Andijon viloyati soliq boshqarmasi
896 subscribers
4.61K photos
1.15K videos
80 files
4.03K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Seminar
#soliq_siyosati_2025

Tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutida viloyat tadbirkorlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Soliq qo‘mitasi vakillari hamda viloyat soliq boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda mahalliy tadbirkorlar uchun 2025-yilda soliq sohasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar hamda qo‘shimchalar borasida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Shu bilan birga sohaga oid mavjud muammolar atroflicha muhokama etildi.

Xususan, tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari, hisobot topshirish davri, qo‘llanilayotgan ma’muriy jarimalar, qolaversa, sohada amalda bo‘lgan dasturlarning yangi formatlari borasida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. 350 nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida ular tomonidan soha mutaxassislariga ham bir qator savollar yo‘llanib, tegishlicha javoblar olindi.

Qizg‘in muhokamalar ostida o‘tgan seminar tadbirkorlarda iliq taassurot qoldirdi. Zero, o‘zaro hamkorlik, kelgusi faoliyat uchun zamin vazifasini o‘taydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Hurmatli, Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur o‘g‘lonlari!

Soliq xizmati organlari jamoasi nomidan, Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlar kabi bahodir, qo‘rqmas va dovyurak insonlar ona Vatanimiz sarhadlarida turar ekan, yurtdoshlarimiz hech qachon hadik sezmaydi.

O‘zbekistonimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi muqaddas burchini sharaf ila ado etayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom bo‘ladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#soliq_siyosati_2025

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqot: soliq qonunchiligiga oid yangiliklar va o‘zgarishlar


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 15-yanvar

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Yuridik shaxslar 2025-yil uchun mulk solig'i bo‘nak to'lovlari ma'lumotnomasi va yer solig‘i hisobotini qachon taqdim etadi?

Когда юрлица сдают справку об авансовых платежах по налогу на имущество и отчетность по земельному налогу за 2025 год?
Anonymous Quiz
12%
10-yanvardan kechiktirmay / не позднее 10 января
23%
15-yanvardan kechiktirmay / не позднее 15 января
66%
20-yanvardan kechiktirmay / не позднее 20 января
#ozini_ozi_band_qilish

Andijonda 2025-yil 1-yanvar holatiga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 394,9 ming nafardan oshdi.


👉 Respublika boʻyicha oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar o‘sish dinamikasi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#soliq_siyosati_2025

Tadbirkorlar soliq tizimiga oid qonunchilikdagi o'zgarishlar bilan tanishtirildi.

Batafsil: 👆
"Andijon axboroti” informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#imtiyoz

Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi


Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
▫️o'zingiz uchun;
▫️farzandlaringiz uchun;
▫️26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1. To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2. Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

👉Batafsil
____________
#льготы

Оплата за контракт не облагается налогом

Воспользоваться льготой можно, если оплачиваете обучение:
▫️за себя;
▫️за своих детей;
▫️за супруга (супругу) до 26 лет.

1. Оплату можно перечислять в учебное заведение сразу с заработной платы со своего места работы и тогда налог на эти доходы не начисляется.

2. Либо можно оплатить самостоятельно наличными, безналичными или электронно, а затем подать в налоговые органы декларацию по итогам года и вернуть сумму уже уплаченного налога.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i

❗️20-yanvar - boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy yil uchun mol-mulk solig'i summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5%.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq bazasi 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida — 3,3 mln so'm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln so'm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln so'm.

👉Ko'chmas mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
👉Mustaqil baholash natijalarini taqdim etish
👉Imtiyozlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

"Yuridik shaxslar yer va mol-mulk soliqlari" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

📱Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/yJwxEDBz0zg?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Налоги на имущество и землю юридических лиц".

📱Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/yJwxEDBz0zg?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #soliq_siyosati_2025

Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tdi

🗓Joriy yilning 13–17-yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida 2025-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi.

Seminarlar Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar hamda qo‘shimcha imtiyozlar haqida ma’lumotlar bilan tanishdi.

Quyidagi viloyatlarda seminarlar o‘tkazildi:
📱 Xorazm viloyati
📱 Qashqadaryo viloyati
📱 Navoiy viloyati
📱 Samarqand viloyati 
📱 Surxondaryo viloyati
📱 Jizzax viloyati
📱 Buxoro viloyati
📱 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📱 Farg‘ona viloyati

Bu kabi seminarlar soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etishda va ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM