil 14-fevral kuni yoshlar bilan videoselektr shaklida muloqot o'tkazildi. Ushbu o'tkazilgan uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etilgan edi.


Qo'rg'ontepa tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i boshchiligida mas'ul mutasaddi va mahalla vakillari ishtirokida tumanning 4-sektor hududidagi Yangi hayot MFYda 30 ga yaqin bitiruvchi yoshlar bilan muloqot olib borildi.

Uchrashuvda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, bo'sh ish o'rinlari, qolaversa, yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash borasida tashkil etilayotgan amaliy chora-tadbirlar borasida ham to'xtalib o'tildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|