Andijon viloyati soliq boshqarmasi
850 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
69 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#EHF #MXIK

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish va ma’lumotlarni bir marotaba kiritish orqali EHFlardagi ma’lumotlarni avtomat shakllantirish maqsadida 2022-yil 24-yanvardan quyidagi hujjat turlarida ixtiyoriy ravishda MXIK kodlarini aks ettirish imkoniyati qo‘shildi:

🔸ishonchnoma;
🔸tovar-transport yukxati;
🔸dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida).

Ishonchnoma rasmiylashtirishda MXIKlardan foydalanish ixtiyoriy.

Agar EHFni avtomatik ravishda yaratish zarur bo‘lsa,
ishonchnomada MXIK ko‘rsatilаdi.

MXIK bilan ishonchnoma shakllantirilgandan so‘ng, kontragent quyidagi amallar ketma-ketligini bajaradi:
“Qabul qilinganlar” bo‘limidan ➡️“Ishonchnomalar”ga kiriladi, ➡️“Sizning imzongizni kutmoqda” bo‘limi tanlanadi va u yerda ➡️“Qabul qilish va EHF yaratish” tugmasi bosiladi.

Noruda foydali qazilmalarni realizatsiya qiluvchilar avtomatik tarzda EHF shalklantirish uchun tovar-transport yukxati (TTY)da MXIK ko‘rsatishi shart hisoblanadi. Agar tovar-transport yukxati MXIK bilan shakllantirilgan bo‘lsa, EHF yaratishda tovar-transport yukxati ID-kodi ko‘rsatilishi kerak.

Boshqa hollarda tovar-transport yukxatini shakllantirishda MXIK ko‘rsatilishi shart emas.

Dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida) shakllantirishda
ham MXIKdan foydalanish ixtiyoriy.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Respublikamiz elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shunga qaramay, Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatayotganini maʼlum qilamiz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fuqaro_murojaatlari_hal_etilmoqda

Shahrixon_tumani_Sayyor_qabul

Batafsil
:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

1-fevraldan uyda baliq yetishtiruvchilar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

“Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi Prezident qaroriga muvofiq, (PQ-83-son, 13.01.2022)

2022-yil 1-fevraldan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan subyektlar uchun:
🔹foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari);
🔹yuridik shaxslar yer solig‘i;
🔹yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i;
🔹suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_Andijan

Soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar targ'iboti

Batafsil:👆"7 xabar" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#uchrashuv

Professional hamjamiyat, biznes va DSQ Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirokida uchrashuv

2022-yil 27-yanvar kuni Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari, Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, soliq maslahatchilari, buxgalterlar va auditorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Yig‘ilish avvalida davlat soliq xizmati organlari va biznes hamjamiyat o‘rtasida aloqalarning yetarli emasligi hamda zarur maʼlumotlar to‘liq almashilmayotgani soliq to‘lovchilarning soliq maʼmuriyatchiligining raqamli transformatsiyasi va soliqqa tortish sohasidagi o‘zgarishlarni noto‘g‘ri tushunishlariga sabab bo‘layotgani taʼkidlandi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, fikr-mulohazalarni operativ tarzda olish maqsadida ixtisoslashgan mutaxassislar, auditor va soliq maslahatchilari, tadbirkorlik subʼektlari va OAV vakillari ishtirokida muntazam ravishda mavzuga oid suhbatlar o‘tkazishga qaror qilindi.

👉Batafsil
____________
#встреча

Круглый стол при участии членов Общественного совета ГНК

27 января 2022 года в Государственном налоговом комитете организован круглый стол при участии специалистов Министерства финансов Республики Узбекистан, членов Общественного совета Государственного налогового комитета, налоговых консультантов, бухгалтеров и аудиторов.

В начале встречи было отмечено, что недостаточность коммуникации органов государственной налоговой службы с бизнес-сообществом и неполный взаимообмен необходимой информацией способствует возникновению неправильного понимания налогоплательщиками цифровой трансформации налогового администрирования и изменений в сфере налогообложения.

По результатам проведенного анализа общественного мнения с целью оперативного получения обратной связи было озвучено решение о регулярном проведении тематических обсуждений с профильными специалистами, аудиторами и налоговыми консультантами, представителями предпринимательства и СМИ.

👉Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Tadbirkorlar uchun yengillik: «E-aktiv» dasturidan foydalanish to‘g‘risidagi talab ilk bosqichda faqat 4 toifadagi tovarlarga tatbiq qilinadi

❇️«E-aktiv» dasturidan foydalanish 2022-yilda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunda, 2022-yil 1-apreldan «E-aktiv» dasturidan majburiy foydalanish to‘g‘risidagi talab faqat 4 toifadagi tovarlarga tatbiq qilinadi (sement, shisha, yog‘och va paxta).

Dasturni tajribadagi 4 toifa tovarlar bo‘yicha qo‘llash natijalaridan kelib chiqib, tovarlar ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Bunda, dasturni barcha toifadagi tovarlarga joriy etishni 2023-yil IV chorakda yakunlash rejalashtirilmoqda.

❇️2022-yil yakuniga qadar soliq to‘lovchilarning vakillari va ekspertlar bilan birgalikda tovar va xizmatlarning katalogini to‘liq shakllantirish, sodda hamda foydalanish uchun qulay shaklda ularning bazaviy shartli birliklarini aniqlash maqsadida tarmoqlar bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi.

❇️«E-aktiv» dasturiy mahsulotidan foydalanmaganlik (tajriba tovarlari toifasiga kiritilgan tovarlar bundan mustasno) hamda haqiqatda yetkazib berilgan tovarga (xizmatga) mos kelmaydigan mahsulot va xizmat indentifikatsiya kodlarini ko‘rsatganligi uchun soliq to‘lovchilarga nisbatan javobgarlik choralari 2022-yil 1-sentabrga qadar qo‘llanilmaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|