Andijon viloyati soliq boshqarmasi
847 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_soligi

Yer solig‘i stavkalarini Soliq qo‘mitasining interaktiv xizmatidan bilib oling

🌐Soliq qoʻmitasining www.soliq.uz rasmiy veb-saytiga “qishloq hoʻjaligi uchun moʻljalanmagan yerlar boʻyicha soliq stavkalari” joylashtirildi 👉 https://soliq.uz/regulations/land-property-tax

Ushbu havolada yuridik va jismoniy shaxslar uchun respublika miqyosida tuman (shahar)larning mahalla va koʻchalari kesimida qishloq hoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlarini bilib olish mumkin.

👉Yuridik shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari
👉Jismoniy shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari

Oynada kerakli hudud tanlanganda tasdiqlangan soliq stavkalarining aniq miqdorlari haqida maʼlumot shakllanadi.

Misol:
Toshkent shahri Mirobod tumani “Bayot MFY”ning 4-zonasida joylashgan korxonaning umumiy yer maydoni 1 100 kv.m. qishloq hoʻjaligi uchun moʻljalanmagan yerlar boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalariga koʻra, ushbu hudud boʻyicha 1 kv.m uchun yer soligʻi stavkasi 9 900 soʻm.
Shundan kelib chiqib, ushbu korxonaga 2023-yil uchun hisoblanadigan yer soligʻi summasi 1 100 x 9 900 = 10 890 000 soʻmni tashkil qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

👉Batafsil: "Andijon axboroti"
informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mol_mulk_soligi

2023-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllari

Bo‘nak to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakli
ni soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 30 kundan kechiktirmay ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etadi.
👉Soliq kodeksi 417-modda

2023-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS to‘lovchilar uchun – 10401_29;
▫️ AOS to‘lovchi hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar uchun – 10401_30.

📌O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaklarini taqdim etishlari talab etilmaydi.

🔹 Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining to‘lash muddatlari:
▫️
AOS to‘lovchi subyektlar uchun yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
▫️
AOS to‘lovchi hisoblanmaydigan subyektlar uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
📌Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.


Ma'lumot uchun, Yuridik shaxslar tomonidan 2022-yil uchun soliq hisoboti (10403_12) soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, 2023-yilning 1- martidan kechiktirmay taqdim etiladi.

👉2023-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Xojaobod_tumani

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.

Xo‘jaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan hududdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga ko‘mir va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, sektor rahbari tashabbusi bilan "Mustaqillikning 30 yilligi" mahallasidagi ehtiyojmand, kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz yashovchi fuqarolarga hamda qish-qirovli kunlarda ham yo’llardagi tozalikni ta’minlayotgan, muzlamalarni bartaraf etayotgan ishchi xodimlar hamda kommunal sohalarda mehnat qilayotgan insonlar uchun osh tarqatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_tushumlari

2022-yilda eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar — TOP-20:
👉Ishlab chiqarish
👉Qurilish
👉Savdo
👉Xizmat ko‘rsatish
👉Umumiy ovqatlanish
__________
#налоговые_поступления

Топ-20 крупных налогоплательщиков 2022 года в сфере:
👉производства
👉строительства
👉торговли
👉обслуживания
👉общественного питания

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

🔴Agar 2022-yil 1-sentabrdan keyin korxonaning jami daromadi birinchi marta 10 mlrd so‘mdan oshsa, 2023-yilning I choragi uchun bo‘nak to‘lovi maʼlumotnomasini to‘ldirishda 7,5% stavka ko‘rsatishi mumkinmi

🔵Quyidagilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari maʼlumotnomasini to‘ldirishda belgilangan soliq stavkasini (15%) 50%ga pasaytirgan holda (7,5%) qo‘llashi mumkin.

2022-yil 1-sentabrdan keyin:
♻️AOS to‘lovchilar ilk marta foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgandan keyingi yil mobaynida, agar jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmasa;
♻️jami daromadi joriy soliq davrida ilk marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar joriy va keyingi soliq davrida, agar jami daromadi 100 mlrd so‘mdan oshmasa.

👉Soliq kodeksi 337-modda 11-qism
__________
#налог_на_прибыль

🔴 Если совокупный доход организации впервые превысил 10 млрд после 1 сентября 2022 г., можно ли при заполнении справки об авансовых платежах за I квартал 2023 г. указать ставку налога в размере 7,5%?

🔵При заполнении справки об авансовых платежах по налогу на прибыль применять ставку в размере 7,5%, сниженную на 50% от установленной ставки (15%) можно в следующих случаях:

После 1 сентября 2022 года

♻️плательщики налога с оборота впервые перешедшие на уплату налога на прибыль, - со следующего года, при этом совокупный доход налогоплательщика не должен превышать 10 млрд сумов;

♻️налогоплательщики, у которых совокупный доход в течение текущего налогового периода впервые превысил 10 млрд сумов, - в текущем и следующем налоговом периоде, если совокупный доход не превысил 100 млрд сумов.

👉ч.11 ст.337 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

🗓 2023-yil 19-yanvar kuni 2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha onlayn-seminar o‘tkaziladi.

Seminar Andijon viloyati DSB rahbariyati va mas’ullari ishtirokida o‘tkaziladi.

🔹Bozorlar va savdo komplekslari, xizmat ko'rsatish sohasi bo'yicha - soat 11:00 da
🔹Qurilish va transport sohasi bo'yicha - soat 15:00 da

🌐 Onlayn seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Login: 3454966185
Parol: 123456

Marhamat, ishtirok eting, yangilik va o‘zgarishlar bilan tanishing, savollaringizga batafsil javob oling!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Qat'iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar JShODS bo‘yicha hisobotini taqdim etadimi?

Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlovchilar dividendlarga foyda soligʻi va JShODS solinmaydi hamda ushbu soliqlar boʻyicha soliq hisobotini taqdim etmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqchi_komakchi
#AOS

🗓2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy asosda jami daromad summasiga qarab 20 mln yoki 30 mln so‘m qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni tanlash huquqiga egalar.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida mazkur yangilik mohiyati va afzalliklari tadbirkorlarga joyiga chiqqan holda batafsil tushuntirilmoqda. Ta’kidlash joiz, qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibiga o‘tish soliq to‘lovchiga qator yengilliklar beradi.

✍️Misol uchun, Andijon shahrida umumiy ovqatlanish xizmatini ko’rsatuvchi xususiy korxonaning 2022-yildagi tovar aylanmasi 741.3 mln so’m bo’lib 8 foizli stavkada 59.2 mln so’m aylanmadan olinadigan soliq to’lagan. Ushbu tadbirkorlik subyekti 2023-yilda ham xuddi shunday tovar aylanmaga ega bo’ladigan bo’lsa, yangi tartibga ko’ra 30 mln so’m qat'iy soliq to’laydi, ya’ni 2022-yil bilan taqqoslaganda 29.2 mln so’m qo’shimcha mablag’ tadbirkor ixtiyorida qoladi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar jarayonida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tish va soliq to‘lash muddatlari tushuntirilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq sohasining mutaxassislari ishtirokida navbatdagi onlayn seminar 🗓 19-yanvar kuni "2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar" mavzusida bo‘lib o‘tadi.

🌐 Onlayn seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE orqali kuzatib borish imkoniyati mavjud.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_qarzi

Sohalar kesimida 2022-yilda 100 mln soʻmdan ortiq soliq qarzi boʻlgan tashkilotlar – TOP-10:
👉ishlab chiqarish
👉qurilish
__________
#налоговая_задолженность

TOП-10 организаций с налоговой задолженностью выше 100 млн сумов в 2022 году в сфере:
👉производства
👉строительства

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

🗓 2023-yil 23-yanvar kuni 2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha onlayn-seminar o‘tkaziladi.

Seminar Andijon viloyati DSB rahbariyati va mas’ullari ishtirokida o‘tkaziladi.

O'tkazish vaqti: 15:00

🔹Qishloq xo'jaligi va avtomobillarga yoqilg'i quyish shahobchalari va boshqa sohalar bo'yicha

🌐 Onlayn seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Login: 3454966185
Parol: 123456

Marhamat, ishtirok eting, yangilik va o‘zgarishlar bilan tanishing, savollaringizga batafsil javob oling!

❗️Eslatib o'tamiz, Youtube orqali jonli tarzda uzatiladi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2023-yil 20-yanvar

- boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy yil uchun mol-mulk soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 5-qism);

- qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha 1-yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer soligʻi hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 1-qism);

- soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud boʻlgan yer uchastkalari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- Oʻzbekistonda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekistonning norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini yetkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 447-modda 3-qism);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar moʻljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy yil uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdimning etish oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 2-qism);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-va 2-qismlar);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3- va 4-qismlar);

- agar dekabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Online_seminar

Bugungi kunda mamlakatimizda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomindan soliq to‘lovchilar uchun 2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha onlayn-seminarlar tashkil etilmoqda.

Andijonda ham DSB rahbariyati va mas’ullari ishtirokida viloyatimiz hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va soliq to‘lovchilar uchun ana shunday onlayn-seminar o‘tkazildi.

🔹Unda ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasining 2023-yilgi soliq konsepsiyasi doirasida soliq qonunchilik hujjatlariga kiritilgan asosiy o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi.

✔️Eslatib o‘tamiz, DSB rahbariyati va mas’ullari ishtirokida mazkur yo‘nalishda sohalar kesimida ham onlayn-seminarlar tashkil etiladi.

Onlayn-seminar o‘tkazilishi haqidagi eʼlonlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda joylashtirib boriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#Marhamat_tumani

HUDUDLARNI TOIFALAB RIVOJLANTIRAMIZ

👉Batafsil: "Andijon axboroti"
informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_shahar

BUGUN QO‘LLAR YURTBOSHIMIZNI DUO QILISH UCHUN OCHILDI...

Havo haroratining keskin sovushi natijasida issiqlikka ehtiyoji bor, boquvchisini yo‘qotgan, muhtoj oilalardan xabar olinib, ularni ehtiyojlari o‘rganilmoqda.

Andijon viloyati 4-sektori rahbari boshchiligida Andijon shahridagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar holidan xabar olindi.

Ularga sektor rahbari tomonidan 15 tonna ko’mir va 50 ta xonadonga 17 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Xonadon egalari bugungi kunda hech kim nazardan chetda qolmayotgani va islohotlar chekka hududlarga ham yetib borayotgani ta’kidlashib qo‘llarini ochib Yurtboshimizni uzoqdan-uzoq duolar qildilar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq sohasining mutaxassislari ishtirokida navbatdagi onlayn seminar 🗓 20-yanvar kuni "2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar" mavzusida bo‘lib o‘tadi.

🌐 Onlayn seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE orqali kuzatib borish imkoniyati mavjud.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
15:00

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|