Andijon viloyati soliq boshqarmasi
868 subscribers
4.26K photos
1.03K videos
73 files
3.65K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o‘tkazishi mumkin.
Soliq kodeksi 138-modda

Bu soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlardagi tafovutlarni kelib chiqish sabablarini ularga tushuntirgan holda, o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tekshiruvlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda hisobot topshirishda eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘yilayotgan yo‘nalishlardan biri taqdim etilgan daromad solig‘i hisobotida mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar ko‘rsatkichlarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holatidir.

Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilayotgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitoblari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvdan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillarda tafovutlar aniqlanmoqda.

Bunga sabab – hisobot davrida hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasini hisobotning 011-satrida yil boshidan o‘zgartirmasdan taqdim etilishidir.

Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun:
🔸soliq to‘lovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 011-satrida mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar ortib boruvchi yakun bilan shakllantirilishi lozim.
🔸ushbu hisobotning 0110-satrida esa hisobot davrida hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar aks ettirilishi zarur.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar ko‘rsatkichlarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holati bo‘yicha 63 500 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 258 240,9 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

👉Soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni o‘tkazishi mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 244-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida axborot xabari
_____________________

Информационное сообщение об изменениях, внесенных в статью 244 Налогового кодекса Республики Узбекистан

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Davlat soliq xizmati - insofli soliq to'lovchilarning ishonchli hamkori

Batafsil:
👆Taraqqiyot teleradiokompaniyasi “Bugun” information dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Davlat soliq xizmati - insofli soliq to'lovchilarning ishonchli hamkori

Batafsil:
👆“Andijon axboroti” information dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#hayat

Hay’at majlisi: 13 ta DSI boshlig‘i lavozimidan olindi, 40 dan ziyod rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rildi...

Zamonaviy aloqa vositalari orqali tizimning barcha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi Hay’at majlisi keskin tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi.

Unda joriy yilning I chorak yakunlari bo‘yicha soliq organlari faoliyat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi va mamlakatimiz Prezidentining 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida belgilab bergan vazifalarining so‘zsiz ijro etilishi masalalari muhokama qilindi. Jumladan:

Ayrim yirik soliq to‘lovchilari uchun joriy yilda soliq stavkalarining pasayishiga qaramasdan, budjet tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumbelgilangan iqtisodiy ko‘rsatkich (YaIM)ga nisbatan ham yuqori, ya’ni 17%ga o‘sganligi;

Yirik soliq to‘lovchilardan tashqari boshqa tadbirkorlik subyektlarining soliq ma’murchiligiga mas’ul hududlarda esa tushumlarning o‘rtacha o‘sishi 37%ni tashkil etganligi;

Bundan tashqari, soliq ma’murchiligining indikator soliqlaridan QQS 27%ga, hududlarda esa o‘rtacha 60%ga o‘sganligi;

Aylanmadan olinadigan soliq 1,3 baravarga o‘sib, ushbu soliq turidan eng yuqori o‘sish Farg‘onada 67% va Xorazmda 48%ni tashkil etganligi qayd etildi.

Bunday o‘sishga iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi qatorida soliq ma’murchiligini raqamlashtirishdagi dadil qadamlar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda mavjud muammolar ochiq va keskin ravishda tanqid qilindi.

Jumladan, soliq ma’murchiligini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hisobiga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish va yuklatilgan vazifalarni bajarishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun:

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qashqadaryo va Toshkent viloyati DSB, Kogon hamda Andijon shahar DSI rahbarlariga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo choralari belgilandi.

Andijon, Olot, Zomin, Paxtakor, Forish, Uchqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Urgut, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sirdaryo, Guliston tumanlari hamda Yangiyer shahar DSI boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, soliq qarzini majburiy undirishga qaratishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Asaka, Chiroqchi, Mingbuloq, Urgut, Mirzaobod, Sardoba, Bag‘dod, Qumqo‘rg‘on tumanlari hamda Quvasoy va Jizzax shahar DSI bo‘lim boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida “Soliq hamkor” tizimi orqali tushgan murojaatlar bilan ishlash hamda ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi jiddiy xato va kamchiliklari uchun Nukus, Jizzax va Andijon shaharlari, G‘ijduvon, Chiroqchi, Karmana, Pop, Urgut hamda Bekobod tumani DSI Sayyor soliq tekshiruvlari bo‘lim boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.

O‘z o‘rnida, yuqori natijalarga erishgan Davlat soliq boshqarmalari va 64 ta soliq inspeksiyalari jamoasini moddiy rag‘batlantirishga qaror qilindi.

Hay’at yig‘ilishida DSQ raisi o‘rinbosarlarining hisobotlari eshitilib, shaxsiy mas’uliyati belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilgan har bir bo‘g‘inda temir intizomga rioya etgan holda, jahon bozoridagi keskin tebranishlarga qaramasdan yil boshida belgilangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Soliqchi – ko‘makchi” institutining istiqbolli ko‘rsatkichlari, kichik va o‘rta biznes subyektlarini transformatsiya qilish, soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish kabi muhim yo‘nalishlarda aniq vazifalar belgilab berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo qoidalariga amal qilmaslik, jumladan, xaridorlarga chek bermaslik holatlari bo‘yicha olib borilayotgan o‘rganishlarga nisbatan e’tirozlar tarqalmoqda.

Ta’kidlash joizki, keyingi kunlarda ayrim tadbirkorlik subyektlarida onlayn-NKM QR-kodli chekini bermaslik, plastik karta orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish yoki hujjatsiz faoliyat yuritish kabi holatlar kuzatilmoqda. Bu esa sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, budjetga tushishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lanmasligiga sabab bo‘lmoqda.

Bunday soliqqa oid huquqbuzarliklar ustidan samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida fuqarolarga "Soliq” mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali xabar berish imkoniyati yaratilgan.

Ushbu ilova orqali fuqarolar tomonidan yo‘llangan soliqqa oid huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlar asosida o‘rganish o‘tkazilishi mumkin. O‘rganish jarayonida murojaatda qayd etilgan holat isbotlangan taqdirdagina ushbu holat yuzasidan qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishi mumkin. Murojaat isbotlanmasa, hech qanday chora ko‘rilmaydi.

Davlat soliq idoralari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat soliq xizmati organlari “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida qonuniy ishlayotgan, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelayotgan intizomli tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, ularning faoliyatidagi muammolar bartaraf etilishida yordam berishga hamisha tayyor.

Shuningdek, bozorda barcha uchun teng va erkin raqobat sharoitini ta’minlash hamda iste’molchlar huquqlarini himoya qilish maqsadida barcha soliq to‘lovchilarni soliq qonunchiligi normalariga amal qilishga chorlaydi.

Andijon viloyati davlat soliq boshqamasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_hisobotlari

JShShODS hisobotida yangi ustunlar

🔄Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotining 5-ilovadasiga ikkita ustun qo‘shildi:
▫️“Ish o‘rni tashkil qilingan sana” - 4-ustun
▫️“Ish o‘rni” - 10-ustun.

4-ustun “Ish o‘rni tashkil qilingan sana”:
🔸agar ish o‘rni 2022-yil 1-yanvargacha tashkil qilingan bo‘lsa “01.01.2022-yil” sanasi ko‘rsatiladi;
🔸agar ish o‘rni joriy yilda tashkil etilgan bo‘lsa, tashkil qilingan sana ko‘rsatiladi.

10-ustun - “Ish o‘rni”:
🔸agar xodim joriy yil boshidan doimiy ishlayotgan bo‘lsa “1” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim 01.01.2022 yil holatiga mavjud bo‘lgan vakant lavozim hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “2” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim joriy yilda yangi yaratilgan ish o‘rni hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “3” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim joriy yilda mavsumiy ish o‘rini hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “4” raqami qo‘yiladi.

❗️Mazkur ustunlar majburiy ustunlar hisoblanadi, ular to‘ldirilmagan taqdirda hisobot yuborish imkoniyati cheklanadi.
___________
#налоговая_отчетность

Новые графы в отчетности по НДФЛ

🔄В Приложении №5 к Расчету налога на доходы физических лиц и социального налога обновлены:
▫️графа 4 «Дата создания рабочего места»;
▫️графа 10 «Рабочее место».

В графе 4 «Дата создания рабочего места»
:

🔸если рабочее место создано до 1 января 2022 года, укажите дату 01.01.2022 год;
🔸если рабочее место создано в этом году, укажите точную дату создания.

В графе 10 «Рабочее место»:

🔸если сотрудник работал на постоянной основе с начала года, укажите цифру 1;
🔸если сотрудник принят на вакантное место по состоянию на 01.01.2022 года, укажите цифру 2;
🔸если сотрудник занял вновь созданное в этом году рабочее место, укажите цифру 3;
🔸если сотрудник в этом году занял сезонное рабочее место, укажите цифру 4.

❗️Заполнение этих граф является обязательным. Если они не заполнены, отправка отчетности будет ограничена.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram