Andijon viloyati soliq boshqarmasi
846 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Yer_qa'ridan_foydalanganlik_uchun_soliq_hisob_kitobini_to‘ldirish.pdf
655.7 KB
#soliq_hisoboti

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

🔸Endilikda hisobotning 040-ustunida noruda qurilish materiallari boʻyicha hisoblangan soliq summasi alohida aks ettiriladi.

🔸Ushbu soliq summasi hisobotning 3-ilovasida hisoblab chiqariladi va soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkasi (185-kod)da alohida shakllanadi.

📚Noruda qurilish materiallari boʻyicha soliq hisobotlari qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga har oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan. (Soliq kodeksi 454-modda)

👉Noruda qurilish materiallari roʻyxati

👉Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotining yangi paket kodi: 10701_26

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Soliqchi_komakchi

Joriy yil yanvar oyida “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar

👉
Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ishchi_guruh

ANDIJON TAJRIBASI: KO'RGAZMALI SEMINAR

👉Batafsil: "Andijon axboroti"
informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq xizmati organlarida murojaat yechimi ustuvor vazifa

Soliq xizmati organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, hududlardagi muammolarni oʻrganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida soliq toʻlovchilar murojaatlarini ogʻzaki, yozma va elektron koʻrinishda qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Soliq uzilish koeffitsiyenti paydo bo‘lish sababini qanday aniqlash mumkin?

1. My.soliq.uz portali bosh sahifasining chap tomonida joylashgan “QQS to‘lovchilarni aniqlash” bo‘limiga kiriladi.

2. Ochilgan oynada “Soliq uzilishi” sahifasi tanlanadi. Ushbu sahifa 2 ta bo‘limdan iborat - soliq to‘lovchining asosiy ko‘rsatkichlari va soliq uzilishi koeffitsiyentiga taʼsir etuvchi asosiy kontragentlar haqidagi ma’lumotlar.

Qo'shimcha ma'lumot uchun ushbu sahifada ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali Soliq qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmalari mutaxassislariga murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz
❗️Soliq uzilishi koeffitsiyenti soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar kontragentlarini tanlash chogʻida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi uchun joriy qilingan.

👉O‘tgan yil yakuniga ko‘ra soliq uzilish koeffitsiyenti o‘rtacha 2 barobarga kamaydi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Ishchi_guruh
#Korgazmali_seminar

Davlatimiz rahbarining Andijonga tashrifi davomida ijtimoiy soha muassasalari isitish tizimini Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etish bo‘yicha Andijon tajribasi bilan tanishish bo'yicha ko'rgazmali seminar davom etmoqda.

Bugun Samarqand viloyati Jonboy tumani ijtimoiy soha vakillari Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i hamrohligida Bo‘ston tumaniga tashrif buyurdilar.

Shuningdek, tumandagi qish mavsumiga tayyorgarlik va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#marketpleys #onlayn_NKM

To‘lov tashkilotlari hamda TXKM vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

♻️Unda toʻlov tashkilotlari va marketpleyslarning soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Soliq qo‘mitasi tomonidan toʻlov tashkilotlari va TXKMlarga toʻlovlarni fiskallashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotgani, bundan ko‘zlangan maqsad:
🔸xaridor va tadbirkorlarga qulaylik yaratish;
🔸elektron to‘lovlarni kengaytirish orqali xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish;
🔸iste'molchilarga kassa cheki (elektron chek)ni taqdim etish orqali ularga avtomatik keshbek hisoblanishini
ta'minlash ekanligi ma'lum qilindi.

📚Shu bilan birga, to‘lov tashkilotlari va TXKM tomonidan qonun hujjatlariga to‘laqonli rioya etilishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlarni yanada jadallashtirishga hamda joriy yilning 1-mart sanasiga qadar tizimdan foydalanishda xatoliklarga yo'l qo‘yayotgan savdo shoxobchalariga tushuntirishlar berishga kelishib olindi.

👉To'lov tashkilotlari bilan navbatdagi uchrashuv: yagona maqsad sari birgalikda harakat

👉
Onlayn to‘lovlar uchun fiskal belgili chek shakllantirish muhokama qilindi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

✍️ 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiritilgan Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida tovarlar eksportini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun quyidagi soliq stavkalari va soliq imtiyozlari nazarda tutilgan:

🔹Kodeksning 260-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlarga QQSning nol darajali stavkasi bo‘yicha soliq solinadi. Bunda, tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
🔸 kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
🔸 tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
🔸 O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;

🔹Kodeksning 337-moddasiga asosan, tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga nisbatan foyda solig‘ining “O” darajali stavkasi bo‘yicha soliq solinadi (bunda, tovarlar eksport qilinganda, 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq to‘lovchilar tomonidan, tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar (xizmatlar) eksportga chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, qo‘llanilmaydi) ;

🔹Kodeksning 464-moddasiga asosan, tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar uchun soliq bazasi bo‘lib hisoblanmaydi (ya’ni, tovarlarni eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlardan aylanmadan olinadigan soliq to‘lanmaydi).

Yuqoridagi soliq stavkalari va imtiyozlar soliq to‘lovchilar tomonidan tovarlarni o‘zlari ishlab chiqarganligi yoki boshqa ishlab chiqaruvchilardan sotib olinganligidan qat’iy nazar qo‘llaniladi.

☝️ Yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq bo‘yicha nazarda tutilgan “0” darajali soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

🔘 ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan xom-ashyo tovarlar eksportiga (“pishgan g‘isht” ushbu ro‘yhatga kiritilmagan. 03.11.2017-yildagi PQ-3351-son qaror ilovasi);
🔘xalqaro tashishlar xizmatlariga, bundan avtotransportda tashishlar mustasno;
🔘 tovarlarni quvurlar orqali va gaz quvurlari orqali tashish bo‘yicha xizmatlarga.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Andijon viloyatida muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun qoʻllanilgan 212,3 mlrd soʻmlik jarimalarni undirish toʻxtatildi

Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-fevralda PQ-43-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2023-yil 1-aprelga qadar tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llanilishi, shuningdek, mazkur qaror kuchga kirguniga qadar qo‘llanilgan jarimalar undirilishi to‘xtatildi.

Buning natijasida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllanilgan 212,3 mrld soʻm miqdoridagi jarimalarni undirish hamda 22,7 mlrd soʻmlik jarimalarni qoʻllash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻxtatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 10-fevral

yanvar oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

fevral oyi uchun:

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan mol- mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan masofadan qanday foydalanish mumkin?

❗️Jismoniy shaxslar:


👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash
▫️talabalar bilan, shuningdek, avtomobil uchun tuzilgan ijara shartnomasini ro'yxatdan o'tkazish
▫️ soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish
▫️O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish

👉 my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinet orqali -
▫️Jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish (Tez kunda deklaratsiyani elektron taqdim etish bo‘yicha yangi xizmat test rejimida ishga tushiriladi)
__________
#солиқчи_кўмакчи

Как воспользоваться налоговыми услугами удаленно?

❗️Физические лица
могут:

👉в мобильном приложении Soliq (Android / iOS):
▫️уплатить налоги
▫️зарегистрировать договоры аренды со студентом, а также автомобиля
▫️получить справку об отсутствии налоговой задолженности
▫️зарегистрироваться в качестве самозанятого

👉через персональный кабинет на на сайте my.soliq.uz -
▫️подать декларацию о совокупном годовом доходе (В скором времени в тестовом режиме будет запущена новая услуга по представлению декларации в электронной форме).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

📊Hujjat bilan tadbirkorlik subyektlari quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratiladi:

📌 kichik tadbirkorlik subyektlari:
🔹 yakka tartibdagi tadbirkorlar;
🔹 mikrofirmalar – taʼsischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
🔹 kichik korxonalar – jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi taʼsischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;

📌oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 10 mlrd soʻmdan 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;

📌 yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 100 mlrd soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM