Andijon viloyati soliq boshqarmasi
842 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#Xonobod_shahar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-sonli Qarori bo'yicha Xonobod shahrida seminar uchrashuv tashkil etildi.

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mobil aloqa xizmatlariga nisbatan soliq stavkasi kamaytirildi

Qonun (O‘RQ-785-son, 26.07.2022 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

📝 Unga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlariga nisbatan soliq stavkalari 10 foiz etib belgilandi (ilgari 15 foiz edi).

☑️ Qonunga ko‘ra, talabalarning O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari jami daromadlarga kiritilmaydi.

Shuningdek, o‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasi professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘ xarajatlariga soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi.

🔘 Soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlariga yo‘naltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi.

📊 Shu bilan birga, norezidentlar bo‘lgan jismoniy shaxslarning mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlari (dividendlar va foizlar hamda fraxtdan olingan daromadlardan tashqari) uchun soliq stavkalari 12 foiz etib belgilandi.

Qonun bilan qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalariga soliq solinmasligi belgilandi.

🗓 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha respublika rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

⚠️ Shuningdek, Prezidentning va Hukumatning 2022-yil 1-iyulgacha qabul qilingan hujjatlarida nazarda tutilgan bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#imtiyoz

Avvalroq, 2022-yil I yarim yilligida foydalanilgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumot berilgan edi

E-imtiyoz axborot tizimi orqali soliq turlari, hududlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar kesimida imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlandi.

2022-yilning dastlabki 6 oyi davomida yuridik shaxslar 75 mingta holatda 24,6 trln so‘m soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Jami imtiyozning 8,5 trln so‘miga QQSning nol stavkasi qo‘llanilgan.

Shundan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha:
Soliq kodeksiga asosan – 22,5 trln so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlarga asosan – 2,1 trln so‘m qo‘llanilgan.

Soliq turlari kesimida:
eng ko‘p qo‘llanilgan imtiyoz – QQS bo‘yicha 22,4 trln so‘m (91,1%)
Boshqa soliq turlaridan – 2,2 trln so‘m (8,9%) miqdorida foydalanilgan.

Hududlar kesimida:
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi korxonalari tomonidan jami imtiyoz summasining 18 trln so‘m qismi foydalanilgan.
Imtiyozning qolgan 6,6 trln so‘m qismi Respublikaning boshqa hududlariga to‘g‘ri keladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Baliqni kooperatsiya asosida yetishtiruvchilar barcha soliqlardan ozod qilinadi

🔰Qonun bilan Soliq kodeksida quyidagi imtiyozlar belgilandi:

🔸Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar joylarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar – 2022-yil 1-apreldan 2025-yildan 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi;

🔸Tadbirkorlar 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha maydoni 5 ming kv/m dan ko‘p savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar bo‘yicha quyidagilarga haqli:

▫️mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha stavkalarga nisbatan 0,1 koeffitsientni qo‘llashga;
▫️foyda solig‘ini hisoblashda 2 yillik mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga.

📝 Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvargacha barcha soliqlardan (QQS va ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi.

❗️Charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston RespublikasiningSoliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Hujjatga muvofiq:

🔹Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘qishga va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj iqtidorli farzandlarni bepul o‘qitishga to‘lov soliq solishdan ozod etildi;

🔹Norezident jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari bo‘yicha soliq solish stavkasi pasaytirildi;

🔹 Talabalarning oliy ta'lim tashkilotlari hududidagi mehnati rag‘batlantiriladi;

🔹 Tashkilotlar o‘z xodimlari va ularning oila a'zolari uchun madaniy tadbirlarga soliqlarsiz haq to‘lashlari mumkin.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

AYOLLARGA KO‘MAK BERILDI

Bugungi farovon hayotimiz va ertangi kelajagimiz ayollarimizga bog‘liq. Ayollar uchun munosib sharoitlar yaratish ularni ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Andijon tumani 4-sektor hududidagi Sadda tagi MFYda yashovchi kam daromadli, yolg‘iz onalarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.

Jumladan, Nargiza Qurbonova, Kamola Toshmatova, Dildora To‘polonova, Mohigul G‘ofurova va hamda Odinaxon Rasulovalar istaklariga ko‘ra tikuv mashinalar yetkazildi. Ularni ishini rivojlantirish maqsadida tumanda faoliyat olib borayotgan tekstil korxonasi tomonidan tikuvchi master biriktirib berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'I to'lamaydi

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiyoki maktabda ta'lim pullik hisoblanadi.

Endilikda ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etildi.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 3 00 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️o‘z korxonangizning buxgalteriyasiga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lovga schyot (shartnoma) taqdim etgan holda ish joyi bo‘yicha;
▫️soliq xizmatiga yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya va o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida hujjatlarni taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.

Imtiyoz qaysi sanadan amal qiladi?

Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#raqamli_markirovka

Hammasi raqamli markirovka haqida

2021-yil 1-yanvardan
tamaki va alkogol mahsulotlarini majburiy markirovkalash joriy etildi.

2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari markirovkalanmoqda.

2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalarini (changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor) majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

2022-yil 1-avgustdan ikkinchi guruh tovarlari – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar markirovkalanadi;

2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladi.
👉Veterinariya preparatlari markirovkalanadimi?

❗️2022-yil 1-yanvardan raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉Raqamli markirovka kodlarini o'qish qurilmalarni sotib olganlik uchun imtiyozlar

2022-yil 13-iyundan alkogol, tamaki mahsulotlari va pivo uchun raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchga kirdi.
2022-yil 12-sentabrdan boshlab boshqa mahsulotlar uchun ham javobgarlik choralarini ko‘rish normalari kuchga kiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#gender_tenglik

Iqtisodiyot tarmoqlarida 3 mln nafardan ortiq xotin-qiz band

Ulardan:
2 188,2 ming nafari – yuridik shaxslar xodimlari;
889 ming nafari – o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
151,2 ming nafari – yakka tartibdagi tadbirkor.

Ish bilan band bo‘lgan ayollarning aksariyati ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va sanoat sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan tashkilotlar orasida Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari hamda “O‘zbektelekom” AK yetakchilik qilmoqda.

Infografika davlat soliq organlarida mavjud ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
______________
#гендерное_равенство

Более 3 млн женщин ведут трудовую деятельность в секторах экономики

Из них:
2 188,2 тысячи женщин - трудоустроены у юридических лиц;
889 тысяч женщин - зарегистрированы в качестве самозанятых;
151,2 тысячи женщин - индивидуальные предприниматели.

Больше всего трудоустроенных женщин - в сферах образования, здравоохранения, оказания социальных услуг и в промышленности.

Среди организаций, обеспечивших наиболее высокие показатели занятости женщин - Алмалыкский и Навоийский горно-металлургические комбинаты, АК «Узбектелеком».

Инфографика подготовлена на основании данных, имеющихся в органах государственной налоговой службы.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Norezident jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari bo‘yicha soliq solish stavkasi pasaytirildi

Soliq stavkasi 20%dan 12%gacha pasaytirildi.

Masalan, agar norezidentning bir oyda daromadi 1000 shartli birlikni tashkil etgan bo‘lsa, budjetga ushbu summadan 200 shartli birlik to‘langan. Hozir ushlab qolish summasi 120 shartli birlikni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 12% – rezident jismoniy shaxslar uchun ham JShODS stavkasi.

Soliq stavkasini pasaytirish qaysi paytdan e'tiboran amal qiladi?

O‘RQ-785-son Qonunga asosan 12% stavka 2022-yil 1-maydan boshlab hisoblangan daromadlarga qo‘llaniladi.

Qaysi daromadlarga 12% stavka qo‘llaniladi?

12% stavka mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlarga, shuningdek boshqa daromadlarga qo‘llaniladi, bundan dividendlar, foizlar va fraxtdan olinadigan daromadlar mustasno.

Oldingi darajada saqlanib qolgan soliq stavkalari:

▫️dividendlar va foizlar bo‘yicha – 10%;
▫️xalqaro tashishlarda transport xizmatlarini taqdim etishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha (fraxtdan olinadigan daromadlar) – 6%.

May-iyun uchun JShODS bo‘yicha hisobotni qayta topshirish zarurmi?

Yo‘q, qayta topshirmasa bo‘ladi. Hisobot yil boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan taqdim etilishi bois, iyul hisobotida tuzatishlarni aks ettirish yetarli.
__________
#новое_в_законодательстве

Снижена ставка налогообложения по доходам физлиц-нерезидентов, полученным от источников в Узбекистане

Ставка налога на доходы снижена с 20% до 12%.

Например,
если доход нерезидента за месяц составлял 1000 у.е., то ранее в бюджет уплачивалось 200 у.е. от этой суммы. Сейчас сумма удержания составит 120 у.е.

Напомним, что ставка НДФЛ и для физлиц-резидентов - 12%.

С какого момента действует понижение ставки налога?

Согласно принятому № ЗРУ-785, ставка 12% применяется к доходам, начисленным с 1 мая 2022 года.

К каким доходам применяется ставка 12%?

Ставка 12% применяется к доходам, полученным по трудовым договорам и договорам гражданско-правового характера, а также к другим доходам, за исключением дивидендов, процентов и доходов от фрахта.

Ставки налога, которые остались на прежнем уровне:
▫️по дивидендам и процентам – 10%;
▫️по доходам от предоставления транспортных услуг при международных перевозках (доходы от фрахта) – 6%.

Нужно ли пересдавать отчетность по НДФЛ за май-июнь?

Нет, можно не пересдавать. Так как отчет представляется нарастающим итогом с начала года, достаточно отразить корректировки по итогам июля.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram