Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#e_ijara

“Soliq” mobil ilovasida elektron raqamli imzosiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin

🧑‍💼Jismoniy shaxslar uchun “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi. Hisobga qo‘yish ilovaning "Ijaraga berish" menyusida Face ID (insonning yuz ko‘rinishi) orqali amalga oshiriladi.

📱Ilovada:
👉“Ijarani
ro‘yxatga olish”
👉“Ijarani tasdiqlash”
👉“Ijaralar ro‘yxati”
👉“Talabalar uchun ijara shartnoma”
bo‘limlari mavjud.

🏠Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijaraga berilayotgan obyekt maydoni, ijara davri, ijara summasi va ijaraga olayotgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilishi lozim.

Ijaraga oluvchi jismoniy shaxs jo‘natilgan maʼlumotlarni tekshirib, "Tasdiqlash" tugmasini bosgandan so‘ng avtomatik ravishda ijara shartnomasi soliq organida hisobga olinadi va hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma shakllanadi.

👨‍🎓Ilovaning “Talabalarga ijaraga berish” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Bunda, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari (F.I.O, manzili, oliy o‘quv yurtining nomi, fakulteti va bosqichi ) avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

⚙️Face ID dan tashqari ERI va oneID orqali ham ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#sorovnoma

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Davlat soliq qo‘mitasi soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik fikri asosida baholash hamda sohadagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda!

Barcha soliq to‘lovchilarni mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Sizning fikringiz biz uchun muhim❗️

👉Quyidagi havola orqali so'rovnomada ishtirok eting https://soliq.uz/public-opinion/rating
———————————

Уважаемые налогоплательщики❗️

Государственный налоговый комитет проводит опрос общественного мнения для оценки эффективности работы органов государственной налоговой службы и выявления существующих проблем в сфере!

Мы призываем всех налогоплательщиков принять активное участие в этом опросе.

Ваше мнение очень важно для нас❗️

👉Примите участие в опросе по этой ссылке
https://soliq.uz/public-opinion/rating?lang=ru

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_hisobotlari #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer solig‘i hisobotlaridagi o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining Axborot xati hamda soliq to‘lovchilar tomonidan kelib tushgan so‘rov va takliflar asosida yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari hisobot shakllariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

🏕Jumladan, yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha bir obyekt doirasida joylashib, yer maydon toifasi turlicha bo‘lgan, shuningdek, pasaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yer maydonlarini alohida kiritish imkoniyati yaratildi.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisobotini 10510_12 sonli (oylik) va 10510_13 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin (yer solig‘i hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma)

🏠Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha maʼlumotnoma shaklida eng kam qiymat tatbiq qilinmaydigan ko‘chmas mulk obyektlarining maydoni, eng kam qiymatning kamaytiruvchi koeffitsiyenti alohida aks etirilishi imkoniyati yaratildi.

Endilikda tadbirkorlik subyektlari:

🔹suv haydash minoralari,

🔹rezervuarlar,

🔹soyabonlar,

🔹beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar)

🔹boshqa shunga o‘xshash obyektlarni maʼlumotnoma shaklining 2-ilovasida mustaqil kiritishlari mumkin (mol-mulk solig‘i maʼlumotnoma shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma).

Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘iga aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 1-aprelga qadar taqdim etgan korxonalarga nisbatan penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasi qo‘llanilmaydi.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i hisobotini 10401_23 sonli (oylik) va 10401_21 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin.

Yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyozga ega korxonalar egaligidagi imtiyozga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini hisobotda aks ettirish uchun shaxsiy kabinetidan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilishi lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Uydan chiqmagan holda soliq deklaratsiyalarini tez va oson topshiring

🔹Soliq kodeksining 393-moddasida keltirilgan daromadlar bo‘yicha deklaratsiya topshirish

🔹Soliq kodeksining 378-moddasida keltirilgan imtiyozlardan foydalanishda deklaratsiya topshirish

👨‍🎓Kontrakt to‘lovidan 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish uchun deklaratsiya va ariza topshirish

👉Bularning barchasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirish bo‘yicha tayyorlangan videoqo‘llanmada.

Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i summasini soliq organi yoki bank bo‘limlariga tashrif buyurgan holda, shuningdek masofadan “Soliq” mobil ilovasi, soliq organi xodimining “Sayt” qurilmasi, my.soliq.uz sayti va boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lashingiz mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_Andijan

Soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar targ'iboti

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Keshbek
#Soliq_hamkor

Joriy yil 1-yanvardan boshlab savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni soliq mobil ilovasida skanerlab olish orqali ro’yhatdan o’tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasining 1%i keshbek sifatida qaytarish tizimi joriy etildi.

Eslatib o'tamiz, soliq mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan QR-kodli xarid cheklaridagi xarid summasining 1 foizi ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan respublika budjetidan qaytarib berilmoqda.

Xuddi shunday, chek bermaslik holati yuz berganda esa fuqarolar tomonidan Soliq mobil ilovasining soliq hamkor bo‘limi orqali bildirilgan murojaatlarga muvofiq, huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi murojaatchilarga mukofot tariqasida to‘lab beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_hisobotlari

Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti avtomatlashtirildi

Soliq hisobotida jami daromadlar:

🔸elektron hisobvaraq-fakturalar;
🔸onlayn nazorat kassa mashinasi;
🔸“marketplace” tizimi orqali shakllangan daromadlar (internet orqali tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish uchun onlayn platforma);
🔸amalga oshirilgan eksport bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyalari orqali soliq hisobotlari avtomatik ravishda shakllantiriladi.
(07.09.2021-yildagi PF-6307-son)

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#JShShIR

Chet el fuqarolarini soliq organlarida masofadan turib hisobga qo‘yish mumkin

Endilikda, chet el fuqarolarini soliq organlarida hisobga qo‘yish uchun soliq inspeksiyalariga borish yoki murojaat yo‘llash talab etilmaydi.

Chet el fuqarosi JShShIR olgandan so‘ng, my.soliq.uz sayti interaktiv xizmatidan foydalanishi mumkin.

“STIR yoki JSHSHIRingizni tekshiring” xizmatiga kiriladi, JSHSHIR hamda himoya kodi kiritilib “Izlash” tugmasi bosiladi.

Tez soniyalarda tizim Davlat personallashtirish markazi ma’lumotlar bazasiga so‘rov yuboradi.

Agar ekranda chet el fuqarosining F.I.Sh paydo bo‘lsa, demak JSHSHIR Davlat personallashtirish markazi ma’lumotlar bazasida mavjud ekanligi tasdiqlanadi va ushbu jismoniy shaxs haqidagi ma'lumotlar shu zahoti Davlat soliq qo‘mitasi ma'lumotlar bazasida shakllanadi, ya'ni chet el fuqarosi davlat soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.

JSHSHIR kiritilgandan so‘ng “Davlat personallashtirish markazi ma’lumotlar bazasida ushbu JSHSHIR bo‘yicha ma’lumot mavjud emas” yozuvi ko‘rinsa, ushbu JSHSHIR Davlat personallashtirish markazi ma’lumotlar bazasida mavjud emasligini anglatadi. Ushbu holatda, chet el fuqarosi Ichki ishlar vazirligining hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.
__________
#ПИНФЛ

Зарегистрировать иностранца в налоговых органах можно дистанционно

Теперь, чтобы поставить на учет иностранного гражданина, не требуется идти в налоговые органы или подавать заявление.

Получив ПИНФЛ, иностранный гражданин может воспользоваться интерактивной услугой на сайте my.soliq.uz.

Во вкладке "Проверить свой ИНН или ПИНФЛ" необходимо ввести ПИНФЛ иностранного гражданина, код на картинке и нажать «Поиск».

За считанные секунды система направляет запрос в базу данных Государственного центра персонализации (ГЦП).

Если на экране появляется Ф.И.О. иностранного гражданина, значит наличие данного ПИНФЛ подтверждено в базе данных ГЦП и информация об этом физическом лице сразу формируется в базе данных Государственного налогового комитета, т. е. иностранный гражданин ставится на учет в органах государственной налоговой службы.

Если после ввода ПИНФЛ отображается надпись «В базе данных Государственного центра персонализации сведения по этому ПИНФЛ отсутствуют», это значит, что данный ПИНФЛ отсутствует в базе данных ГЦП. В этом случае иностранному гражданину необходимо обратиться в региональные подразделения службы миграции и оформления гражданства Министерства внутренних дел.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hamkor

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan 15 nafar fuqaroga 9 mln so‘m mukofot berildi

2022-yil 1-yanvardan
soliq huquqbuzarliklari haqida "Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanishi belgilangan (PQ-5252-son).

Joriy yil 1-yanvardan 4-fevralga qadar "Soliq hamkor" orqali yo‘llagan murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan fuqarolarga jami 17,5 mln so‘m mukofot tayinlangan bo‘lib, ayni paytda 15 nafar fuqaroga 9 mln so‘m mukofot to‘lab berildi.

Fuqarolar "Soliq hamkor" orqali:

👉сhek bermaslik;
👉bank plastik kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank plastik kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz (yoki qalbaki markirovka bilan) sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berishi mumkin.

🔎Yo‘llangan murojaat soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarima summasining 20 foizi mukofot sifatida murojaatchiga taqdim etiladi.

👉"Soliq hamkor" orqali xabar berish bo‘yicha videoqo‘llanma

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Seminar

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi binosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil (Biznes-ombudsman) Devoni yetakchi inspektori O.Qobilov viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari o‘rtasida seminar o‘tkazdi.

Seminarda “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida” gi Kodeksda nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalalari to’g’risida batafsil tushuntirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 7-fevral

yanvar oyi uchun:

- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini byudjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- yanvar oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ShJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 19.03.2002-yildagi VMQ-88, 1-bandi, 6.10.2005-yildagi 1515-raqamli nizomning 7-bandi).

___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 7 февраля 2022 года крайний срок

за январь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме (сельскохозяйственной продукцией собственного производства и продуктами ее переработки по договорным ценам, выдаваемых сельскохозяйственными товаропроизводителями по письменному заявлению работников) в январе
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.1 ПКМ №88 от 19.03.2002, п.7 Положения, рег. №1515 от 06.10.2005).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#fiskal_institut

Gretsiyalik mutaxassis Fiskal institutda mas'ul lavozimda faoliyat olib bormoqda

🖊Prezidentimizning 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4879-son qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassis tayinlanishi belgilangan edi.

Ushbu lavozimga Amerikaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan professor – Vassilis Polimenis tayinlangan.

👉Batafsil
👉Vassilis Polimenis intervyusi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram