Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#QQS

AOS to‘lovchisidan QQS to‘lovchisiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari uchun

📗QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganidan qat’i nazar, Soliq kodeksining 237-461-moddalarida ko’rsatilganlar QQSni to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxslar hisoblanadi.

🗓Bunda soliq davri (1 yil)da jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshgan shaxslar majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan, qolganlari majburiyat yuzaga kelgan sanadan boshlab QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

⚙️QQS to‘lash majburiyati yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar avtomatlashtirilgan tizimda kunlik aniqlanib, ularga majburiy tartibda QQS to‘lovchisi bo‘lganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

🗓Majburiyat yuzaga kelgan sanadan boshlab EHFni QQS bilan rasmiylashtirish shart hisoblanadi.

🖇AOS to‘lovchi hisobot oyi davomida majburiy QQS to‘lovchisi bo‘lganda
, mazkur hisobot oyi bo‘yicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

❗️Bunda, ЕHFlar, onlayn NKM summalari, amalga oshirgan eksport operatsiyalari majburiy tartibda QQS to‘lovchisi bo‘lgan sanagacha AOS hisobotida va hisobot davrining qolgan kunlaridagi operatsiyalar QQS hisoboti ilovalarida avtomatik ravishda aks ettiriladi.

👉QQS to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxslar

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#JShODS

🔴 Jismoniy shaxslar o‘rtasida kvartira ijaraga berishdan olingan daromaddan qanday soliq to‘lanadi?

🔵 Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar jami daromad deb e’tirof etiladigan mulkiy daromadlar tarkibiga kiritiladi va 12% stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) solinadi.

Jismoniy shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromad solig‘ini my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida, shuningdek, mobil ilovalardan foydalangan holda to‘lashi mumkin.

2022-yil 1-yanvardan daromad solig‘ini to‘lov tizimlari va mobil ilovalar orqali to‘lash uchun quyidagi kodlar tanlanadi⬇️:

▶️ mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad - 182;

▶️ jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya - 172.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#ozini_ozi_band_qilish

Andijon viloyatida o‘zini o‘zi band qilganlar 135 ming nafar oshdi

Joriy yil 1-yanvardan 16-fevralga qadar 14 851 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

👉Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 5342;
👉Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 5188;
👉Maishiy xizmatlar bo‘yicha 2550;
👉Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 988;
👉Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 635;
👉Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 148 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar:
🔹bepul ro‘yxatdan o‘tadi;
🔹ish beruvchiga ega bo‘lmaydi;
🔹ishchi yollamaydi;
🔹ularga mehnat staji va pensiya hisoblanadi;
🔹yilda bir marta BHMning bir baravari miqdorida ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘laydi;
🔹daromadidan soliq to‘lamaydi;
🔹yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish uchun bankda hisobraqam ochishi mumkin;
🔹faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

Ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 👉ro‘yxati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#keshbek

1% keshbek qachon qaytariladi?

2022-yil 1-yanvardan QR-kodli xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘lmoqda.

Sotib olingan tovarlar qaytarilganda tadbirkorlik subyektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati mavjudligini va ular tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasigacha etib belgilanganini inobatga olgan holda keshbek summasi 21-25-sanalarda qaytarilishini maʼlum qilamiz.

Yaʼni, yanvar uchun fevral oyining 21-25-sanalarida, fevral uchun esa mart oyining 21-25-sanalarida keshbek qaytariladi.

Agar siz chek bermaslik holatlariga duch kelsangiz “Soliq” mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali xabar bering. Murojaatchiga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi mukofot sifatida to‘lab beriladi. (PQ-5252-son).

Maʼlumot uchun: to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart (PF-5813-son)

👉Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?

👉
Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati

👉15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab...

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat

Maqsad – teng raqobat sharoitini yaratish va insofli soliq to‘lovchilarni himoyalash

Davlat soliq qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq organlari tomonidan davlat organlari maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi Savdo - sanoat palatasining xulosasi bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qiladi:

Soliq organlari soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida ularning soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obro‘sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi uchun sharoit yaratishga eʼtibor qaratmoqda.

soliq.uz” saytida “shubhali” korxonalar ro‘yxati doimiy ravishda yangilanib borilmoqda, hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish elektron tizimida yetkazib beruvchi va xaridorlarning soliq uzilishlari koeffitsiyenti aks ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan birja savdolarida hamda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron savdo va tenderlarda soliq xavfi darajasidan kelib chiqqan holda ishtirok etish huquqini belgilovchi tartib ishlab chiqishning nazarda tutilishi ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy zanjiri hisoblanadi.

Qayd etish lozimki, ushbu taklif aynan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilib, ular tomonidan birja g‘olibi bilan ishlashga majburligi, kontragentni tanlash va uni tekshirish imkoniyati yo‘qligi va bu o‘z navbatida ularning soliq uzilishi koeffitsiyenti hamda QQS bo‘yicha hisobga olinishi lozim summaga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganligi bildirilgan edi.

Masalan, DSQning rasmiy saytida eʼlon qilingan “shubhali” korxonalar ro‘yxatidagi subyektlardan 258 tasi 2021-yil tovar-xomashyo birjasidan jami 1,2 trln so‘mlik yuqori likvidli tovarlarni sotib olib, kontragent korxonalarga kirim qilinmagan boshqa turdagi tovarlarni realizatsiya qilganligi va ular bilan ishlagan 17,3 mingta kontragent korxona tomonidan 971,5 mlrd so‘mlik QQS asossiz hisobga olinganligi qayd etilgan.

👉
Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_bilimdonlari

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda Shahrixon tumani 3-umumta’lim maktabi hamkoriligida “Soliq bilim - bolalarga” shiori ostida 3 ta yo’nalish bo’yicha jumladan,

🔘 Soliqlar nimalarga to’lanadi va nimalarga sarflanadi?;

🔘 Soliq kodeksi haqida nimalarni bilasiz?;

🔘 Tadbirkorlarni soliqqa tortish

yo’nalishlari bo’yicha insholar tanlovi o’tkazildi.

Bundan tashqari maktabda “Yosh tadbirkorlar” jamoasi o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yini tashkil etildi. O’yin qiziqarli, baxs-munozaraga boy tarzda davom etdi hamda “Yosh tadbirkorlar” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Tanlovda g’olib bo’lgan o’quvchilar viloyat davlat soliq boshqarmasi faxriy yorlig’i hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad, yosh avlodni tarbiyalash va ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida iqtisodiy savodxonligini oshirishdan iborat.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 21-fevral

yanvar oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodеksining 273-moddasi 1-2-qismlari);

- agar yanvar oyida dividеndlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividеndlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodеksining 345-moddasi 5-qismi);

- norеzidеntlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agеnti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodеksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-4-qismlari);

fevral oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|