Andijon viloyati soliq boshqarmasi
894 subscribers
5.06K photos
1.21K videos
85 files
4.22K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#soliq_siyosati_2025

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqot: soliq qonunchiligiga oid yangiliklar va o‘zgarishlar


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 15-yanvar

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Yuridik shaxslar 2025-yil uchun mulk solig'i bo‘nak to'lovlari ma'lumotnomasi va yer solig‘i hisobotini qachon taqdim etadi?

Когда юрлица сдают справку об авансовых платежах по налогу на имущество и отчетность по земельному налогу за 2025 год?
Anonymous Quiz
12%
10-yanvardan kechiktirmay / не позднее 10 января
23%
15-yanvardan kechiktirmay / не позднее 15 января
66%
20-yanvardan kechiktirmay / не позднее 20 января
#ozini_ozi_band_qilish

Andijonda 2025-yil 1-yanvar holatiga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 394,9 ming nafardan oshdi.


👉 Respublika boʻyicha oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar o‘sish dinamikasi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#soliq_siyosati_2025

Tadbirkorlar soliq tizimiga oid qonunchilikdagi o'zgarishlar bilan tanishtirildi.

Batafsil: 👆
"Andijon axboroti” informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#imtiyoz

Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi


Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
▫️o'zingiz uchun;
▫️farzandlaringiz uchun;
▫️26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1. To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2. Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

👉Batafsil
____________
#льготы

Оплата за контракт не облагается налогом

Воспользоваться льготой можно, если оплачиваете обучение:
▫️за себя;
▫️за своих детей;
▫️за супруга (супругу) до 26 лет.

1. Оплату можно перечислять в учебное заведение сразу с заработной платы со своего места работы и тогда налог на эти доходы не начисляется.

2. Либо можно оплатить самостоятельно наличными, безналичными или электронно, а затем подать в налоговые органы декларацию по итогам года и вернуть сумму уже уплаченного налога.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i

❗️20-yanvar - boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy yil uchun mol-mulk solig'i summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5%.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq bazasi 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida — 3,3 mln so'm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln so'm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln so'm.

👉Ko'chmas mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
👉Mustaqil baholash natijalarini taqdim etish
👉Imtiyozlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

"Yuridik shaxslar yer va mol-mulk soliqlari" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

📱Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/yJwxEDBz0zg?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Налоги на имущество и землю юридических лиц".

📱Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/yJwxEDBz0zg?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Antikorrupsiya

O‘rgimchak to‘ridan ehtiyot bo‘ling!

O‘rgimchakning o‘ljasiga aylangan hasharotlar jismoniy imkoniyati va quvvatiga qaramasdan, qarshisidagi ko‘rinmas to‘rni payqamay qoladi. Natijada bir tolasiga ilashib, uning domiga tushib ketadi.

Korrupsion jinoyatlar va holatlarni payqash, ulardan saqlanish va himoyalanish ham xuddi o‘rgimchak to‘ri kabi ko‘rinmas yovga o‘xshaydi. Hushyorlik, ehtiyotkorlik, teran nazar o‘z o‘rnida qo‘llanmasa, uning tuzog‘iga qoqilib ketish hech gap emas.

Shu sababli soliq tizimida xodimlarning ogohligini oshirish, ularda korrupsion jinoyatlarga qarshi “immunitet”ni hosil qilish soha oldidagi asosiy vazifa sifatida ko‘rib kelinadi. Asaka tuman soliq inspeksiyasida ham aynan shu maqsadda xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari ishtirok etib, tizimni korrupsiyadan xoli, shaffof sohaga aylantirish, xodimlarning ichki-tartib qoidalariga amal qilinishini ta’minlash borasida fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#seminar #soliq_siyosati_2025

Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tdi

🗓Joriy yilning 13–17-yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida 2025-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi.

Seminarlar Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar hamda qo‘shimcha imtiyozlar haqida ma’lumotlar bilan tanishdi.

Quyidagi viloyatlarda seminarlar o‘tkazildi:
📱 Xorazm viloyati
📱 Qashqadaryo viloyati
📱 Navoiy viloyati
📱 Samarqand viloyati 
📱 Surxondaryo viloyati
📱 Jizzax viloyati
📱 Buxoro viloyati
📱 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📱 Farg‘ona viloyati

Bu kabi seminarlar soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etishda va ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 20-yanvar

dekabr oyi uchun:

 
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);
 
- agar dekabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);
 
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);
 
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);
 
2024-yil IV chorak uchun:

- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 281-moddasi 3- va 4-qismi);

2024-yil uchun:

- Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga yetkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 447-moddasi 3-qismi);
 
yanvar oyi uchun:

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);
 
- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);
 
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);
 
2025-yil uchun:

- boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy soliq davri uchun mol-mulk soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 5-qismi);
 
- qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha 1-yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer soligʻi hisoboti yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 431-moddasi 1-qismi);
 
- soliq obyektlarining joylashgan yeri boʻyicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud boʻlgan yer uchastkalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 431-moddasi 5-qismi);
 
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilari suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 2-qismi).

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|X|