Andijon viloyati soliq boshqarmasi
889 subscribers
5.03K photos
1.2K videos
84 files
4.2K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Stol_tennisi

“Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz” degan ezgu shior ostida mamlakatimiz boʻylab kezib yurgan eng ulugʻ ayyom mustaqillikning 31 yillik shodiyonalari munosabati bilan o'tkazilgan Stol tennis bo'yicha “Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi kubogi” musobaqasida boshqarma va hududiy inspeksiya hodimlaridan tashkil topgan 17 ta jamoa aʼzolari ishtirok etdilar.

100 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan shiddatli o'tgan bellashuvlarda xodimlar o'zlarining bor mahoratlarini ishga solib gʻoliblik uchun bellashdilar.

Murosasiz oʻtgan baxslarda eng kuchlilar aniqlandi. Umumjamoa hisobida

🥉Qoʻrgʻontepa tumani 3-o'rinni,

🥈Marhamat tumani 2-o'rinni,

🥇 boshqarma hodimlaridan tashkil topgan jamoa esa faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.


🏆Ishtirokchilarga esdalik sovg’alari va musobaqa kubogi tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir soʻngida barcha qatnashchilar ishtirokida bir piyola choy ustida shirin suhbat tashkil etildi.

Dastlab tizim hodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalar endi bosqichma-bosqich 4-sektor hududida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirokida davom etadi. Chunki bunday musobaqalarni tashkil etishdan asosiy maqsad hududlardagi yoshlar orasida sportni keng targʻib qilishdan iboratdir.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#aylanma
#tadbirkorlik_subyektlari

Tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi 650 trln so‘mdan oshdi

2022-yilning birinchi yarmida 336 408 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra 650,4 trln so‘mlik mahsulot va xizmatlar aylanmasi amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 198,6 trln so‘mi soliqqa tortilmaydigan imtiyozli aylanmalar.

Faoliyat turlari kesimida umumiy aylanma hajmining 43,7% sanoat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 40 656 tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilgan. Ularning birinchi yarim yillikda tovar aylanmasi 284,5 trln so‘mga yetdi.

Jami tovar aylanmasining chorak qismidan koʻprog‘i – 168,3 trln soʻm (25,9%) — savdo sohasida faoliyat yurituvchi 132 603 ta subyekt tomonidan amalga oshirilgan.

Tovar aylanmasining qolgan qismi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlandi:
🏗qurilish - 50 trln so‘m (7,7%);
🚚 tashish va saqlash – 30,4 trln so‘m (4,7%);
👨🏼‍🌾 qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 21,7 trln so‘m (3,3%);
💻axborot va aloqa – 11 trln so‘m (1,7%);
🛏 yashash va ovqatlanish xizmatlari – 5,4 trillion so‘m (0,8%);
👩🏻‍⚕️sog‘liqni saqlash
– 2,5 trln so‘m (0,4%);
📑boshqa tarmoqlar – 76,6 trln so‘m (11,8%).
__________
#оборот
#субъекты_предпринимательства

Оборот субъектов предпринимательства превысил 650 трлн сумов

В первом полугодии 2022 года реализация товаров и услуг 336 408 субъектов предпринимательства в соответствии с представленной ими налоговой отчетностью составила 650,4 трлн сумов, из них 198,6 трлн сумов - льготный оборот, не облагаемый налогами.

В разрезе видов деятельности 43,7% от общего объема реализации приходится на промышленную сферу. В ней задействовано 40 656 субъектов предпринимательства, оборот которых в первой половине года достиг 284,5 трлн сумов.

Чуть более четверти общего оборота занимает доля сферы торговли – 168,3 трлн сумов (25,9%) от продажи товаров 132 603 субъектами предпринимательства.

Остальная треть оборота распределилась между следующими сферами:
🏗строительство – 50 трлн сумов (7,7%);
🚚перевозка и складирование – 30,4 трлн сумов (4,7%);
👨🏼‍🌾дехканские, лесные и рыбные хозяйства – 21,7 трлн сумов (3,3%);
💻информатизация и связь – 11 трлн сумов (1,7%);
🛏услуги проживания и питания – 5,4 трлн сумов (0,8%);
👩🏻‍⚕️здравоохранение – 2,5 трлн сумов (0,4%);
📑другие отрасли – 76,6 трлн сумов (11,8%).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#chempion_bilan_uchrashuv

Hamkasbimiz xursandchiligi – jamoamiz xursandchiligi!

Xabaringiz bor, Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, olimpiada chempioni degan sharafli nomga erishdi.

Chempionlardan biri
Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi Murodbek Iskandarovning o‘g‘li – xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev ham o‘zining mag‘lubiyatsiz yurishlari bilan mazkur tarixiy g‘alabaga hissa qo‘shdi. Shuningdek, uning yana bir farzandi Nilufar Yoqubboyeva ham mazkur olimpiadada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi safida munosib o‘yin ko‘rsatdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev bugun hamkasbimiz oila a'zolari bilan uchrashdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi olamshumul g‘alaba bilan Nodirbek hamda uning ota-onasini tabriklab, barcha soliqchilar Murodbek Iskandarovdan o‘rnak olishi lozimligini, farzandlar iste’dodini aniqlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirish mana shunday natija berishini ta’kidladi. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan Murodbek Iskandarovning unvoni bir pog‘ona ko‘tarildi.

Uchrashuvda xodimlar chempion bilan aql mashqida bahslashish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Yakunda Sherzod Kudbiyev yurtimiz faxru iftixoriga aylangan Nodirbek Yoqubboyev va uning ota-onasiga, xususan, Hazorasp tumani DSI xodimi Murodbek Iskandarovga samimiy minnatdorlik bildirib, “Xumson” sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

DSQ Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika #aylanma

Tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi avvalgi yilga nisbatan 127,8 %ga o‘sdi

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

💹187,4 ming subyekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 127,8 %.

📊Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:

👉 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 282 858 subyekt;
👉 1 mlrdgacha 20 688 subyekt;
👉 10 mlrdgacha26 878 subyekt;
👉 100 mlrdgacha — 5 253 subyekt;
👉 1 trlngacha667 subyekt;
👉 1 trlndan ko‘p aylanmaga ega 64 subyekt.

👩🏻‍💼 4,5 ming yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.
🏢 26,7 ming korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stol_tennisi

Andijon viloyatida "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o'rtasida "Stol tennisi" musobaqasi bo'lib o'tdi

Batafsil:
👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#aylanma

Andijon viloyatida tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi avvalgi yilga nisbatan 151,8 %ga o‘sdi.

Mamlakatimiz prezidenti tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning, tadbirkor va ishbilarmonlarga yaratib berayotgan qulay sharoit va imkoniyatlarining natijasini birgina tadbirkorlik subyektlari umumiy tovar aylanmasining yildan yilga tez sur’atlarda o’sib borayotganida ham ko’rishimiz mumkin.

💹14,6 ming subyekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 151,8 %.

📊Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:

👉 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 22 650 subyekt;
👉 1 mlrdgacha — 1 223 subyekt;
👉 10 mlrdgacha — 1 372 subyekt;
👉 100 mlrdgacha — 238 subyekt;
👉 100 mlrddan ko‘p aylanmaga ega 23 subyekt.

👩🏻💼 2 213 ta yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.

🏢 2 600 ta korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|