Andijon viloyati soliq boshqarmasi
841 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#uchrashuv
#Shahrixon

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar Shahrixon tumanida davom ettirildi

Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hududlarda tashkil etilayotgan uchrashuvlarning navbatdagisi Shahrixon tumanidagi Madaniyat saroyida o‘tkazildi.

Unda Davlat soliq qo‘mitasi va Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbatiyati ishtirok etib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan va ularni qiynayotgan masalalarga mutaxassislardan zarur tushuntirishlar oldilar.

Bunday uchrashuvlarni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad, soliq ma'murchiligidagi yangiliklarni tadbirkorlik subyektlari vakillariga to'g'ri yetkazish va tatbiq etilayotgan raqamli instrumentlarning tadbirkorlik faoliyatini yurgizishdagi muhim ahamiyatini tushuntirish.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Bir qator tadbirkorlik subyektlari ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) va virtual kassalar soliq organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmayotganligi yuzasidan xabarlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlarning sabablarini tezkor o‘rganib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida alohida Telegram guruhi yaratildi.

Yangi modeldagi onlayn-NKMlarni Davlat reestriga kiritishda muammoga duch kelgan tadbirkorlardan https://t.iss.one/online_nkm_group havolasi orqali murojaat yuborishlarini so‘raymiz.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Поступают сообщения о том, что ряд субъектов предпринимательства, осуществляющих производство онлайн-ККМ и виртуальных касс, не могут зарегистрировать их в налоговых органах.

Для оперативного изучения причин таких обращений и решения возникающих в этой связи вопросов создана отдельная группа в Telegram.

Предпринимателей, которые столкнулись с проблемой включения новой модели онлайн-ККМ в Государственный реестр, просим оставить своё обращение по ссылке https://t.iss.one/online_nkm_group

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishning oxirgi muddati qachon?
Anonymous Quiz
70%
1-aprel
12%
10-aprel
8%
1-may
9%
15-may
Internet tarmog‘i orqali YaTT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishda qancha davlat boji to‘lanadi?
Anonymous Quiz
12%
BHMning 90 foizi
39%
BHMning 50 foizi
37%
BHMning 1 baravari
12%
To‘g‘ri javob yo‘q
1990-yillarning boshida mamlakatimizda QQS necha foiz etib belgilangan edi?
Anonymous Quiz
11%
10%
7%
12%
9%
15%
73%
30%
Mart oyida yig‘ilgan keshbek summasi iste’molchilarga qachon to‘lab beriladi?
Anonymous Quiz
30%
5-10-aprel
11%
18-20-aprel
52%
21-25- aprel
6%
1-5-may
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

☝️Deklaratsiyani o‘z vaqtida topshirib konstitutsiyaviy burchingizni ado eting

📚Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan 2021-yil davomida:

🔹foiz va dividend ko‘rinishida, mol-mulkini ijaraga berib (agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa);
🔹ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;
🔹moddiy naf tarzida;
🔹O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan;
🔹soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;
🔹soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston rezidentlari 2022-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.

👉Deklaratsiya topshirish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram